Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:11

Qaynsinglimni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan shaxs jazosiz qolmoqda”


Navoiy shahridan “OzodMikrofon”ga qo‘ng‘iroq qilgan Azamat Norbekovning arz qilishicha, viloyat IIB qo‘riqlash xizmati xodimi O.O. uning qaynsinglisi R.M. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uylanishga va’da bergan. Ammo qiz homilador bo‘lib qolganidan so‘ng, fikridan qaytgan. Ota-onasi bilan qizning uyiga kelib uni kamsitgan, haqoratlagan va buning oqibatida tahqirlarga chidolmagan R.N. sirka ichib, o‘z joniga qasd qilgan:

OzodMikrofon: “Қайинсинглимни ўз жонига қасд қилиш даражасига етказган шахс жазодан қутулиб қолмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:31 0:00
Бевосита линк

“O‘sha mash’um kunda O.O. ota-onasi bilan sovchilikka boramiz, deb aytgan. Qizning uyidagilari tayyorgarlik ko‘rishgan. Ammo bo‘lajak kuyov ota-onasi bilan kelib, qizning onasi oldida “bu mening bolam emas, boshqasidan orttirgansan, Toshkentga borib oldirib tashla, keyin o‘zim tiktirib beraman, qiz bo‘lib erga tegasan” kabi gaplarni aytib, xo‘rlagan. Yigitning ota-onasi ham qizni haqorat qilishgan. Qaynsinglim bu gaplarga chiday olmay, vannaga kirib, uksus ichib yuborgan. Bu holatdan keyin yigit, “nega bunday qilding, men senga uylanaman, bolamiz ham tug‘iladi”, deb yalinishga tushgan. Ammo, afsuski kech bo‘lgan edi, qaynsinglim kasalxonada jon berdi.

Marhuma ko‘ngli sezibmi, telefonni zapisga qo‘yib qo‘ygan ekan. Bu gaplarning hammasi zapis bo‘lgan. Biz bu dalillar bilan shahar, viloyat prokuraturasiga murojaat qildik, lekin jinoyat ishi ochishni rad qilishyapti.

Bizda qo‘yilgan savol bitta: o‘sha audiozapisni ekspertizadan o‘tkazib, qizni o‘z joniga qasd qilish darajasiga olib bordimi yo yo‘qmi? Ana shu savolga javob yo‘q!

Bundan tashqari, qiz bilan yigitning yozishmalarida qiz yigitni o‘z joniga qasd qilishi haqida ham bir necha marta ogohlantirgan. Prokuraturaning ishni xolis ko‘rib chiqmayotganidan norozimiz!”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG