Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:53

Abiturient-2019: Respublika bo‘ylab ayrim oliygohlarda hujjat qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi


Jizzax pedagogika institutidagi navbatlar.
Jizzax pedagogika institutidagi navbatlar.

8 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirishda jiddiy muammolar yuzaga keldi.

Toshkent¸ Jizzax¸ Andijon va Farg‘onadagi ayrim universtitetlarga hujjat qabul qilish jarayonidan Ozodlikka yuborilgan surat va videolarda yuzlab odamning quyosh tig‘ida uzundan-uzun tik oyoqda navbat kutayotgani aks etgan.

Ozodlik gaplashgan qabul komissiyasi rasmiylari¸ bu holatni Davlat test markazi kompyuter tizimidagi uzilishlar bilan izohladi.

DTM rasmiysi esa¸ qabul jarayonining bu qadar sekin borayotgani uchun abiturientlarning bu yilgi jarayondagi o‘zgarishlardan bexabarligini sabab qilib ko‘rsatdi.

Jizzax Pedagogika instituti hujjat qabul qilishni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi

8 iyul kuni yuzlab ota-ona va abiturientlarning quyosh tig‘ida turnaqator bo‘lib navbatda turgani Ozodlikka yetib kelgan surat va videolarda aks etgan.

Ular muallifi surat va videolarga quyidagi izoh yozdi:

ShOShILINCh. JIZZAX PEDOGOGIKA INSTITUTIDA QABUL QILISh TO‘XTATILDI. Abiturient ko‘pligi va tartibsizligi uchun eplay olishmayapti. Qabul komissiya raisining aytishishicha¸ kompyuter operatorlari ulgura olishmayapti. Kelgan barchani qaytarib yuborishayapti”.

Ozodlik Jizzax pedagogika institutiga hujjat topshirish uchun navbatdagi turganlardan ayrimlari bilan bog‘langanda¸ ular kunning ikkinchi yarmida vaziyatning yanada yomonlashganini bildirdi.

4 abiturient hushidan ketdi¸ ularni ochiq quyoshli shudgorga qo‘yib qo‘yishgan. Tartibsizlik¸ bir-birini behurmat qilib¸ darvoza oldida ur- yiqit bo‘lib yotibdi. Bu yer qabul komissiyasi darvozasi¸ ketinglar¸ deya Axchaev degan domla baqirayapti darvozaga osilib olib”¸ deb tasvirladi o‘zi ham soatlab navbat kutayotganlardan biri.

Ozodlik oliygohga o‘qishga kirish uchun hujjat qabul qilishdagi bu tartibsizlik va ur-yiqitlar sababini izohlashni so‘rab¸ Jizzax pedagogika instituti ma’muriyati bilan bog‘landi.

Qabul jarayoniga bevosita aloqador mulozim¸ jarayonni tashkillashtirishga oid jiddiy e’tirozlarga javob berar ekan¸ 8 iyul kungi tiqinga Davlat test markazi elektron tizimidagi uzilish sabab bo‘lganini bildirdi.

Hujjatlar onlayn tarzda Davlat test markazining bazasiga kiritilayapti. Mana bugun uch-uch yarim soat umuman ishlamadi. Tayyor bo‘p turibmiz¸ lekin ishlamayapti. Baza ochilsa¸ olishni boshlaymiz”¸ dedi Ozodlik bilan o‘zini tanishtirmay gaplashgan institut rasmiysi.

Bu suhbatdosh¸ abiturientlarning to‘lov haqidagi kvitansiyasiz kelayotgani¸ buning ortidan hujjat qabul qilishning sekinlashib ketayotganini ham tilga oldi.

Abiturient to‘lovni oldindan qilib¸ kvitansiyasi bilan kelsa¸ hujjat tezda qabul qilinadi. Lekin ko‘pchilik shuni qilmay keladi. Ishni tezlatish uchun bank xodimlarini ham qabul komissiyasi bilan yonma-yon ishlashga ko‘ndirdik. Lekin baribir shu narsa ham ko‘p vaqt olayapti"¸ dedi Jizzax pedagogika instituti ma’muri.

Boshqa viloyatlarda ham ayni vaziyat

8 iyul kuni Ozodlikka Andijon va Farg‘ona davlat universitetlari qabul komissiyalarida ham Jizzaxdagiga o‘xshash vaziyat yuzaga kelgani aks etgan surat va videolar keldi.

Андижон Давлат университети абитуриентлардан ҳужжат қабул қилиш жараëни
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:22 0:00

Bu suratlarda yuzlab ota-ona va abiturientlarning quyoshda yuzlab metrga cho‘zilgan navbatda turgani ko‘riladi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bu oliygohlar qabul jarayonidagi bunday tiqinga ham Davlat test markazi ma’lumotlar bazasidagi muammo sabab bo‘lgan.

Davlat test markazi kompyuter tizimida uzilish bo‘lganini inkor qildi

Ozodlik ma’lumotlar bazasidagi uzilishlar sababiga oydinlik kiritishni so‘rab Davlat test markazining qabul jaraënini muvofiqlashtirishga mas’ul rasmiylaridan biri bilan gaplashdi.

Bu rasmiy¸ ma’lumotlar bazasida hech qanday uzilish bo‘lmaganini iddao qildi.

Bu mulozimga ko‘ra¸ 8 iyul kuni¸ ayniqsa¸ keskinlashgan muammoga abiturientlarning 2019 yili oliy o‘quv yurtiga kirish uchun hujjat topshirish jarayonidagi yangiliklardan bexabar ekani sababchi.

Bu yildan abiturientga uchta oliy ta’lim muassasasini tanlash imkoni berildi. Bularning ko‘pchiligi kelib¸ birinchi ta’lim shakliga kunduzgi¸ ikkinchisiga sirtqi ¸ uchinchisiga kechki¸ deb to‘ldirmoqchi bo‘layapti. Lekin qarorga ko‘ra¸ abiturient faqat bir ta’lim shaklini tanlashi kerak – yo kunduzgi¸ yo sirtqi¸ yoki kechki o‘qish. Shuning uchun DTM kompyuter tizimida bittasini tanlaganidan keyin¸ qolganini tanlash imkoni chiqmaydi. Bular shuni tushunmay to‘polon qilayapti¸ aybni bizga qo‘yish umuman noto‘g‘ri. DTM tizimi qarorga asosan tuzilgan”¸ dedi Davlat test markazi rasmiysi.

Prezidentning joriy yil 14 may kungi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab, abiturientlardan oliygohlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Abiturientlar bundan buyon bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha birdaniga uchta oliygohda o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi shart.

XS
SM
MD
LG