Линклар

Шошилинч хабар
29 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:25

“Sotilmagan Mustaqillik maydoni qoldi!” – tarmoqlar Ortiqxo‘jayevning biznesi haqida


Jahongir Ortiqxo‘jayev Termizdagi "Biznes marafon"da. Surxondaryo viloyati hokimligi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Termizdagi "Biznes marafon"da. Surxondaryo viloyati hokimligi.

Toshkent shahri hokimi vazifasidan bo‘shatilgani ortidan bir muddat jamoatchilik nigohidan panada yurgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shu kunlarda yana el og‘ziga tushdi. Bunga uning yirik aktivlarini sotgani haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

1-fevral kuni Termiz shahrida tashkil qilingan “Biznes marafon”da tadbirkor sifatida yoshlarga o‘z tajribalari haqida so‘zlab bergan Jahongir Ortiqxo‘jayev gap orasida biznes imperiyasi tarkibidagi 7 ta kompaniyani sotganini ma’lum qildi.

“Crafers”ni sotdim, chunki bu sohada obro‘ qozona olmadim, oziq-ovqat ishlab chiqarishni eplay olmadim. “Mediapark”ni hamma magazinlari bilan sotdim – kim ishlayotgan bo‘lsa o‘shanga. “Ecobozor”ning bittasini sotdim. “Akfa Lighting”ni sotdim. “Magic City”ni sotdim. “Basalt”ni ham nemislarga – “Knauf”ga sotdim. Aytmoqchimanki, 5 yilda o‘zimni o‘zim bir “tozalab” olaman. Kerak emasmi, unga qiziqmayapmanmi, unga pul tikmayapmanmi – sotaman va yana boshqa ochaveraman”, degan sobiq hokim.


Jamoatchilik Milliy bog‘ hududida katta va’dalar bilan qurilgan “Magic City” majmuasining sotib yuborilganiga keskin e’tiroz bildirdi.

Tarmoq faollariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi qarori bilan Milliy bog‘ning 20,79 gektar hududi Ortiqxo‘jayevning “AKFA” shirkatiga 49 yilga ijaraga berilgan edi. Poytaxt ramzlaridan biri bo‘lgan maskanni “kepak puli”ga qo‘lga kiritgan tadbirkor esa “zamonaviy va yuqori texnologiyali bog‘” tashkil etish va investitsiya kiritish majburiyatini olgan.

“Zo‘r-a?! Poytaxtning kindigidan quloch-quloch yer-binolarni amallab xususiylashtirib olsang bas. Keyin uni yuritishning ham hojati yo‘q, bo‘yab-bejab pullayverasan... Aslida bu yerda jaraq-jaraq pullar bilan birga javobgarlik sotilyapti, bo‘yindagi majburiyat soqit qilinyapti va oppoq bo‘lib olinyapti. Chunki yangi sotib olgan mulkdordan hech kim domangir bo‘la olmaydi. Navbat “Paxtakor” stadioni bilan “Sharq” majmuasiga. Undan keyin Mustaqillik maydoni to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi”, deb yozdi jurnalist Abror Zohidov.


Ekspert Komil Jalilov ijaraga berilgan obyektning shaxsiy mulk kabi oldi-sotdi qilinishi nechog‘li qonunchilikka to‘g‘ri kelishini savol ostiga oldi.


“Bir shahar hokimi o‘z hokimligi davrida shaharning qoq markazidagi bog‘ni quritib o‘rniga shaxsan o‘zi soqqa qilish uchun disneylend qurishi demokratik davlatlarda yirik siyosiy skandalga sabab bo‘lib, ko‘p boshlar dumalagan bo‘lardi. Lekin O‘zbekiston boshqa mezonlar bilan yashaydi, albatta. Chuqurlashib qayoqqa ham borardingiz”, deb yozdi BBC jurnalisti Ibrat Safo Feysbukdagi sahifasida.

“G‘orat qilingan Milliy bog‘ o‘rnida 49 yilga ijara olingan 21 gektar joydagi “Magic city”ni 3 yil o‘tmay sotvorgan “investor” 24 gektardan ortiq maydonga ega “Paxtakor”ni necha yilda sotib yuborishi mumkin? Marjasini olib bo‘lganidek keyin unga nima qizig‘i bor? Tekinga yo suvtekinga olingan yerlar narxining o‘zi 5000 foizlik rentani ta’minlaydi”, deb munosabat bildirdi iqtisodchi Otabek Bakirov.

“Magic City” otangizdan qolgan bog‘ edimi, sotasiz?! Bu istirohat bog‘idagi ko‘lni bizning ota-onalarimiz barpo etishgan edi. Hamma daraxtlarni kestirib, beton domlar qurib shaharni cho‘lu biyobonga aylantirdingiz”, deya e’tiroz bildirgan Maya Usmon ismli foydalanuvchi.

Rahmatjon Ahmedovich esa Ortiqxo‘jayev “hokimlikdan tepilmaganida Toshkentni ham ko‘tarasiga sotib yuborardi” deb hisoblaydi.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Magic City”ning yangi egasi ham begona emas, Ortiqxo‘jayevning kuyovi, qolaversa, prezidentning sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘g‘li Alisher Abduvohidovdir.

Abduvohid Suvonovning fikricha, “Sotadiganlar ham, oladiganlar ham, kichkina odamlar emas. Ammo xalq mulki bo‘lgan obyektlar sotilgani aniq”.

Мирзиёевнинг “ишонган” бизнесменидан “ноинсоф” ҳокимгача: Ортиқхўжаев нимаси билан ёдда қолади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:19 0:00

O‘zbekistonning, garchi boyligi rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, eng boy odamlaridan deb ishoniladigan 48 yashar Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tgan yil qishidagi energetika inqirozi avjida - 16-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligidan ketkazilgandi.

Prezident Mirziyoyev poytaxt hokimini "qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani, faqat yolg‘on ma’lumot berib, pastga tushmagani" uchun ishdan bo‘shatganini aytgan edi.

Ortiqxo‘jayevning o‘zi hozirga qadar bu tanqidlarni sharhlamagan.

XS
SM
MD
LG