Navoiy shahrida yashaydigan O‘rol Astanaqulovning OzodMikrofonga arz qilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlaydigan o‘g‘li, yosh mutaxassis Akmal Sanaqulovning g‘ayriqonuniy ishdan haydalgani holatini xolis tekshirish O‘zbekiston prezidenti, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, MXX va boshqa idoralarga 1008 marta murojaat qilgan.
Lekin, deydi O‘rol Astanaqulov bu shikoyatlar karusel singari aylanib yuravergan va hech kim bu holatni xolis tekshirmagan:
“Bog‘larda baland karusellar bor, bilasizmi. Bizning ijroiya va huquq tizimimiz shunga o‘xshaydi. Aholidan borgan shikoyatlar ana shu karuselda o‘tirgan amldorlar orasida aylanib yuraveradi. Hech kim aholining dardiga quloq solmaydi”, deydi O‘rol Astanaqulov.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!