Farg‘ona viloyat, Oltiariq tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Muhammadxalil Toshpo‘latovning iddao qilishicha, uning Faxriylar sanatoriysi hududida tashkil qilgan mineral suv ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik korxonasi faoliyati tamagirlik vaji bilan to‘xtatib qo‘yildi.
Ovqat hazmi va buyrakdagi toshlarni maydalash xususiyatiga ega bo‘lgan bu shifobaxsh suv respublika aptekalari va savdo shoxobchalarida sotilgan.
Muhammadxalil Toshpo‘latovning iddaosicha, sanatoriy direktori korxona faoliyatini asossiz bahonalar bilan to‘xtatib, ijara shartnomasini davom ettirmagan.
Korxona faoliyati to‘xtatib qo‘yilgani bois o‘ndan ortiq ishchi ishsiz qolgan, ayni paytda esa, bu suvni sotib olishga taklif qo‘shni davlatlardan ham tushmoqda.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!