Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2025, Тошкент вақти: 17:20

Mashinalar gaz ballonlarini almashtirish kimning manfaatiga bo‘lyapti?


Namangan viloyatidan qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchi, gazda yuradigan avtomobillarga qo‘yilgan “kapron” ballonlar, garchi ishlash muddati tugamagan bo‘lsa ham yoppasiga majburan almashtirilayotganidan, bu oddiy xalqning emas, balki qaysidir bir manfaatdor amaldorning xohishi bilan amalga oshirilayotganidan shikoyat qildi.

“Bu ballonlarning kafolat muddati 15 yil qilib belgilangan. Davlat standartidan o‘tkazilib, xalqqa kafolat bilan qo‘yib berilgan edi. Lekin, nega bu ballonlarni hammasini almashtirish kerak bo‘lib qoldi? Odamlardan yana pul yulishmi bu?”, deydi namanganliklardan biri.

Uning aytishicha, eski moshinalariga shunday gaz ballonlari qo‘yib, tirikchiligini zo‘rg‘a o‘tkazib turgan aholining nochor qatlamiga yanada jabr bo‘lyapti:

“Ko‘pchilik “Volga”, “Moskvich” kabi eski moshinalariga shunday gaz ballon qo‘yib, qishloqdagi tirikchiligini qilib turgan edi. Ularning eski moshinga yana qaryib uch million so‘mga ballon qo‘yish imkoniyati yo‘q. Axir ular bu ballonlarni o‘zlari qo‘yib olmaganku, tashkilotlar gaarntiya bilan qo‘yib berishganku. Agar almashtiradigan bo‘lsa, o‘sha garntiyadagi yilini pulini olsin, qolganini o‘sha tashkilotning o‘zi to‘lasin. Ana bunda adolat bo‘ladi”, deydi namanganlik tinglovchi.

Газда юрадиган машиналар баллонларини алмаштириш кимнинг манфаати учун керак?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG