Линклар

Шошилинч хабар
02 феврал 2023, Тошкент вақти: 13:19

Putin Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan “tabiiy gaz ittifoqi” tuzishni taklif qildi


Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan “gaz ittifoqi” tuzishni taklif qildi. Bu tabiiy gazni uch davlat o‘rtasida o‘zaro uzatish hamda Xitoyga yetkazish mexanizmini joriy qilishni ko‘zda tutadi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqauevning Moskvada Putin bilan muzokaralaridan bir kun o‘tib, 29-noyabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov uch davlat o‘rtasida “sinxronizatsiya zarurati” dan kelib chiqib bu taklif muhokama qilinayotganini ma’lum qildi.

Putin ilgari surgan taklifning birinchi bosqichi “muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishni” nazarda tutadi, deya ta’kidladi Peskov.

“Uch davlat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tashqi bozorlar uchun infratuzilmani rivojlantirish uchun bu masalani yuridik shaxs bilan muhokama qilish kerak”, deya qayd etdi Dmitriy Peskov.

Toqayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibay Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari “Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston orqali tashish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirish”ni muhokama qilganini tasdiqladi.

“Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin barcha tegishli tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda masalaga oqilona yechim topish uchun ekspertlar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazish zarur, degan xulosaga keldi”, — deb yozdi Jeldibay o‘zining Feysbuk sahifasida.

Peskov Qozog‘istonning shimoliy hududlari Rossiya gaziga bog‘liq ekan, Qozog‘iston bu hududlarga yangi quvur tortish o‘rniga, Rossiyadan gaz oqimini ko‘paytirishi iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishini ta’kidladi. Uning ta’biricha, Ostona bu orqali "o‘nlab milliard dollar"ni tejab qoladi.

Rossiya jahon bozorida asosiy tabiiy gaz eksportchilaridan biri bo‘lsa, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishlab chiqaradigan tabiiy gaz bazo‘r ichki iste’molini qoplaydi.

Путиннинг Қозоғистон президенти исмини адаштириши тасодифми ëки...?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:54 0:00

Markaziy Osiyoning ikki yirik iqtisodiyoti Rossiyaga qadar cho‘zilgan hamda Turkmaniston orqali Xitoyga o‘tgan gaz quvurlariga ega.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Yevropa davlatlari Rossiya gazidan voz kecha boshlaganidan beri Moskva Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirdi.

O‘zbekiston tomoni Putinning "gaz ittifoqi" haqidagi taklifini sharhlaganicha yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik faollar Putin Rossiyasi bilan ehtimoliy ittifoq haqidagi xabarni xavotir bilan qarshi olishdi.

"Sening zahiralaringni talayotgan, qo‘shnilarga hujum qilayotgan va ko‘cha bezorisi tilida gapirib o‘rgangani uchun butun dunyo bilan til topishishda muammosi bo‘lgan davlat bilan qanday ittifoq bo‘lishi mumkin? Hech qanday ittifoq kerakmas!" deb yozdi iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov o‘zining Feysbuk sahifasida.

XS
SM
MD
LG