Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 09:37

Kim Chen Inni ham “dog‘da qoldirgan” qahramon


Qahramon Quronboyev
Qahramon Quronboyev

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning turli hududlarida tong qorong‘isida mahalla raisi va xodimlari davlat madhiyasini kuylayotgani aks etgan videolavhalar tarqalmoqda. Tarmoqlarda kinoya bilan “innovatsion” deb baholangan g‘oya tashabbuskori bir oycha avval O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib tayinlangan Qahramon Quronboyev ekani aytiladi.

Hududlardan kelayotgan xabarlarga qaraganda, "mahalla yettiligi" har kuni soat 7-7:30 da davlat madhiyasini ijro etishi va uning videosini “yuqori”ga yuborishi kerak.

Mamlakatni chorak asrdan ziyod vaqt davomida idora etgan prezident Karimov davrida qamoqxonalarda mahkumlarga majburan madhiya ayttirilgani ma’lum.

Маҳалла раиси сайлови: Сайловми ёки тайинлов?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:10 0:00

Mahallachilar gardaniga madhiya kuylash vazifasi yuklangani ham jamoatchilik tomonidan “eski zamonning sarqiti” deya baholanmoqda.
Faollar fikricha, kallai sahardan ishxonaga borishga majburlash birinchi navbatda mehnat qonunchiligiga ziddir. Qolaversa, bu topshiriq “O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunga ham to‘g‘ri kelmaydi.

“Zo‘r g‘oya! Malades! Muallifga bir litr yog‘ bilan, 2 metr arqon berilsin!” deb yozdi bloger Umid G‘afurov.

“Soat 7:30 juda kech, Qahramon Qo‘chqorovich! Roppa-rosa 5:30 dan ayttiring shu madhiyani iltimos!” deya kinoyali post qoldirdi “Telegraf” kanali.
Tarmoq faollari ta’kidicha, saharmardondan madhiya aytish tashabbusidan hatto “Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ham hayratda”.

“Oligarxlarga kapitalizm, qora xalqqa kommunizm! Yashasin Shimoliy O‘zbekiston!” deb munosabat bildirdi boshqa bir foydalanuvchi.
Ko‘plab faollar bu kabi “komsomolcha propaganda usullari” odamlarni davlat ramzlaridan bezdiradi degan xavotirda.

Qahramon Quronboyev qariyb 30 yildan beri hokimiyat tizimida mas’ul lavozimlarni egallab kelmoqda. U 2018-yilda vodiylik kelin-kuyovlarni to‘y kortejidan tushirib, taksiga o‘tqazib yuborgani ortidan tarmoq “qahramon”iga aylangandi.

Tarmoqlardagi shov-shuv va kulgi ortidan prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatini tanqid qilgan.

«Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zyapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat», deya Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgandi Daryo.uz nashri.

Президент учун шоу: Маҳалла хотин-қизларига “тикувчилар” ролини ўйнаб бериш топширилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

Quronboyev ziddiyatli taklif-u tashabbuslar bilan chiqayotgan yagona mulozim emas.

2022-yil aprel oyida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirgan.

2020-yil iyun oyida, Namangan viloyati faollari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev korxona va tashkilotlarda shanba kunini “ashula kuni” kuni sifatida belgilashni taklif qilgandi. “Ashula bilan ishingda 10 baravar baraka bo‘ladi” deb uqtirgandi davlat rahbari.

XS
SM
MD
LG