O‘zbekiston prezidenti islom dunyosi mamlakatlari orasida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar uchun Islom hamkorlik tashkiloti maxsus mukofotini ta’sis etishni taklif qildi. O‘zbekiston prezidentining bu taklifi tashkilotning Ostonadagi fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitida yangradi.
Ўзбекистон президенти ислом дунёси мамлакатлари орасида илм-фан соҳасида эришилган ютуқлар учун Ислом ҳамкорлик ташкилоти махсус мукофотини таъсис этишни таклиф қилди. Ўзбекистон президентининг бу таклифи ташкилотнинг Остонадаги фан ва технологиялар бўйича саммитида янгради.
Львов полицияси Михаил Саакишвилига нисбатан чегарани ноқонуний бузиб ўтганлик юзасидан жиноий иш қўзғади. Грузия собиқ президенти¸ Одесса собиқ губернатори Михаил Саакашвили Киев ҳукуматининг ўзини Украина фуқаролигидан маҳрум қилиш ҳақидаги қарорини тан олмаслигини намойиш этиш мақсадида 10 сентябрь куни Украина чегарасини кесиб ўтди.
Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng o‘z tarixiy vataniga qaytib¸ turli biznes va xayriya loyihalari boshlagan xorijdagi o‘zbek milliarderlari yana bittaga ko‘paydi. Alisher Usmonov¸ Iskandar Mahmudov kabi Rossiyadagi o‘zbek milliarderlari ortida¸ Qozog‘istondagi rasmiy milliarderlardan biri Fattoh Shodiev ham O‘zbekistonda o‘z jamg‘armasini ochdi.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Federika Mogerini joriy yilning noyabrida O‘zbekistonga safar qiladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian Ozodlik radiosiga bergan suhbati davomida bayonot berdi. Burianga ko‘ra, safar davomida Ittifoq vakilining O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu uchrashuvda Yevropa Ittifoq-O‘zbekiston hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Шавкат Мирзиëев ҳокимиятга келганидан сўнг ўз тарихий ватанига қайтиб¸ турли бизнес ва хайрия лойиҳалари бошлаган хориждаги ўзбек миллиардерлари яна биттага кўпайди. Алишер Усмонов¸ Искандар Маҳмудов каби Россиядаги ўзбек миллиардерлари ортида¸ Қозоғистондаги расмий миллиардерлардан бири Фаттоҳ Шодиев ҳам Ўзбекистонда ўз жамғармасини очди.
Европа Иттифоқининг ташқи сиёсат бўйича вакили Федерика Могерини жорий йилнинг ноябрида Ўзбекистонга сафар қилади. Бу ҳақда Европа Иттифоқининг Марказий Осиё масалалари бўйича махсус вакили Петер Буриан Озодлик радиосига берган суҳбати давомида баёнот берди. Бурианга кўра, сафар давомида Иттифоқ вакилининг Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев билан учрашиши кутилмоқда. Бу учрашувда Европа Иттифоқ-Ўзбекистон ҳамкорлиги масалалари муҳокама қилинади.
Tojikiston IIV OMONi sobiq komandiri va “Islom Davlati” (ID) guruhining “harbiy vaziri” Gulmurod Halimov Rossiya aviatsiyasi tomonidan terrorchilarning Deyr-ez-Zora qo‘mondonlik punktiga berilgan zarba natijasida o‘ldirilgan. Bu haqda RF Mudofaa vazirligiga tayanib Rossiya OAV xabar tarqatdi.
O‘zbekiston respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga o‘zgartirishlar kiritdi.
Тожикистон ИИВ ОМОНи собиқ командири ва “Ислом Давлати” (ИД) гуруҳининг “ҳарбий вазири” Гулмурод Ҳалимов Россия авиацияси томонидан террорчиларнинг Дейр-эз-Зора қўмондонлик пунктига берилган зарба натижасида ўлдирилган. Бу ҳақда РФ Мудофаа вазирлигига таяниб Россия ОАВ хабар тарқатди.
Ўзбекистон республикаси Давлат архитектура ва қурилиш қўмитаси шаҳарсозлик нормалари ва қоидаларига - ШНҚ 2.08.01-05 “Турар жой бинолари”га ўзгартиришлар киритди.
Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Shavkat Mirziyoev topshirig‘iga binoan turk sarmoyadorlari bilan o‘tmishdagi mojarolarni hal qilish maqsadida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasini olish evaziga Demir Holdings O‘zbekistonga qaytmoqda¸ Toshkent bilan kelisha olmagan Güneş Tekstil shirkati esa mojaroga Xalqaro arbitraj sudi ajrim chiqarishini kutmoqda.
Озодликка маълум бўлишича¸ Шавкат Мирзиëев топшириғига биноан турк сармоядорлари билан ўтмишдаги можароларни ҳал қилиш мақсадида ўтказилган музокаралар натижасида Тошкентдаги "Чорсу" меҳмонхонасини олиш эвазига Demir Holdings Ўзбекистонга қайтмоқда¸ Тошкент билан келиша олмаган Güneş Tekstil ширкати эса можарога Халқаро арбитраж суди ажрим чиқаришини кутмоқда.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi “Do‘stlik” chegara - o‘tkazish punktining hech qanday cheklovlarsiz bordi-keldi uchun ochilishi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kelin bo‘lib tushgan minglab ayollar uchun “uzoq yillar kutilgan sovg‘a” bo‘ldi.
Ўзбекистон ва Қирғизистончегарасидаги “Дўстлик” чегара - ўтказиш пунктининг ҳеч қандай чекловларсиз борди-келди учун очилиши Қирғизистондан Ўзбекистонга келин бўлиб тушган минглаб аёллар учун “узоқ йиллар кутилган совға” бўлди.
Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистонга давлат ташрифи (5-6 сентябрь) доирасида ўзбек ва қирғиз расмийлари ўртасида ўндан зиёд шартнома ва меморандум имзоланди.
Toshkentda militsiya xodimlari oq rangli “Spark” mashinasida qochayotgan haydovchini o‘qqa tutdi. Hodisa 5 sentabr kuni Toshkentdagi Jismoniy tarbiya instituti oldida mahalliy vaqt bilan 18 lar atrofida ro‘y berdi. Voqea guvohlari militsiya xodimlarining "o‘g‘ri" ketidan quvib mashinaga qarata o‘q uzayotgani aks etgan videoni Ozodlikka jo‘natdi.
O‘zbekiston Markaziy banki chet el valyutalarining rasmiy va birja narxlarini unifikatsiya – bir xillashtirishi oqibatida mamlakatga import qilinayotgan mahsulotlar uchun belgilangan boj to‘lovlari ikki baravarga qimmatladi. Savdogarlar¸ agar hukumat tez orada boj va aksiz to‘lovlari stavkasini yalpi qayta ko‘rib chiqib¸ uni arzonlatmasa¸ import mahsulotlari narxining nihoyatda qimmatlashishi¸ mamlakatga import kelishi keskin qisqarishi¸ muhimi¸ o‘n minglab savdogarning kasodga uchrab¸ ishsizlar safiga qo‘shilishidan xavotirga tushmoqda.
“Erk” demokratik partiyasining lideri Muhammad Solihni Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi munosabati bilan suhbatga tortdik. “Ozodik” radiosining qirg‘iz xizmati savollariga javob berarkan, siyosatchi, Qirg‘iziston prezidenti saylovi Bishkek va Toshkent munosabatlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi xaqida ham fikr bildirdi. Muhammad Solih bilan jurnalist Sanjar Eraliev suhbatlashdi.
Xalqaro Human Rights Watch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Xyu Uilyamson hamda tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis direktori, tadqiqotchi Stiv Sverdlovlar 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Strategiya markazi”da mahalliy nodavlat, notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.
Давомини ўқинг