17 avgust kuni Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrida bitta qozonda 6 tonna osh damlandi. Ekspertlar fikricha, bu O‘zbekiston tarixida bitta qozonda pishirilgan eng katta oshdir. Bu haqda xabar qilgan uznews.uz saytiga ko‘ra, rekord qo‘ygan palov, diametri 4,2 metrli, qariyb 8 ming litr suv sig‘adigan, ataylab shu oshni pishirish uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yasalgan qozonda damlandi.