тел: +420 2 2112 2397 Skype: assadrskype
Email: sadriddin61@gmail.com Facebook: Sadriddin Ashurov
Navoiy viloyat, Nurota tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan sobiq militsiya xodimi Dilshod Mupupovning iddao qilishicha, u rahbarlarning o‘z ziyofatlari uchun xodimlardan doimiy ravishda pul yig‘ishini tanqid qilgani uchun ishdan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan.
Навоий вилоят, Нурота туманидан OzodMikrofonга қўнғироқ қилган собиқ милиция ходими Дилшод Мупуповнинг иддао қилишича, у раҳбарларнинг ўз зиёфатлари учун ходимлардан доимий равишда пул йиғишини танқид қилгани учун ишдан ноқонуний ишдан бўшатилган.
Qashqadaryo viloyat, Kitob tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari payshanba kungi umumiy yig‘ilishda har bir shifokor va hamshira viloyatdan yuborilgan piyoz va kartoshkani kamida 20 kilogrammdan sotib olishga majbur ekanligi haqida e’lon qildi.
Қашқадарё вилоят, Китоб туман Тиббиёт бирлашмаси раҳбари пайшанба кунги умумий йиғилишда ҳар бир шифокор ва ҳамшира вилоятдан юборилган пиёз ва картошкани камида 20 килограммдан сотиб олишга мажбур эканлиги ҳақида эълон қилди.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev 16 mart kuni Termiz viloyati hokimligida MXX mulozimlari va uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jarb ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazdi.
Ўзбекистон Давлат хавфсизлик хизмати раиси Ихтиёр Абдуллаев 16 март куни Термиз вилояти ҳокимлигида МХХ мулозимлари ва унинг собиқ полковниги Нодир Тўрақуловдан жарб кўрган тадбиркорлар, корхона-ташкилотлар раҳбари ва собиқ ҳокимлар билан шахсан учрашув ўтказди.
Angren shahridagi sabzavot va poliz ekinlari zaxirasi va savdosi bilan shug‘ullanadigan «Angren - Farovon – Hamkor» firmasining rahbari Habiba Abdullaeva o‘ldirib ketildi.
Ангрен шаҳридаги сабзавот ва полиз экинлари захираси ва савдоси билан шуғулланадиган «Ангрен - Фаровон – Ҳамкор» фирмасининг раҳбари Ҳабиба Абдуллаева ўлдириб кетилди.
Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeeva majburiy mehnat qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan o‘qituvchilarga ko‘ra, ular prezident kelishiga ko‘chalarni supirib-tozalashga majburan chiqarilgan. Katta magistral yo‘l chetini tozalayotgan o‘qituvchini yuk mashinasi urib yuborgan. Rasmiylar bu voqeani izohlashdan o‘zlarini olib qochmoqda.
Давомини ўқинг