Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:16

Qoraqalpog‘istonda "suyak uni" vasvasasi: Oq qonga chalingan 12 yoshli qiz suyak uni shifosiga ishonib vafot etdi


Dardiga shifo izlab “Rashid tabib”ga borganlar suyak unining har yuz grammini tabibning o‘zidan yoki tumanlardagi odamlaridan 85 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha to‘lab sotib olganliklarini Ozodlikka aytishdi.
Dardiga shifo izlab “Rashid tabib”ga borganlar suyak unining har yuz grammini tabibning o‘zidan yoki tumanlardagi odamlaridan 85 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha to‘lab sotib olganliklarini Ozodlikka aytishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini "dunyodagi eng kuchli Rashid tabib” deya tanitib, minglab kasallarni faqat suyak uni va tovuq pati kukuni bilan davolashga urinayotgan qoraqalpog‘istonlik Rashid Kartbayev bemorlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari malomatiga qoldi.

Bir necha yuz ming so‘m pul evaziga tabibning suyak unini sotib olgan bemorlar bundan sog‘ligiga faqat ziyon yetgani haqida Telegramdagi maxsus kanal orqali shikoyat qilib chiqdi.

Taxiatosh tumanilik ayol esa, tabibning tovuq pati kukunidan oq qon kasaliga chalingan qizi ahvoli og‘irlashib qolgani, keyin esa nobud bo‘lganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Soqliqni saqlash vazirligi rasmiylari Rashid Kartbayevga odamlarni davolash uchun litsenziya berilmagani, uning faoliyatini nazorat qilish esa vazirlik vakolatiga kirmasligini aytishdi.

Dardiga shifo izlab “Rashid tabib”ga borganlar suyak unining har yuz grammini tabibning o‘zidan yoki tumanlardagi odamlaridan 85 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha to‘lab sotib olganliklarini Ozodlikka aytishdi.

- Ahlatdan topilgan suyaklarni, tovuqning patlarini maydalagichdan chiqarib sotishadi. Ming dardga shifo emish. Ahlatdan topilgan suyak unining 100 grammi 80-100 ming so‘m, chistiy suyakning kukuni 350 ming so‘mdan, - dedi nukuslik Batir.

"Rashid Tabib" suyak unini 100 grammini 80 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha narxda sotgan.
"Rashid Tabib" suyak unini 100 grammini 80 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha narxda sotgan.

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanilik Sho‘lpan Ajiniyazova ham “Rashid tabib”ning Telegram kanalidagi reklamasiga uchib undan suyak uni sotib olganlardan:

- Kanaliga kirsangiz video tayyorlangan. U yerda odamlarni kommentariyalari ham bor. Kimda grija bo‘lsa, ikki kundan keyin grijasi ketgani haqda aytishadi. Oq qonga ham davosi bor deyishdi. Mening grijam bor. Shifo berishiga ishonib men ham shu suyak unidan olib turdim. Suvga solib kunda uch martadan uch oy davomida ichasizlar deganda. Kor qilmadi. Qaytanga battarlashdi. Bilsak ular ahlatda yotgan suyaklarni, tovuq patlarini terib, kukun qilishar ekan. Biz ahmoqlar shunga 300 ming so‘m to‘labmiz.

"Rashid Tabib" suyak uni bilan birga tovuq pati kukunini ham "ming dardga shifo" deb sotgan.
"Rashid Tabib" suyak uni bilan birga tovuq pati kukunini ham "ming dardga shifo" deb sotgan.

Taxiatosh tumanilik ayol esa tabibning suyak uni va tovuq pati dastidan oq qon kasaliga chalingan 12 yoshli qizi og‘irlashib qolgani haqda 2 mart kuni Telegram kanalida videomurojaat bilan chiqdi.

- Ikki oy oldin qizim uchinchi ximiyani olayotgan paytda mana bu tabibimiz bizni bundan voz kechtirib, ximiya kerak emas, qon quyish ham kerak emas, mening tovuq patim, davo bo‘ladi, deb ishontirdi. Ikki oy qizimga tovuq pati berdik. Hozir ahvoli qaytanga og‘irlashib qoldi, faqat tovuq pati kukunini qaytaradi, - deydi taxiatoshlik ayol o‘z video murojaatida.

Рашид табибнинг товуқ пати шифосига ишонган она
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

Ozodlikning aniqlashicha, video Telegram kanalida e’lon qilinganidan uch kun o‘tib - 5 martda qiz hayotdan ko‘z yumgan.

Qoraqalpog‘iston Soqliqni saqlash vazirining Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari Gauhar Abdisametova qizning onasi suyak uni shifosiga ishonib qiziga kimyo muolajasini to‘xtatganini Ozodlikka tasdiqladi.

- U qiz leykoz tashxisi bilan tuman kasalxonasida ro‘yxatda turgan. Qiz tabibning kukunlarini ichib boshlaganidan keyin onasi ximiya terapiyani to‘xtatib qo‘ygan. Tibbiyot xodimlari bir necha marta borib aytgan, bir kun kechga qoldirsang qiz nobud bo‘lishi mumkin deb aytishgan. Onasi ko‘nmagan, bizning shifokorlarga emas, tabibga ishongan. Tabib kukunlarining foyda-zarari haqida biron narsa ayta olmayman, lekin qiz leykozdan o‘ldi, - dedi Gauhar Abdisametova.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.10.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Soqliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xodimi esa Rashid Kartbayevga litsenziya berilmagani, shuning uchun uning faoliyatini nazorat qilish vazirlik vakolatiga kirmasligini aytdi.

Qoraqalpog‘istonda "Rashid tabib" degan odamning "ming dardni davolayotgani” to‘g‘risidagi gaplar paydo bo‘lganiga bir necha oy bo‘lib qoldi.

Telegram kanalidagi reklama roligida "Rashid tabib": "Doktorlar yenga olmagan kasallikni men yengaman. Dunyodagi eng kuchli tabib men bo‘laman", deydi.

Ozodlik Rashid Kartbayevning Telegram kanalida ko‘rsatilgan telefon nomeriga qo‘ng‘iroq qilganida hech kim javob bermadi.

"Rashid tabib"ning ​Xo‘jayli tumanidagi Sayyora ismli vakili esa, Ozodlik bilan suhbatda suyak kukunining shifosini isbotlashga urindi:

- Suyakda kalsiy moddasi borku?! Bosh suyak, oyoq suyak, qovurg‘a suyak quritib qo‘yiladi. Keyin kofemolkada maydalanadi. Shu suyak unini suvga ezib kunda bir qoshiqdan ichib tursa ming dardga davo, grija yoki pochkada toshi borlar tuzalib ketgani bo‘ldi.

Ammo, qoraqalpog‘istonlik shifokor Ro‘zmet Rajabov suyak kukunining shifosi haqidagi iddaolarni savol ostiga oladi.

- Agar suyakning kukuni foydali bo‘lsa, biz ishimizni yig‘ishtirib qo‘ysak ham bo‘lardi. Suyak kukunini ezib, kasha qilib bir qoshiqdan yeb tursa grija ketar emish. Qip-qizil moshennik-ku bular. Bilasiz Qoraqalpog‘istonda grija, saratonga chalinganlar ko‘p. Ular dardingga shifo topaman, deydiganlarda bor-butini berishga tayyor. Bular ularning dardiga darmon bo‘lish o‘rniga ziyon keltirishyapti. Taxiatoshlik qizimiz agar onasi bularni gapiga ishonmasdan ximoya muolajasini davom ettirsa, balki qiz o‘lmas edi, - deydi Rajabov.

Suyak uni O‘zbekistonda chorvachilikda hayvonlariga, parrandalarga mineral ozuqa sifatida berilishi amalda ko‘pdan beri mavjud.

Asosan, omixta yemlarga, silosga, konsentrat ozuqalarga qo‘shib, maydalangan ildizmevalarga aralashtirib beriladi.

"Rashid Tabib"ga shifo izlab borganlar ahlatdan topilgan suyaklar kukun qilinayotganini ko‘rganliklarini aytishadi.
"Rashid Tabib"ga shifo izlab borganlar ahlatdan topilgan suyaklar kukun qilinayotganini ko‘rganliklarini aytishadi.

2018 yilning dekabrida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida Hasan domla degan tabib “ming dardni davolayotgani” to‘g‘risida gaplar paydo bo‘lgan.

Tarmoqlarda tarqalgan reklama roliklariga ishonib nafaqat O‘zbekistonning o‘zi, balki qo‘shni mamlakatlardan ham bemorlar shifo ilinjida tabib uyi oldiga tizilishgan edi.

Keyinchalik uning "soxta tabib"ligi fosh bo‘lgach odamlar bormay qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG