Ijtimoiy tarmoqlar
Қирғизистон пойтахти Бишкекда шу йил 29 сентябридан 1 октябригача Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган маҳсулотлар кўргазмаси бўлиб ўтди. Унда Тошкент шаҳри, Фарғона, Андижон ва Наманган вилоятларидан бўлган тадбиркор ва ҳунармандлар иштирок этишди.
O‘zbekiston hukumati radikal va ekstremist guruhlar saflarini tark etgan fuqarolarini tinch hayotga qaytarishda ko‘maklashmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov Moskva va Butun Rossiya patriarxi Kirill bilan uchrashuvi paytida bayonot berdi.
Hyuman Rayts Uotch tashkiloti Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi (EIQK) ushbu mamlakatda yashayotgan afg‘on muhojirlarining farzandlarini Suriyada jang qilish uchun yollamoqda, degan xabarni tarqatdi. Tashkilot hisobotiga ko‘ra, jangga yollangan afg‘on bolalarining eng kichigi 14 yoshdadir.
Ukraina Moskvani “Zapad – 2017” qo‘shma strategik harbiy mashqlarini o‘tkazgandan so‘ng qo‘shinlarining bir qismini Belarusda qoldirganini iddao qilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi bu vaziyat Moskva bilan Kiev o‘rtasidagi tanglikni yanada murakkablashtirishidan ogohlantirdi. Biroq Rossiya hukumati ushbu iddaoni rad etmoqda.
Ҳюман Райтс Уотч ташкилоти Эрон инқилоби қўриқчилари корпуси (ЭИҚК) ушбу мамлакатда яшаётган афғон муҳожирларининг фарзандларини Сурияда жанг қилиш учун ёлламоқда, деган хабарни тарқатди. Ташкилот ҳисоботига кўра, жангга ёлланган афғон болаларининг энг кичиги 14 ёшдадир.
Украина Москвани “Запад – 2017” қўшма стратегик ҳарбий машқларини ўтказгандан сўнг қўшинларининг бир қисмини Беларусда қолдирганини иддао қилмоқда. Украина Қуролли кучлари бош қўмондонлиги бу вазият Москва билан Киев ўртасидаги тангликни янада мураккаблаштиришидан огоҳлантирди. Бироқ Россия ҳукумати ушбу иддаони рад этмоқда.
Ўзбекистон ҳукумати радикал ва экстремист гуруҳлар сафларини тарк этган фуқароларини тинч ҳаётга қайтаришда кўмаклашмоқда. Бу ҳақда Ўзбекистон Дин ишлари бўйича қўмита раиси Ортиқбек Юсупов Москва ва Бутун Россия патриархи Кирилл билан учрашуви пайтида баёнот берди.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziev uyushmagan aholini paxtaga chiqarish uchun ularga yer uchastkasi¸ sog‘lig‘ini tiklashga moddiy yordam va ishsizlarga ish va’da qildi. Hokimning Yakkabog‘ tumanida bergan shunday va’dasi ortidan hokimiyatdan er ololmay yurganlar ko‘ngilli ravishda “paxta oxiriga qadar “qo‘shni Kasbi tumanida yotib paxta terishga jo‘namoqda. Hozircha hokimiyat vakillarining o‘zlari ham bunday va’daning amalga oshish-oshmasligidan bexabarliklarini bildirmoqda.
Toshkentlik 44 yoshli jurnalist va sport sharhlovchisi Bobomurod Abdullaevning uyida 29 sentabr kuni peshindan keyin Yunusobod tuman IIB tezkor guruhi tarafidan tintuv o‘tkazildi. 3 kundan buyon qaerdaligi noma’lum qolayotgan Bobomurod Abdullaevning o‘zi esa, 27 sentabr kuni o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olingani Ozodlikka bir necha soat oldin ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikka Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining ismi aytilishini istamagan zobiti ma’lum qildi.
Tvitter ijtimoiy tarmog‘i Rossiya bilan bog‘liqligi gumon qilingan 200 ta akkauntni yopib qo‘ydi, chunki ulardan Russia Today (RT) telekompaniyasi joylashtirgan 2000 ga yaqin reklama topildi. Ayni ijtimoiy tarmoq ham AQShda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezident sayloviga Rossiyaning ta’sir ko‘rsatishga uringani yuzasidan taftish o‘tkazmoqda.
Қашқадарë вилояти ҳокими Зафар Рўзиев уюшмаган аҳолини пахтага чиқариш учун уларга ер участкаси¸ соғлиғини тиклашга моддий ëрдам ва ишсизларга иш ваъда қилди. Ҳокимнинг Яккабоғ туманида берган шундай ваъдаси ортидан ҳокимиятдан ер ололмай юрганлар кўнгилли равишда “пахта охирига қадар “қўшни Касби туманида ëтиб пахта теришга жўнамоқда. Ҳозирча ҳокимият вакилларининг ўзлари ҳам бундай ваъданинг амалга ошиш-ошмаслигидан бехабарликларини билдирмоқда.
Твиттер ижтимоий тармоғи Россия билан боғлиқлиги гумон қилинган 200 та аккаунтни ёпиб қўйди, чунки улардан Russia Today (RT) телекомпанияси жойлаштирган 2000 га яқин реклама топилди. Айни ижтимоий тармоқ ҳам АҚШда 2016 йилда бўлиб ўтган президент сайловига Россиянинг таъсир кўрсатишга урингани юзасидан тафтиш ўтказмоқда.
Тошкентлик 44 ёшли журналист ва спорт шарҳловчиси Бобомурод Абдуллаевнинг уйида 29 сентябрь куни пешиндан кейин Юнусобод туман ИИБ тезкор гуруҳи тарафидан тинтув ўтказилди. 3 кундан буён қаердалиги номаълум қолаётган Бобомурод Абдуллаевнинг ўзи эса, 27 сентябрь куни ўғирликда гумонланиб қўлга олингани Озодликка бир неча соат олдин маълум бўлди. Бу ҳақда Озодликка Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармасининг исми айтилишини истамаган зобити маълум қилди.
Туркиядаги муҳожиратдан ватанига қайтгач Тошкент аэропортида ушланиб, 27 сентябрда Тоштурмага қамалган ëзувчи Нурулло Отахоновнинг ҳамкасблари унинг ҳимоясига ўз баёнотларини эълон қилмоқда. Нурулло Отахонов президент Мирзиёевнинг “четдаги ватандошлар Ўзбекистонга қайтсин” деган чақириғидан руҳланиб¸ Ўзбекистонга қайтишга қарор қилган илк таниқли шахсдир. Ушбу жонли блог орқали Нурулло Отахоновнинг тақдирига оид тафсилотлар ёритиб борилади.
Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda yozuvchi Nurullo Otaxonovning poytaxt aeroportida qo‘lga olinganiga izoh berdi.
Bir guruh buxorolik tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha¸ ular 7-8 sentabr kunlari viloyatga borgan huquq va adliya tizimlari rahbarlari bilan uchrashib¸ o‘z muammolarini hal qilishda yordam so‘rashga uringan. Ularni katta va’dalar bilan bu uchrashuvdan qaytargan viloyat prokurori¸ Toshkentdan kelgan sayyor guruh qaytib ketishi bilan¸ arzchilarni jinoiy ish ochish bilan qo‘rqitishga kirishgan.
“O‘zbekiston” radiokanali “Yangi jamiyat” studiyasining Siyosiy, huquqiy va ma’rifiy eshittirishlar bo‘limi sobiq mudiri Nazrullo Oxunjonov Ukrainaga siyosiy boshpana izlab kelgani ortidan hibsga olindi. Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Kiev rasmiylaridan Oxunjonovni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilmaslikni iltimos etmoqda.
«Hukumat tomonidan dissident-yozuvchi Nurullo Muhammad Raufxonning hibsga olinishi uning reabilitatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabar va O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash borasida tashlanayotgan qadamlar haqida prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan bayonotdan so‘ng tashvish uyg‘otadi», – dedi HRWning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.
Давомини ўқинг