тел: +420 2 2112 2397 Skype: assadrskype
Email: sadriddin61@gmail.com Facebook: Sadriddin Ashurov
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Bosh vazir Abdulla Aripovning o‘qituvchilarni darsdan boshqa ishlarga majburlangani qattiq tanqid qilganidan so‘ng ham Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida o‘qituvchilar maktablarda tungi navbatchilik qilishga majburlanyapti.
Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев ва Бош вазир Абдулла Ариповнинг ўқитувчиларни дарсдан бошқа ишларга мажбурлангани қаттиқ танқид қилганидан сўнг ҳам Қашқадарё вилоятининг Китоб туманида ўқитувчилар мактабларда тунги навбатчилик қилишга мажбурланяпти.
Buxoro viloyat, Jondor tuman hokimi Kamol Kamolov aholi tomorqasidagi pishib qolay degan bug‘doy, arpa va bedani xom o‘rdirtirib, o‘rniga chigit ektirdi.
Mahalliy tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va o‘qituvchilarni "shakal, tvar, iflos, harom, hayvon" kabi so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun fuqarolik sudi tomonidan 5 million so‘mga jarima qilingan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev O‘zbekiston Bosh vaziri Abudlla Aripov tomonidan so‘nggi bor ogohlantirildi.
Бухоро вилоят, Жондор туман ҳокими Камол Камолов аҳоли томорқасидаги пишиб қолай деган буғдой, арпа ва бедани хом ўрдиртириб, ўрнига чигит эктирди.
Маҳаллий ташкилот раҳбарлари, маҳалла фуқаролар йиғини раислари ва ўқитувчиларни "шакал, тварь, ифлос, ҳаром, ҳайвон" каби сўзлар билан ҳақорат қилгани учун фуқаролик суди томонидан 5 миллион сўмга жарима қилинган Андижон шаҳар ҳокими Дилмурод Раҳматуллаев Ўзбекистон Бош вазири Абудлла Арипов томонидан сўнгги бор огоҳлантирилди.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimining qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Habib Azizov 12 aprel kuni tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Faxriddin Qurbonovni urib, burnini sindirdi. Faxriddin Qurbonovning Ozodlikka aytishicha, bu holatni tuman prokurori ham jimgina kuzatib turgan. Tuman hokimi o‘rinbosari Ozodlik savollariga javob berishdan o‘zini olib qochdi.
Қашқадарё вилояти Ғузор тумани ҳокимининг қишлоқ хўжалиги ишлари бўйича ўринбосари Ҳабиб Азизов 12 апрель куни туман ер ресурслари ва давлат кадастри бўлими мутахассиси Фахриддин Қурбоновни уриб, бурнини синдирди. Фахриддин Қурбоновнинг Озодликка айтишича, бу ҳолатни туман прокурори ҳам жимгина кузатиб турган. Туман ҳокими ўринбосари Озодлик саволларига жавоб беришдан ўзини олиб қочди.
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi Navbahor mahallasida istiqomat qilgan 56 yashar otani o‘z farzandi ketmon bilan chopib o‘ldirdi. Voqea guvohlarining aytishicha, dalada kartoshka chopayotgan ota-bola o‘rtasida janjal chiqqan va o‘g‘il ketmon bilan otasining boshini chopib tashlagan. Qotillikda gumonlangan o‘g‘il qochib ketgan. Yozyovon tuman ichki ishlar bo‘limi mulozimi bu voqea bo‘lganini tasdiqladi.
Давомини ўқинг