Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

OzodTa’sir: Samarqandda buzilgan gemiodializ apparatlari bir kunda tuzatildi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

29 yanvarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda buzilib qolgan gemodializ apparatlari tezlikda tuzatib berilganini xabar qildi.

Ozodlik 27 yanvarda Samarqand Shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasidagi davlatga qarashli yagona gemodializ bo‘limidagi nosozliklar tufayli buyrak yetishmovchiligi kasaliga chalingan 160 dan ortiq bemor boshqa viloyatlarga borib davolanishga majbur bo‘layotgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

“Tanqidiy materialda keltirilgan gemodializ apparatining nosoz ahvolga kelib qolganligi haqida esa shuni aytish mumkinki, haqiqatan ham joriy yil 22 yanvar kuni RShTYoIM Samarqand filialida elektr energiyasining yuqori kuchlanishi oqibatida suv tozalash moslamasi buzilib qolgan. Bemorlar vaqtincha eng yaqin gemodializ bo‘limlariga yo‘naltirilgan va zarur sarflov vositalari bilan ta’minlangan. Tezkorlik bilan suv tozalash moslamasiga ehtiyot qismlar o‘rnatildi va apparatlar yana ishga tushirildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik Ozodlik saytida 27 yanvarda nashr etilgan “Gemodializga muhtoj 160 dan ortiq samarqandlik boshqa viloyatlarda muolaja olishga majbur bo‘lmoqda” sarlavhali maqolani “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan” xabar sifatida taqdim qilgan.

O‘zbekistondagi boshqa rasmiy idoralar ham Ozodlikda chop etilgan tanqidiy maqolalarga javob berar ekanlar, ularni “ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgan xabar” qatorida sifatlaydilar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Ozodlik maqolasida respublika hududida gemodializ markazlari va apparatlari yetishmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ham javob qaytargan.

Vazirlikning bildirishicha: “joriy yilning mart – may oylarida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 5 ta sun’iy buyrak apparati, 1 ta suv tozalash moslamasi, 1 ta mikser bilan jihozlangan 5 o‘rinli hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida 2 ta sun’iy buyrak apparati va 1 ta suv tozalash moslamasi bilan jihozlangan 2 o‘rinli yangi bo‘limlar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan”.

Vazirlikka ko‘ra, bundan tashqari Zangiota tumanida mahalliy ishlab chiqaruvchi “Health line” qo‘shma korxonasi Belarus Respublikasining “Frebor” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 2,5 million AQSh dollariga teng, yiliga 500 ming dona gemodializ uchun dializator ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirilgan.

“2019 yilda gemodializ bo‘limlari uchun qo‘shimcha 65 ta sun’iy buyrak apparatlari sotib olindi va o‘rnatildi (ularning jami soni 326 taga etdi). Joriy yil fevral va mart oylarida yana 75 sun’iy buyrak apparatlari, 4 suv tozalash moslamasi, 3 mikser eng zarur gemodializ bo‘limlariga o‘rnatiladi. Shuningdek, yana 90 ta sun’iy buyrak apparati, 9 ta suv tozalash moslamasi, 9 ta mikser sotib olish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Qashqadaryoda 10, Toshkent viloyatida 5 o‘rinli gemodializ bo‘limlari tashkil etildi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab jami 43 ta gemodializ bo‘limlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning mart – may oylarida esa Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida bittadan, Samarqand viloyatida esa ikkita, jami 6 ta yangi gemodializ bo‘limlari ishga tushadi”, deyiladi bayonotda.

Ozodlik saytida 27 yanvarda nashr etilgan “Gemodializga muhtoj 160 dan ortiq samarqandlik boshqa viloyatlarda muolaja olishga majbur bo‘lmoqda” sarlavhali maqolada Samarqand Shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasidagi davlatga qarashli yagona gemodializ bo‘limidagi nosozliklar tufayli buyrak yetishmovchiligi kasaliga chalingan 160 dan ortiq bemor boshqa viloyatlarga borib davolanishga majbur bo‘layotgani haqida gap borgan edi.

Maqolada buyrak etishmovchiligi kasaliga chalingan bemorlarning onalari Samarqanddagi gemodializ apparatlari bir oy ishlab, bir oy buzuq turishidan noligan edilar. Gemodializ markazi rasmiylari esa, uskunalarni sozlovchi ustalar barmoq bilan sanarli bo‘lgani uchun oylab navbat kutishga to‘g‘ri kelishini aytganlar.

XS
SM
MD
LG