Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:25

AQSh yangi elchisi Toshkentga kelishi arafasida o‘zbek xalqiga o‘zbekcha mulozamat qildi(VIDEO)


Rozenblyum Karimov o‘limidan uch kun o‘tib Toshkentga kelgan AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilgan edi.
Rozenblyum Karimov o‘limidan uch kun o‘tib Toshkentga kelgan AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilgan edi.

2019 yil 12 may kuni AQSh Davlat departamentida mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi sifatida qasamyod qilgan Daniel Rozenblyum Toshkentda ish boshlashi arafasida o‘zbekistonliklarga o‘zbekcha videomurojaat qildi.

“O‘zbekiston tarixining eng muhim va qizg‘in davrida men AQSh vakili etib tayinlandim. Biz prezident Mirziyoevning keng ko‘lamli islohotlarini olqishlaymiz. Ayniqsa¸ milliy ta’lim sohasidagi islohotlar qiziqtiradi. Xalq kelajagi uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q”¸ deydi Rozenblyum AQSh elchixonasi rasmiy sayti tarqatgan videomurojaatida.

30 yillik diplomatik tajribaga ega Daniel Rozenblyum AQSh va xalqaro diplomatik doiralarda katta hurmatga ega mutaxassis.

2018 yil 28 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tavsiya qilingan Rozenblyum¸ 2019 yil 11 aprel kuni AQSh Senati tomonidan bu lavozimga tasdiqlandi.

2008 yildan elchilikka tayinlangunga qadar Daniel Rozenblyum AQShning Markaziy Osiyo siyosatini belgilashga muhim rol o‘ynagan.

2008-2014 yillarda AQShning Yevropa¸ Yevroosiyo va Markaziy Osiyoga ko‘rsatadigan yordamini muvofiqlashtiruvchi bo‘lgan. Bu yordam miqdori yiliga bir milliarddan dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.

2024 yildan hozirga qadar AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan Rozenblyum bu lavozimda¸ mintaqa¸ xususan¸ O‘zbekistonga bir necha bor safar qilgan va prezident Karimov bilan uchrashgan.

Toshkentga qilgan safarlari davomida Rozenblyum fuqarolik jamiyati¸ so‘z va matbuot erkinligi ¸ shuningdek inson haqlari vaziyatiga alohida e’tibor ko‘rsatib kelgan.

Islom Karimov vafotidan sanoqli kunlar o‘tib Toshkentda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan Rozenblyum:

- U yoki bu davlat rahbariyatidagi har qanday o‘zgarish murakkablik keltirib chiqarishini bilamiz. O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga nisbatan bizning o‘zgarmas sodiqligimizni ko‘rsatmoqchiman, degan edi.

"AQShning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lish orzuim amalga oshdi. O‘zbekiston tarixi¸ madaniyati va xalqi haqida ko‘proq va chuqurroq va AQSh bilan O‘zbekiston munosabatlarini yanada yaqinlashtirishga hissa qo‘shishni orziqib kutayapman. Bir oy ichida uchrashishga intizorman”¸ dedi Rozenblyum Vashingtonda o‘tkazilgan qasamyod marosimi va o‘zbekistonliklarga qilgan videomurojaatida.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG