Линклар

Шошилинч хабар
22 сентябр 2025, Тошкент вақти: 02:10

Namanganda o‘qituvchilarning uchdan biri paxtaga chiqarilyapti


Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti 23 oktabr, 2017 yil.
Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti 23 oktabr, 2017 yil.

Namangan shahridagi barcha maktab o‘qituvchilarining uchdan bir qismi uch haftadan buyon kunlik paxta terimiga olib chiqilyapti. Bundan tashqari o‘qituvchilarning bir qismi yotog‘i bilan paxta terimiga yuborilgan. Viloyat hokimidan bu yil paxtaga chiqarilmaslik va’dasini olgan o‘qituvchilar, hokimning o‘z so‘zida turmaganligini aytmoqda. Xalq ta’limi mulozimlari esa o‘qituvchilar paxta terayotganini inkor qilyapti.

Наманганда ўқитувчиларнинг учдан бири пахтага чиқариляпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00
Бевосита линк

Namangan shahridagi umumta’lim maktablaridan birida ishlaydigan o‘qituvchi, ularning paxta terimiga yuborilayotgan lahzalarini suratga olib, Ozodlikka taqdim etdi.

Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.
Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan ismi sir qolishini so‘ragan shahar maktabi o‘qituvchisining Ozodlikka aytishicha, har bir maktab o‘qituvchilarining kamida uchdan bir qismi paxta terimiga yuborilyapti:

“Agar bizning maktabda yuzdan ortiq o‘qituvchi bo‘lsa, shuning o‘ttiz nafardan ko‘pi har kuni paxta terimiga yuborilyapti. Har kuni ertalab o‘qituvchilar shahardagi “Flamingo” kafesining oldiga to‘palanadi. Shu erdan avtobuslarda kolonna qilib olib ketilyapti. Agar sizga bular ixtiyoriy hasharchilar deyishsa, aslo ishonmang, bular maktablarning o‘qituvchilari. Bizga agar kimdir sizdan so‘rasa, “uyushmagan yoshlarmiz”, deb aytinglar deb tayinlashgan. Men o‘zim paxta terimiga ketayotgan 33, 42, 48, 49, 52 maktablarning o‘qituvchilari bilan gaplashdim”, deydi o‘qituvchi.

Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.
Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa o‘qituvchining aytishicha, bir qism o‘qituvchilar yotoqqa ham jo‘natilgan:

“Yotoqqa bormaslik uchun 15 kunga 300-450 ming so‘m to‘lash kerak. Agar kunlikka chiqmayman desangiz, 10-25 ming so‘m to‘laymiz. Pulni direktorning o‘zi olmaydi, balki u qo‘ygan maxsus odam oladi. Oyligimiz faqat paxtaga to‘kilyapti. Buning ustiga, paxtaga chiqmaganlar chiqqanlarning darslarini ham o‘tishlari kerak. Masalan, mening bir kunda 1-smenada olti soat darsim bo‘lsa, tushdan keyin yana boshqa o‘qituvchining o‘rniga 6 soat dars o‘tib berishim kerak. Mutaxassisligimga to‘g‘ri kelmasa ham. Parallel darslar esa qolib ketyapti, o‘quvchilar bo‘sh o‘tiribdi”, deydi o‘qituvchi.

Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.
Namanganda o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilyapti, 23 oktabr 2017y.

​Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sohibjon Ergashev Ozodlik bilan suhbatda, paxta terimiga faqat maktablarning texnik xodimlari chiqarilyapti, deb aytdi:

“Birorta ham o‘qituvchi paxta terimiga jalb qilingani yo‘q. Men buni qat’iy ishonch bilan aytaman. Faqat texnik xodimlar chiqarilyapti”, dedi Sohibjon Ergashev.

Boshqa viloyatlar hokimlari kabi, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xalqaro press klubning 11 avgust kuni o‘tkazgan jonli efirida o‘qituvchilarni dala ishlariga jalb qilish oqibatlari yomon bo‘lishi haqida gapirgan edi:

“Bu bor haqiqat, buni yashirib bo‘lmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq ho‘jaligi ishlarida ham ishlatib keldik. O‘qituvchining o‘zining ishini qildirmadik, fermerga bog‘ladik. Vrachlarimizga o‘z ishini qildirmadik, QVPda o‘z ishlari qolib, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishdi. Natijada nima bo‘ldi, natijada bugun onalar o‘limi oshdi, go‘daklar o‘limi oshdi, lekin hech kim QVPga yordam bergani yo‘q.

Qachonki endi biz ko‘zimizni ochib ko‘rsakki, qanaqadir og‘ir ahvolda. Shuning uchun qat’iy cheklangan hozir, o‘qituvchilarimizni, umuman byudjet xodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bo‘lsaki mayli shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bo‘lsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga”, degan edi Xayrullo Bozorov.

Bunday va’dani, ya’ni paxta terimiga byudjet tashkiloti ishchi-xodimlarini majburiy jalb etmaslikni Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyati hokimlari ham bergan edi.

Andijon viloyati hokimi hatto “o‘qituvchi va shifokorlarni paxtaga chiqarish jinoyat”, degan edi.

Ammo paxta terimi boshlanganidan so‘ng, hokimlar bu va’dalarini tezda unutganlari va byudjet tashkilotlari xodimlarini, tadbirkorlarni, o‘qituvchiyushifokorlarni terimga majburan jalb etish holatlari ommaviy kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG