Шошилинч хабар
21 Noyabr 2026, Toşkent vaqti: 01:43

“Oq va Qora”: Bloger Said Abdulaziz Yusupov 10 yilga qamaldi. U konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblandi

Ijtimoiy tarmoqlardagi «Oq va Qora» kanallari boşlovçisi, bloger Said-Abdulaziz Yusupov Özbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilişda aybdor deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda bir qator naşrlar xabar tarqatdi.

20 noyabr kuni Harbiy sudda yopiq tarzda körilgan jinoyat işi böyiça çiqarilgan hukmga köra, Yusupov “Tuhmat” moddasida ham aybdor deb topilgan.

Ozodlik suriştiruvlari qahramonlaridan biri bölgan Said-Abdulaziz Yusupov Toşkentdagi «Ofis» deb nomlangan norasmiy tuzilmaning axborot tizimini boşqargani aytilgan.

Özbekiston Harbiy sudida 16-noyabr kuni boşlangan 44 yaşar Said-Abdulaziz Yusupov işi böyiça sud muhokamasi beş kunda yakunlanib, 20-noyabr kuni hukm e’lon qilingan.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan, sud tafsilotlaridan xabardor huquq-tartibot idorasidagi manbaga köra, Yusupov Jinoyat kodeksining ikki moddasi böyiça aybdor deb topilgan.

«2026- yil 20- noyabrda Özbekiston Harbiy sudi Said-Abdulaziz Yusupovni ön yilga ozodlikdan mahrum etdi. U konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş va oğirlaştiruvçi holatlarda tuhmat qilişda aybdor deb topildi», deydi Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Atayeva.

Sud tafsilotlaridan xabardor huquq-tartibot idorasidagi manbaning aytişiça, Yusupov Jinoyat kodeksining 159-moddasi — «Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş» moddasi 3-qismi «a» bandi böyiça aybdor deb topilgan.

Mazkur bandda uşbu moddada nazarda tutilgan qilmişlarning «takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan» sodir etilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, manbaga köra, Yusupov Jinoyat kodeksining 139-moddasi — «Tuhmat» moddasi 3-qismining «a» va «g» bandlari böyiça ham aybdor deb topilgan.

Uşbu moddaning «a» bandi şaxsni oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilişni, «g» bandi esa ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda tuhmat qilişni nazarda tutadi.

Ozodlikda yopiq tarzda ötkazilgan sud hukmining töliq tafsilotlari mavjud emas. Şu sababli Yusupovning aynan qanday harakatlari uşbu ayblovlarga asos bölgani, sudda qanday dalillar körib çiqilgani va himoya tomonining pozitsiyasi noma’lum.

Rasmiy idoralar hozirgaça Said-Abdulaziz Yusupov işi yuzasidan bayonot berişmagan.

Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Atayeva
Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Atayeva

«Menga ma’lum bölişiça, 2026 -yilning birinçi yarmida Yusupov Yevropaning biror mamlakatida boşpana oliş imkoniyatini suriştirgan. U, jumladan, uzoq vaqtdan beri ziddiyatda bölgan va mening ma’lumotlarimga köra, ilgari özi ommaviy hujumlariga kömaklaşgan odamlardan ham yordam söragan. Mendagi ma’lumotlarga köra, hukm e’lon qilinişidan biroz oldin u Bi-bi-si jurnalistlari, huquq himoyaçilari va xalqaro inson huquqlari taşkilotlariga xat bilan murojaat qilgan. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiliş xavfi ostida qolgan insonning huquq himoyaçilaridan yordam söraşi tabiiy, deb hisoblayman. Yusupov ham adolatli sud muhokamasiga umid qiliş huquqiga ega», deydi Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Atayeva.

Sud tafsilotlaridan xabardor yana bir manbaning aytişiça, Yusupovga nisbatan qöyilgan ayblovlar orasida uning tarmoqlardagi «Niqobli odam» turkumidagi videomateriallarga aloqadorligi haqidagi ayblov ham bor.

Manbaning aytişiça, Yusupov «Niqobli odam» turkumidagi çiqişlari orqali Prezident administratsiyasining amaldagi rahbariyatini obrösizlantirişga uringan.

Ozodlik hozirça Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat işi oçilişiga sabab bölgani aytilayotgan «Niqobli odam» turkumidagi videomateriallarning asl nusxalari yoki havolalariga ega emas. Şuningdek, uşbu videolar qaçon, qaysi platformada va kim tomonidan e’lon qilingani haqida mustaqil ma’lumotga ega emas.

Ozodlik manbalariga köra, Said-Abdulaziz Yusupov joriy yilning iyul oyi örtalarida hibsga olingan. Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergovni Özbekiston Harbiy prokuraturasi olib borgan. Tört oy davom etgan tergov jarayonida Yusupov hibsda saqlangan.

Feysbukda Said-Abdulaziz Yusupovga tegişli ekani aytilgan sahifada 16 noyabr kuni e’lon qilingan postda u Bobomurod Abdullayevni özi ustidan Respublika Harbiy prokuraturasiga şikoyat arizasi yozganlikda ayblagan. Biroq Ozodlik bilan suhbatda Abdullayev bunday ariza bermaganini, Yusupov işida faqat guvoh sifatida qatnaşganini aytdi:

Bloger Bobomurod Abdullayev.
Bloger Bobomurod Abdullayev.

«Bu mutlaqo tuhmat post. Çunki men şu yil 20 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tergovçilari tomonidan rasman ötkazilgan tergovda guvoh sifatida qatnaşganman. Bu paytda Said-Abdulaziz Yusupov uç oydan beri hibsda ötirgan edi. U boşida boşqa birovning arizasi bilanmi yoki operativ ma’lumot asosidami qölga olingan — aniq bilmayman. Men Yusupov haqida köp körsatuvlar qilganim uçun, mendan ma’lumot oliş maqsadida menga murojaat qilişgan».

Bu Said-Abdulaziz Yusupovning uçinçi marta sudlanişi.

Boş prokuraturaning 2019- yildagi köra, Said-Abdulaziz Yusupov öşanda «özini Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb taniştirib, firibgarlik yöli bilan odamlardan juda katta miqdorlarda pul olgan»likda ayblangan.

Yusupov 2017- yil dekabridan 2019- yil mayida hibsga olingunga qadar Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondini boşqargan.

DXX tergov izolatorida bir yildan ziyod saqlangan Yusupov 2020- yil 8- iyulida ozodlikka çiqqan.

Oliy sud raisining sobiq birinçi örinbosari Ikrom Muslimov 2020- yildagi çiqişida Yusupov öşa paytda ikki marta sudlanganini aytgan:

“Said Abdulaziz Yusupov haqida söradingiz. Bu şaxs ikki marta sudlandi. Birinçi holatda ozodlikdan maxrum etiş jazosi tayinlangan, ikkinçi holatda firbgarlik işi buyiça jinoyat işi çiqdi sudga. Tergov natijasida firbgarlik yöli bilan yetkazilgan zarar töliq qoplanganligi sababli unga ozodlikdan maxrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanib qamoqdan ozod qilindi. Ammo oqlanmadi”.

Manbalar iddaosiça, Yusupov prezident Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov aralaşuvi bilan muddatidan avval qamoqdan ozod etilgan.

Bu iddao Ozodlikning Toşkentdagi xalq tilida “Ofis” deb atalgan qudratli norasmiy tuzilma haqidagi “Ofisning qulaşi” suriştiruvida tilga olingan.

Muqaddam sudlangan 43 yaşar Said-Abdulaziz Yusupov, manbalar iddaosiça, “Ofis”ning media qanotiga rahbarlik qilgan.

Yusupovning Otabek Umarovni maqtab, uni “çodirining qoziğigaça tillodan bölgan boy yigit” degan gaplari öz paytida tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgandi.

Yusupov Otabek Umarovni özbek ëşlari uçun butun boşli IIV qila olmagan işlarni qilgan "qahramon" sifatida tasvirlaydi.

Manbalar iddaosiga köra, Said-Abdulaziz Yusupov «Ofis»ning media yönalişiga rahbarlik qilgan paytida tuhmat, şantaj va qörqitiş usullari yordamida axborotni manipulyatsiya qilişga uringan.

Manbalar ta’kidlaşiça, «Ofis» öziga böysunmagan mulozimlar va tadbirkorlarga qarşi kompromatlarni aynan blogerlar yordamida tarqatgan.

Ozodlik ixtiyorida «Ofis» bilan hamkorlik qilgani iddao qilinayotgan blogerlar röyxati mavjud. Ularning ayrimlari bosim va şantaj sabab «Ofis» manfaatlari yölida işlaşga majbur bölgani Ozodlikka ma’lum. Şu bois Ozodlik bu röyxatni e’lon qilmaslikka qaror qilgan.

2025- yil 28- yanvar kuni Ozodlik Yusupovning Telegramdagi «SAY office» akkauntiga xat yöllab, unga nisbatan ilgari surilayotgan «Ofis» bilan boğliq iddaolarga oydinlik kiritişni söragan. Biroq Yusupovdan javob bölmagan.

«Ofisning qulaşi» suriştiruvi e’lon qilinganiga qariyb ikki yil bölgan bölsa-da, na Özbekiston rasmiy idoralari, na Otabek Umarov «Ofis» norasmiy tuzilmasiga oid ma’lumotlarga hozirgaça izoh berişgan.

«Suhbatdoşlarim «Ofis» deb Özbekistonning özida faoliyat yuritgani taxmin qilinadigan norasmiy tuzilmani ataşadi. Ularning talqiniga köra, Yusupov blogerlar va jurnalistlar guruhi faoliyatini muvofiqlaştirgan, mavzularni belgilagan va muayyan mualliflarga maqolalar tayyorlaşni topşirgan», deydi Nadejda Atayeva.

Said-Abdulaziz Yusupovning işi sudda körila boşlagani haqidagi xabar 16 noyabr kuni tarqalgaç, ijtimoiy tarmoqlarda önlab faollar Yusupovdan jabr körgani haqida yozdi.

«Menga Yusupovning özi gapirib bergan: “Falonçi bloger bizga işlaydi”, “Falonçi bizlar tomonda”, deb. Bu haqda menga köp marta gapirgan. Uning aytişiça, tanqid qilayotganlarning ovozini pul berib öçirişga harakat qilişgan. Agar ular pulga ham rozi bölmay, tanqidni davom ettirsa, tanqidçini badnom qiliş uçun boşqalarni yollaşgan. Ya’ni, kimdir pul olib, tanqidni töxtatsa, masala şu bilan yopilgan. Ammo bunga rozi bölmay, tanqidni davom ettiradiganlar ham bor. Ular Özbekiston içida ham, taşqarisida ham bölişi mumkin. Bundaylarga qarşi pulga sotilgan blogerlar yoki jurnalistlar orqali qora piar materiallarini tarqatiş yölga qöyilgan bölgan», deydi bloger Bobomurod Abdullayev.

Said-Abdulaziz Yusupovning ayrim çiqişlari va qaraşlari sabab ijtimoiy tarmoqlarda uni Rossiyaparastlikda ayblovçilar ham bor.

«Men uning işontiriş qobiliyatini yuqori baholaydigan odamlarni bilaman. U bilan gaplaşganlarning aytişiça, Yusupov suhbatdoşlarini Özbekistonda Rossiya ta’siri muqarrar ekaniga işontirgan va ularni Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzini qöllab-quvvatlaşga undagan. Men uning faoliyatidagi aynan şu jihatni tarğibot deb hisoblayman va bunda «Rossiya segodnya» agentligining yondaşuviga öxşaşlik köraman. Ayrim blogerlar va jurnalistlar Yusupovning tavsiyasi bilan Moskvaga borib, Rossiyaning axborot bilan işlaş usullariga bağişlangan treninglarda qatnaşgan. Bu safarlarni kim taşkil qilgani va iştirokçilarga aynan nimalar örgatilgani alohida e’tiborga loyiq», deydi Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Atayeva.

Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan çiqarilgan hukmning töliq tafsilotlari, jumladan, unga qöyilgan ayblovlar qanday dalillarga asoslangani hozirça noma’lum. Sud jarayoni yopiq ötkazilgani sababli jamoatçilik iş materiallari va himoya tomonining vajlari bilan tanişiş imkoniga ega bölmadi. Ozodlik Yusupov işi böyiça rasmiy idoralardan izoh olişga va mavjud savollarga javob topişga harakat qiladi.

​
XS
SM
MD
LG