Oliy sud raisi o‘rinbosari nikoh yoshini oshirishni taklif qildi. Samarqanddagi shifoxonada ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan vahshiyliklar sodir etilgan. Farg‘onada bozorqo‘m pora bilan ushlandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi.
Олий суд раиси ўринбосари никоҳ ёшини оширишни таклиф қилди. Самарқанддаги шифохонада кўз кўриб қулоқ эшитмаган ваҳшийликлар содир этилган. Фарғонада бозорқўм пора билан ушланди. Жорий ҳафта матбуот шу каби воқеалар ҳақида хабар берди.
Президент Шавкат Мирзиёев Рамазон ҳайити муносабати билан ўзбекистонликларни табриклади.
Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Novshahar qishlog‘ida yashaydigan Oygul Sultonovaning 14 iyun kuni Ozodlikka aytishicha, uni Angor tumani elektr tarmoqlari idorasiga taklif qilishgan va uning nomiga asossiz yozilgan elektr energiyasi uchun qarz bekor qilishgan:
Сурхондарё вилоятининг Ангор туманидаги Новшаҳар қишлоғида яшайдиган Ойгул Султонованинг 14 июнь куни Озодликка айтишича, уни Ангор тумани электр тармоқлари идорасига таклиф қилишган ва унинг номига асоссиз ёзилган электр энергияси учун қарз бекор қилишган:
Rossiya NATOning Yevropada harbiy tayyorgarlikni mustahkamlashga oid yangi rejasi mintaqadagi xafsizlikni zaiflashtiradi, deb hisoblaydi. Rasmiy Moskva ayni holatni harbiy rejasida hisobga olishga majbur bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Россия НАТОнинг Европада ҳарбий тайёргарликни мустаҳкамлашга оид янги режаси минтақадаги хафсизликни заифлаштиради, деб ҳисоблайди. Расмий Москва айни ҳолатни ҳарбий режасида ҳисобга олишга мажбур бўлишидан огоҳлантирмоқда.
Farg‘onada avtomashina ichida nazoratsiz qoldirilgan 9 yoshli bola tiriklayin yonib halok bo‘ldi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, mashina ichida qolib ketgan bola 5 litrlik bakalajkadagi benzinni to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgani tahmin qilinmoqda. Hodisani hozirda tuman prokuraturasi o‘rganmoqda.
Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan Singapurda o‘tkazgan muzokarasidan so‘ng “Amerika ovozi” radiosi muxbiri Greta Van Sasteren bilan suhbatlashdi. U Kim bilan nimalarni muhokama qilgani va kelgusi kutilmalar haqida so‘zlab berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi “Sharshara” kolbasa sexiga eshak go‘shti olib kelinib¸ mahsulotlarga qo‘shilgani bo‘yicha ochilgan shov-shuvli ish bo‘yicha 2018 yil 21 may kuni hukm chiqargani Ozodlikka 11 iyunda ma’lum bo‘ldi.
Turkmaniston rasmiylari pul topish maqsadida mamlakatdan tashqariga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish choralarini kuchaytirmoqda.
Tojikiston Musulmonlar idorasi rahbari xotinlarini g‘ayrioddiy bo‘lgan jinsiy munosabatlarga majburlaydigan erkaklarni qoraladi.
Singapurda 12 iyun kuni ertalab AQSh prezidentining Shimoliy Koreya rahbari bilan tarixdagi birinchi uchrashuvi boshlandi.
O‘shda 2010 yilda sodir etiilgan qirg‘inning 8 yilligi munosabati bilan qochqinlikda yurgan qator o‘zbek millatiga mansub shaxslar Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovga murojaat yo‘lladi.
Давомини ўқинг