O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Ahmadjon Odilov 92 yoshida Namangan viloyat, Pop tumanidagi o‘z uyida vafot etdi. Marhum 27 sentabr kuni G‘urumsaroyda dafn etildi. Dafn marosimida qatnashganlarning Ozodlikka xabar qilishicha, marhum bilan vidolashish uchun minglab odam kelgan..Sovet davrida “Paxta ishi” doirasida qamalgan Ahmadjon Odilov Islom Karimov davrida ham 15 yil qamoq jazosini o‘tagan. Odilov 2008 yil, 5 iyun kuni 83 yoshida qamoqdan chiqqan edi.