Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:02

Putin rejimini tanqid qilgan rossiyalik bloger shartli qamoq jazosi oldi


Egor Jukov Moskvadagi sud binosi oldida jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda.
Egor Jukov Moskvadagi sud binosi oldida jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda.

Moskva shahrining Kunsevo tuman sudi rossiyalik internetxonlar orasida mashhur bloger, talaba Egor Jukovni uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi.

Jukov Internetda "ekstremizmga da’vat qilganlikda" aybdor topildi. Blogerning tarafdorlari fikricha, sud hukmi ortida siyosiy sabablar mavjud.

Tuman sudi hukmni 6 dekabrda e’lon qildi. Moskva g‘arbidagi sud binosi oldiga obro‘li Oliy iqtisodiyot maktabi talabasi Jukovning yuzlab tarafdorlari yig‘ildi.

− Jukov Internetdan foydalanib, odamlarni ekstremistik faoliyatga da’vat qildi, − dedi sudya Svetlana Uxnaleva.

Jukov Moskvada joriy yil yozida har hafta dam olish kunlari o‘tkazilgan norozilik namoyishlaridan vaqtida – avgustda hibsga olingan edi, o‘shanda rossiyaliklar mamlakatning repressiv siyosiy tizimiga qarshi chiqqan edi.

− Albatta, bu yakuniy g‘alaba emas, hammangizga ming rahmat, − dedi Jukov hukm e’lon qilingandan so‘ng.

Jukov 4 dekabrda sudda so‘nggi marta tarafdorlariga qarata ehtirosli murojaat qildi va Rossiya siyosiy tizimini aybladi.

Rossiyaning amaldagi siyosiy tizimi iqtisodiy tengsizlikni keltirib chiqardi. Uning fikricha, ushbu holat insonning rivojlanish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi, mamlakatdagi boyliklarinng 90 foizi 10 foiz kishilar qo‘lidadir.

− Albatta, ular orasida yaxshi vatandoshlar ham bor. Lekin boyliklarning katta qismi halol mehnat evaziga, odamlar manfaatini ko‘zlab emas, oddiy korrupsiya hisobiga qo‘lga kiritilgan, − dedi u.

Jukov 2 avgustda tong qorong‘isida hibsga olinishidan oldin YouTube dagi kanaliga joylagan video bloglari bilan ko‘pchilik e’tiborini tortgan, ularda prezident Vladimir Putinga qarshi chiqqan va butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Joriy yil yozining dam olish kunlarida Moskvani qamrab olgan namoyishlar chog‘ida politsiya yuzlab kishilarni turli ayblovlar bilan qo‘lga oldi.

Jukov dastlab namoyishlarda qatnashgani uchun ommaviy tartibsizliklarda ayblandi, ammo tarafdorlalari norozildik bildirganidan so‘ng prokurorlar unga qarshi qo‘zg‘atilgan ishni boshqa ayblov bilan almashtirdi.

Uning hibsga olinishi oldidan YouTube kanaliga joylagan video blogini 5 dekabrga qadar 300 mingdan oshiq kishi ko‘rdi. Jukov qamalgandan so‘ng tarafdorlari va hamfikrlari uning o‘sha kanaliga qo‘ygan videolarini yana yuz minglab kishilar tomosha qildi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG