O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Davlat xizmati lavozimlarini mas’ullik va vakolat darajasiga ko‘ra A–G toifalarga va I–III guruhlarga, shuningdek, kvalifikatsion sinflarga bo‘lish taklif etilmoqda.
Ўзбекистон Республикаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар муҳокамаси сайтида Ўзбекистон Республикасининг «Давлат хизмати тўғрисида»ги қонун лойиҳаси эълон қилинди. Давлат хизмати лавозимларини масъуллик ва ваколат даражасига кўра А–Г тоифаларга ва I–III гуруҳларга, шунингдек, квалификацион синфларга бўлиш таклиф этилмоқда.
O‘zbekiston bank tizimi mulozimlarining Ozodlikka bildirishicha¸ “bugun-erta” Markaziy bankning rasmiy kursni devalvatsiya qilib¸ mamlakatdagi valyuta almashinuv kurslarining unifikatsiyalanishi – bit xillashuvi to‘g‘risidagi muhim qarorni e’lon qilishi kutilmoqda. “Bozor mexanizmlari asosida belgilanadigan” yagona dollar kursining qora bozordagi joriy kurs – 8000 so‘m atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Tojikiston milliy kutubxonasi direktori o‘g‘lining to‘yi haqida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan tayyorlangan reportaj 8 avgust kuni «Tochikiston» telekanali orqali ko‘rsatildi. Reportaj berilganidan so‘ng, Sayfiddin Nazarzoda darhol bu ayblovni rad etdi. Lekin shunga qaramay, oradan bir hafta o‘tib, ishdan bo‘shatildi.
Ўзбекистон банк тизими мулозимларининг Озодликка билдиришича¸ “бугун-эрта” Марказий банкнинг расмий курсни девальвация қилиб¸ мамлакатдаги валюта алмашинув курсларининг унификацияланиши– бир хиллашуви тўғрисидаги муҳим қарорни эълон қилиши кутилмоқда. “Бозор механизмлари асосида белгиланадиган” ягона доллар курсининг қора бозордаги жорий курс – 8000 сўм атрофида бўлиши тахмин қилинмоқда.
Тожикистон миллий кутубхонаси директори ўғлининг тўйи ҳақида Коррупцияга қарши кураш агентлиги томонидан тайёрланган репортаж 8 август куни «Точикистон» телеканали орқали кўрсатилди. Репортаж берилганидан сўнг, Сайфиддин Назарзода дарҳол бу айбловни рад этди. Лекин шунга қарамай, орадан бир ҳафта ўтиб, ишдан бўшатилди.
Ироқнинг “Ислом давлати” гуруҳидан озод этилган Талафар шаҳрида жанггарилар ҳарбий девонидан Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистон ватандошларига тегишли ҳужжатлар топилди.
2008 yilda o‘z otasi - o‘shandagi prezident Islom Karimov tomonidan bosh qarorgohi Parijda joylashgan BMTning YuNESKO idorasiga doimiy vakil etib tayinlangan Lola Karimova-Tillaeva¸ otasi o‘limiga bir yil to‘lishi arafasida bu lavozimdan ketajagini e’lon qildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiev uzmetronom saytida 27 avgust kuni tanqid qilingani ortidan o‘sha kuniyoq uyi oldidagi to‘siqlarni olib tashladi.
2008 йилда ўз отаси - ўшандаги президент Ислом Каримов томонидан бош қароргоҳи Парижда жойлашган БМТнинг ЮНЕСКО идорасига доимий вакил этиб тайинланган Лола Каримова-Тиллаева¸ отаси ўлимига бир йил тўлиши арафасида бу лавозимдан кетажагини эълон қилди.
Ўзбекистон мудофаа вазири Қобул Бердиев uzmetronom сайтида 27 август куни танқид қилингани ортидан ўша куниёқ уйи олдидаги тўсиқларни олиб ташлади.
O‘zbekistonlik taniqli tilshunos olim¸ O‘zbekiston Milliy universiteti (avvalgi ToshDU) dotsenti Baxtiyor Isabekov¸ yo‘q joydan To‘ytepani Nurafshon deb o‘zgartirish haqida qaror chiqargan o‘zbek senatorlarini millat tarixidan bexabarlik¸ unga nisbatan hurmatsizlikda aybladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi qidiruvga berilgan shaxsning “viloyatlik shaxslarga o‘xshash” deb ta’riflangani yuzasidan rasmiy izoh e’lon qildi. Izoh berishga boshqarmani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan norozilik majbur qildi. Biroq boshqarma rasmiy saytida e’lon qilingan e’londagi mahalliychilik ifodasi uchun, uni viloyatliklarni kamsitish deb qabul qilganlardan, uzr so‘ralmadi.
Zafar Pirov va uning 18 yoshli rafiqasi Rajabbi Xurshed to‘y kuni tanishishgan. Kelinning bokiraligi borasidagi bahs birinchi nikoh oqshomida boshlandi. Er kelinning bokiraligiga shubha qildi va ikki marta uni poytaxtga ekspertizaga olib bordi. Qayta ekspertiza ham Rajabbini to‘yga qadar bokira bo‘lganini tasdiqladi, biroq...
Ўзбекистонлик таниқли тилшунос олим¸ Ўзбекистон Миллий университети (аввалги ТошДУ) доценти Бахтиëр Исабеков¸ йўқ жойдан Тўйтепани Нурафшон деб ўзгартириш ҳақида қарор чиқарган ўзбек сенаторларини миллат тарихидан бехабарлик¸ унга нисбатан ҳурматсизликда айблади.
Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармаси қидирувга берилган шахснинг “вилоятлик шахсларга ўхшаш” деб таърифлангани юзасидан расмий изоҳ эълон қилди. Изоҳ беришга бошқармани ижтимоий тармоқларда кўтарилган норозилик мажбур қилди. Бироқ бошқарма расмий сайтида эълон қилинган эълондаги маҳаллийчилик ифодаси учун, уни вилоятликларни камситиш деб қабул қилганлардан, узр сўралмади.
Зафар Пиров ва унинг 18 ёшли рафиқаси Ражабби Хуршед тўй куни танишишган. Келиннинг бокиралиги борасидаги баҳс биринчи никоҳ оқшомида бошланди. Эр келиннинг бокиралигига шубҳа қилди ва икки марта уни пойтахтга экспертизага олиб борди. Қайта экспертиза ҳам Ражаббини тўйга қадар бокира бўлганини тасдиқлади, бироқ...
23 avgust kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori Valeriy Tyan o‘z lavozimidan ozod etildi. 17 yildan beri Tyan boshqargan milliy aviakompaniya rahbarligiga “O‘zavtosanoat” raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov tayinlandi. Ozodlik manbalari¸ avishirkatda yaqin kelajakda jiddiy islohotlar kutilayotganini bildirdi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya hukumatidan Gulnora Karimovaning ko‘chmas mulklarini hibsga olishni so‘rab murojaat qilgani to‘g‘risida «Interfaks» agentligi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi. "Rossiya Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqida so‘rov keldi. Unda ko‘chmas mulk ob’ektlarini hibsga olish so‘ralgan", - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, vazir muovini Erkin Muhitdinov AQSh Senati xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi hay’ati a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida majburiy mehnatni taqiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 8 avgust kungi bayonnoma qarori imzolanganini aytgan.
Давомини ўқинг