тел: +420 2 2112 2397 Skype: assadrskype
Email: sadriddin61@gmail.com Facebook: Sadriddin Ashurov
O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov o‘qituvchilarni faqat darsga kirib ta’lim bermasdan, boshqa jamoatchilik ishlarini ham bajarishga da’vat etdi. Vazir olib borilayotgan islohotlarni uyma-uy yurib mahallaga tushuntirish ishlarini olib borishni muallimlarning fidoyiligi, dedi. Vazirning bu gapidan ensasi qotgan o‘qituvchilar esa, Ulug‘ubek Inoyatov ularning ahvolidan umuman bexabarligi haqida aytmoqdalar.
Ўзбекистон Халқ таълими вазири Улуғбек Иноятов ўқитувчиларни фақат дарсга кириб таълим бермасдан, бошқа жамоатчилик ишларини ҳам бажаришга даъват этди. Вазир олиб борилаётган ислоҳотларни уйма-уй юриб маҳаллага тушунтириш ишларини олиб боришни муаллимларнинг фидойилиги, деди. Вазирнинг бу гапидан энсаси қотган ўқитувчилар эса, Улуғубек Иноятов уларнинг аҳволидан умуман бехабарлиги ҳақида айтмоқдалар.
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashaydigan tadbirkor Mahmud Tugalov Mirzacho‘l tumanidagi “Qo‘shrabot gullari” firmasiga 100 million so‘m to‘lab, 34 bosh qoramol olish uchun shartnoma tuzgani, ammo firma rahbari ularni aldab ketganidan shikoyat qildi.
Andijon viloyatida psixotrop preparatlarga ehtiyoji bor bemorlar, dorixonalardan bu dorini topishning imkoni bo‘lmay qolayotgani haqida Ozodlikka arz qildi. Bemorlarning aytishlaricha, apteka sotuvchilari buning sababini psixotrop dorilar juda kam kelayotgani bilan izohlagan. “Dori-darmon” kompaniyasining mulozimlari psixotrop dorilar ta’minotida uzilishlar bo‘layotganini tasdiqladi.
Жиззах вилоятининг Дўстлик туманида яшайдиган тадбиркор Маҳмуд Тугалов Мирзачўл туманидаги “Қўшработ гуллари” фирмасига 100 миллион сўм тўлаб, 34 бош қорамол олиш учун шартнома тузгани, аммо фирма раҳбари уларни алдаб кетганидан шикоят қилди.
Андижон вилоятида психотроп препаратларга эҳтиёжи бор беморлар, дорихоналардан бу дорини топишнинг имкони бўлмай қолаётгани ҳақида Озодликка арз қилди. Беморларнинг айтишларича, аптека сотувчилари бунинг сабабини психотроп дорилар жуда кам келаётгани билан изоҳлаган. “Дори-дармон” компаниясининг мулозимлари психотроп дорилар таъминотида узилишлар бўлаётганини тасдиқлади.
O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning jiyani, Jamshid Karimovdan amakisi haqida olingan intervyularni kitob shaklida chop etish taraddudida bo‘lgan Norvegiyada yashayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Ulug‘bek Bakirning aytishicha, bu suhbatlarda sobiq prezident hayot yo‘lining hali jamoatchilikka oshkor bo‘lmagan tafsilotlari o‘rin olgan
Ўзбекистон марҳум президенти Ислом Каримовнинг жияни, Жамшид Каримовдан амакиси ҳақида олинган интервьюларни китоб шаклида чоп этиш тараддудида бўлган Норвегияда яшаётган ўзбекистонлик журналист Улуғбек Бакирнинг айтишича, бу суҳбатларда собиқ президент ҳаёт йўлининг ҳали жамоатчиликка ошкор бўлмаган тафсилотлари ўрин олган.
So‘kong‘ichligi uchun sud tomonidan besh million so‘m jarimaga tortilgan Andijon tumani hokimi Dilmurod Rahmatullaev, navbatdagi majlisida yana mahalliy tashkilot rahbarlarini bo‘ralatib haqorat qilgani yozilgan audiofayl Ozodlikka kelib tushdi. Bu yozuvni Ozodlikka taqdim etgan mahalliy tashkilot rahbarlaridan birining Ozodlikka aytishicha, hokim metallolom topshirig‘ini bajarmagan va bolalar sporti jamg‘armasiga pul o‘tkazmagan rahbarlarni yana “iflos, shakal, tvar, hayvon” kabi so‘zlar bilan tahqirlagan.
Сўконғичлиги учун суд томонидан беш миллион сўм жаримага тортилган Андижон шахар ҳокими Дилмурод Раҳматуллаев, навбатдаги мажлисида яна маҳаллий ташкилот раҳбарларини бўралатиб ҳақорат қилгани ёзилган аудиофайл Озодликка келиб тушди. Бу ёзувни Озодликка тақдим этган этган маҳаллий ташкилот раҳбарларидан бирининг Озодликка айтишича, ҳоким металлолом топшириғини бажармаган ва болалар спорти жамғармасига пул ўтказмаган раҳбарларни яна “ифлос, шакал, тварь, ҳайвон” каби сўзлар билан таҳқирлаган.
Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov barcha fermerlardan yerlarini davlat zahirasiga topshirish haqida majburiy tarzda ariza yozdirib oldi.
Андижон туман ҳокими Улуғбек Исомиддинов барча фермерлардан ерларини давлат заҳирасига топшириш ҳақида мажбурий тарзда ариза ёздириб олди.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Adhamjon Abdullaev, buzilgan dehqon bozori hududidagi do‘konlari uchun tovon puli ololmayotganidan OzodMikrofonga shikoyat qildi.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev 23 yanvar kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida Toshloq tumanidan biror kishi ham Haj ziyoraiga bormasligini o‘zining o‘rinbosariga qat’iy tayinlagani ortidan, hajga borishni niyat qilgan odamlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushgan edi. Biroq O‘zbekiston musulmonlar idorasining ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatidan Hajga boradigan 950 nafaridan 42 nafari Toshloq tumanidan ekanligi tasdiqlangan.
Андижон вилояти Шаҳрихон туманидан қўнғироқ қилган тадбиркор Адҳамжон Абдуллаев, бузилган деҳқон бозори ҳудудидаги дўконлари учун товон пули ололмаётганидан OzodMikrofonга шикоят қилди.
Фарғона вилояти ҳокими Шуҳрат Ғаниев 23 январь куни ўтказган селектор йиғилишида Тошлоқ туманидан бирор киши ҳам Ҳаж зиёраига бормаслигини ўзининг ўринбосарига қатъий тайинлагани ортидан, ҳажга боришни ният қилган одамларнинг кўнглига ғулғула тушган эди. Бироқ Ўзбекистон мусулмонлар идорасининг маълумотига кўра, Фарғона вилоятидан Ҳажга борадиган 950 нафаридан 42 нафари Тошлоқ туманидан эканлиги тасдиқланган.
Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarining shahar va tumanlarida avtomobillarga quyiladigan metan gazining taqchilligi yuzaga keldi. Ozodlik mobil muxbirlari yuborgan foto va videolarda avtomobillarning bir necha kilometrlik navbatlari aks etgan. Haydovchilar Ozodlikka 5-6 soatdan navbatda turishganini aytmoqda.
Фарғона, Наманган ва Андижон вилоятларининг шаҳар ва туманларида автомобилларга қуйиладиган метан газининг тақчиллиги юзага келди. Озодлик мобил мухбирлари юборган фото ва видеоларда автомобилларнинг бир неча километрлик навбатлари акс этган. Ҳайдовчилар Озодликка 5-6 соатдан навбатда туришганини айтмоқда.
Andijon viloyatining Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning fermerlarni haqorat etganligi haqidagi Ozodlik xabaridan so‘ng, shu tumandagi «Abduqahhor vorislari» fermer xo‘jaligining rahbari Odinaxon Hojibekova Ozodmikrofonga qo‘ng‘iroq qildi.
OzodNazar eshittirishining navbatdagi mehmoni, o‘zbekistonlik jurnalist va tadbirkor Nodirbek Majidov o‘tib borayotgan haftaning muhim voqealari, Aqto‘beda halok bo‘lgan 52 vatandosh qismatining fojiali yakunida kim aybdor ekanligi, nima sababdan hokimlarning so‘kong‘ich bo‘lib ketayotgani va hokimlar faoliyatida prezident aytganlari va bunga qonunning qanchalik mutanosibligiga o‘z nazarini bildirdi.
Давомини ўқинг