Линклар

Шошилинч хабар
30 март 2020, Тошкент вақти: 16:10

Parvozlar bekor qilinishi ortidan yuzlab o‘zbekistonlik Istanbul va Dubay aeroportlarida qolmoqda (VIDEO)


O‘zbekiston koronavirus tahdidi sabab bir qancha yo‘nalishdagi aviareyslarni 16 martdan bekor qilganidan so‘ng 18 mart kuni Misrdan 177 o‘zbekistonlik "Sharm ash-Shayx - Navoiy" charter reysi bilan olib kelindi.

Biroq ayni paytda Turkiyaning Istanbul aeroportida, yo‘lovchilarning aytishicha, "minglab o‘zbekistonlik qolmoqda".

Ozodlikka aeroportdan video yo‘llagan o‘zbekistonliklarning aytishicha, "minglab yo‘lovchilar 16 martdan buyon aeroportda yotibdi".

Videoda prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan yo‘lovchilar, O‘zbekiston hukumati ularni olib ketish uchun charter reyslar tashkil etishni iltimos qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ham reyslari bekor qilingan yuzlab o‘zbekistonlik vatanga jo‘natishini so‘rab, 18 mart kuni O‘zbekiston elchixonasiga bordi.

Istanbul aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklardan birining iddao qilishicha, 16 martdan buyon ucholmay qolgan vatandoshlarning soni "mingdan oshgan":

Qariyalar, homilador ayollar, yosh bolaliklar juda qiynalib ketdi.


"15 mart kuni kechqurun kelganmiz. Reyslar bekor qilingani sababli uch kundan buyon bola-chaqalarimiz bilan aeroportda qolib ketdik. Qariyalar, homilador ayollar, yosh bolaliklar juda qiynalib ketdi. Iltimos, yordam beringlar, bizga charter reyslar qo‘yinglar".

Истанбул аэропортидаги ўзбекистонликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00

O‘zini tanishtirmagan yana bir yo‘lovchining aytishicha, boshqa davlatlar konsulliklari vakillari kelib o‘z vatandoshlariga yordam beryapti:

Biznikilardan esa hech kim xabar ham olmaydi.


"Mana ko‘ring, bu yerda 80 ta, naryog‘da 150 tadan ortiq odam bor. Mana bu homilador ayol juda qiynalib ketdi. Boshqa davlatlarga uchadigan ba’zi reyslar ham bekor qilingan, lekin ularning konsulligi vakillari kelib muammoni hal qilish yo‘llarini qidiryapti. Biznikilardan esa hech kim xabar ham olmaydi. Biz bekilishini bilmagandik. 16 kuni taqa-taq yopildi. Aqalli uch kun oldin ogohlantirishganda ham, biletlarni surib uchib ketgan bo‘lardik".

Истанбул аэропортидаги ўзбекистонликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

Uchinchi videoda esa o‘zbekistonlik ayol yerda yotgan yo‘lovchilarni ko‘rsatib shunday deydi:

Pulimiz ham tugadi, yeb ichishga suv bilan non olib, bir amallab kun ko‘ryapmiz.


"Iltimos, Shavkat Miromonovich, bizga samolyot yuboring. Mana uch kundan buyon shu ahvoldamiz. Ayollar bolalarini yuzlarini o‘rab, virus yuqtirmaylik deb yerda yotishga majbur bo‘lishyapti. Pulimiz ham tugadi, yeb ichishga suv bilan non olib, bir amallab kun ko‘ryapmiz. Ko‘p davlatlar charter reys tashkil qilib fuqarolarini olib chiqib ketyapti. Hurmatli prezidentimiz, iltimos bizni tashlab qo‘ymang".

Истанбул аэропортидаги ўзбекистонликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:41 0:00

Ozodlik O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligiga kun davomida bir necha bor qo‘ng‘iroq ildi. Ammo u tomondan faqat qisqa gudok eshitildi.

Ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ucholmay qolib ketgan o‘nlab o‘zbekistonlik 18 mart kuni Dubaydagi konsullikka shikoyat qilib bordi:

Dubayda ham yuzlab o‘zbekistonlik qolib ketmoqda.


"Konsullik vakili aniq javob bermadi. Aytadiki, avval O‘zbekiston havo yo‘llari"ga chipta olganlarni jo‘natamiz, keyin Fly Dubai ga olganlarni. Bir haftalik sayohatga kelgan edik, bugun vaqtimiz tugab mehmonxonadan ham chiqarib yuborishdi. Pulimiz ham qolmagan. Nima qilishga hayron bo‘lib, konsullikka borsak shunaqa deyapti. Dubayda ham yuzlab o‘zbekistonlik qolib ketmoqda".

Дубайда учолмай қолган ўзбекистонликдар консулликка норозилик билдирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

O‘zbekistonning Dubay shahridagi konsulligi vakili Ozodlik bilan suhbatda fuqarolarni vatanga yuborish uchun choralar ko‘rilayotganini aytdi:

"Hozir biz shu muammoni hal qilishga harakat qilyapmiz. Charter reyslar bilan barchani O‘zbekistonga jo‘natamiz".

Ayni paytda...

18 mart kuni Misrdan 177 o‘zbekistonlik "Sharm ash-Shayx - Navoiy" charter reysi bilan olib kelindi.

Bu haqda xabar qilgan Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, charter reysni O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi vazirlik operativ shtabi va mamlakatning Transport va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda uyushtirgan.

Uzbekistan Airways aviashirkati hukumat O‘zbekistonda ilk bor COVID-19 virusi aniqlanganini e’lon qilishi ortidan 16 martdan boshlab xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilish xususida qaror qabul qilgan edi.

Uzbekistan Airways xalqaro qatnovlarni to‘xtatish joriy yil 5 apreligacha rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Natijada vatanga qaytayotgan yuzlab o‘zbekistonlik aeroportlarda qolib ketmoqda.

Qarorda aytilishicha, cheklov o‘rnatilgan davlatlardan charter reyslar orqali olib kelingan O‘zbekiston turg‘unlari Toshkent viloyatida joylashgan "Bo‘ston" sanatoriysi, "Energetiklar sihatgohi" va Toshkent shahrida joylashgan 6-shahar klinik shifoxonalarida 14 kunlik karantinda saqlanadi va bu davr ichida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG