Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Xorazmda gaz yo‘qligidan norozi ayollar yo‘l to‘sdi


Shovotdagi norozilik aksiyasi
Shovotdagi norozilik aksiyasi

9 dekabr kuni Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chig‘atoy qishlog‘ining bir guruh ayollari tuman hokimligi binosi oldidagi yo‘lni bir necha soatga to‘sib qo‘ydi.

Voqea guvohlariga ko‘ra, o‘ndan ziyod ayol qishloqda gaz yo‘qligiga norozilik sifatida ushbu aksiyani uyushtirgan.

Ayollar ichki ishlar xodimlari tomonidan tarqatib yuborilgan.

Tuman gaz idorasi rasmiylari shu kuni prokuraturaga chaqirtirilgan.

Hokimlik norozilik aksiyasi bo‘lganini inkor qilish bilan cheklandi.

Voqea 9 dekabr kuni ertalab Shovot tumani hokimligi binosi oldida sodir bo‘lgan.

Ozodlikka yo‘llangan suratda yetti nafar ayolning bir-birini qo‘lini ushlagan holda avtomobil qatnov yo‘lida turganini ko‘rish mumkin.

Suratda ayollar piyodalar yo‘lagida qatorlashib turgani ular oldida esa IIB mashinasi, uning orqasida o‘nga yaqin mashinaning to‘xtab turgani aks etgan.

Voqea guvohlariga ko‘ra, norozi ayollar soni o‘ndan ziyod bo‘lgan.

“Sizga jo‘natilgan suratda ayollar noroziligining faqat yarmi aks etgan. Ya’ni suratda ikki tomonlama yo‘lning faqat bir tomonini to‘sib turgan ayollar tasvirlangan. Suratga tushmagani - yana o‘nga yaqin ayol yo‘lning ikkinchi tomonini ham to‘sgan. Jami 10-15 ayol edi”, dedi voqeaga guvoh bo‘lgan shovotlik ismi ochiqlanmaslik sharti bilan.

Yana bir shovotlik ayollarning yo‘l to‘sganiga gaz muammosi sabab bo‘lganini gapirdi.

"Ayollar gaz yo‘qligi uchun hokimiyat oldidagi markaziy yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu Shovot-Urganch yo‘lining hokimiyat yonidagi, "Davr" choyxonasi oldidagi joy. Ayollar 3-4 soat turdi. Keyin IIB kelib ayollarni tarqatib yubordi", dedi anonim qolish istagini bildirgan yana bir shovotlik.

Shovot tuman hokimligi mulozimlari ayollarning yo‘l to‘sgani voqeasini inkor qilish bilan cheklandi.

"Hech kim yo‘lni to‘smadi. Bo‘lmagan gap", dedi jumladan, Shovot tumani xotin-qizlar bo‘limi mulozimi Inobat Rajabova.

Shovot tumani IIBining Ozodlik bog‘langan xodimlari ham ayollar aksiyasini sharhlashni istamadi.

Tuman gaz idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, norozilik aksiyasini uyushtirgan ayollar tumanning Chig‘atoy qishlog‘idan.

“Ushbu qishloqda bir necha xonadon gazdan qirqib qo‘yilgan. O‘sha xonadonlardagi ayollar gazni qayta ulashni talab qilib, yo‘lni to‘sgan. Boshliq bilan injenerni prokuraturaga chaqirtirishdi. Hozirgina ikkalasi ham prokuraturaga ketishdi”, dedi tuman gaz idoralaridagi manba ishdan haydalish xavfi bois anonim qolish sharti bilan.

Norozilik o‘tkazgan ayollar taqdiri Ozodlikka ma’lum emas.

Keyingi ikki hafta ichida gaz muammosi sabab mamlakatning turli hududlarida bir qancha norozilik aksiyalari o‘tkazildi.

1 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani Bo‘ston shaharchasi aholisi gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, O‘zbekiston ko‘chasini bir necha soatga to‘sib qo‘ydi.

Газ йўқлигига норозилар Элликқалъада йўлни тўсди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00

Ayni shu kuni Farg‘ona shahridagi Barkamol mahallasi ahli ham gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, shahar hokimligiga​ bordi.

28 noyabr oqshomida Andijon shahrining Dalvarzin va Oltinko‘l tumanining Qo‘shtepa mahallalari orasidan o‘tuvchi yo‘l to‘sib qo‘yildi.

27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida yashovchi 70ga yaqin odam tabiiy gaz berilmay qo‘yilganiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Gaz bilan bog‘liq noroziliklar soni oshgach aholi noroziligini bostirish uchun Toshkentda tuzilgan maxsus guruh joylarga jo‘natilgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG