Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:05

“Agrobank”ning noqonuniy ishlarini tanqid qilganim uchun ishdan bo‘shatildim”


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “ “Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash” bo‘limi boshlig‘i Lazizjon Musayev OzodMikrofonga murojaat qilib, bank faoliyatidagi kamchiliklarni oshkora tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilganini iddao qildi:

“Агробанк”нинг ноқонуний ишларини танқид қилганим учун ишдан бўшатилдим”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:22 0:00
Бевосита линк

“Men 2014 - yil 15 - maydan buyon “Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasining yuridik bo‘lim bosh mutaxassisi, 2020 - yil 17 - noyabrdan boshqarmaning “Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edim. Ish faoliyatim davrida biror marta ham intizomiy jazoga tortilmaganman.

2021 - yil 8 - iyundan hozirgi kunga qadar kasallik varaqasi ochtirgan holda kasallik ta’tilida bo‘lsam-da, 29 - iyundan asossiz ravishda ish beruvchining tashabbusi bilan men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan, men ushbu buyruq bilan tanishtirilmaganman.

Meni ishdan bo‘shatishlariga «Agrobank» raisi va boshqa rahbarlarning prezident chiqargan qarorlarni mensimay o‘zboshimchalik bilan ish yuritishlarini tanqid qilganim asosiy sabab bo‘lgan.

Birinchidan, oilaviy kreditlar bo‘limida ajratilayotgan kreditlarni bank filiallari o‘zlari mustaqil ajrata olmaydi. Barcha hujjatlarni taxlab kompyuterga yuklab, bazaga kirgizasiz, uni Toshkentdan turib tasdiqlashlari kerak. Bizda uni «Knopka» deyishadi. Respublika «Agrobanki» buni monopoliya qilib olgan. Natijada kreditlar ajratilmay qolib, fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lyapti. Men buni juda ko‘p oshkor tanqid qildim. Bu ularga yoqmadi.

Ikkinchidan, respublika «Agrobanki»da katta lavozimda ishlab kelayotgan rahbarlarning yaqin qarindoshlariga berilgan katta miqdordagi kafolatsiz kreditlarni men aniqladim va bu haqda gapirdim. Albatta, bu ularga yoqmadi va bank boshqaruvi raisi bosimi bilan meni ishdan noqonuniy bo‘shatishdi. Rahbarlarning bu xatti-harakati mehnat qonunchiligiga zid ekanligi haqida prokuraturaga ariza kiritdim va sudga murojaat qilaman".

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG