Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:40

Elchining qizi restoranida bezorilik qilgan shaxslar qasddan jinoyat sodir etishda ayblanmoqda


Marg‘ilon shahri. Ayblanuvchilarning ikki nafari marg‘ilonlik ekani aytiladi.
Marg‘ilon shahri. Ayblanuvchilarning ikki nafari marg‘ilonlik ekani aytiladi.

Farg‘ona shahridagi “Seul” restoranida bezorilik qilgan uch shaxs qasddan jinoyat sodir etishda ayblanmoqda.

Ozodlikka kelgan xabarga ko‘ra, marg‘ilonlik Farhod G‘ofurov, Davlatbek Orifjonov va Qo‘shtepa tumanida yashovchi Otabek Xudoyberdiyev 19 fevral kuni kechasi restoranga kirmoqchi bo‘lganlarida, ularni qorovul kiritmagan.

O‘rtada chiqqan janjal oqibatida gumonlanuvchilar restoran oyna va eshiklariga tosh otib sindirgan va voqea joyidan yashiringan.

Gumonlanuvchilar qochayotgan paytda mashina bilan bir piyodani ham turtib ketgani aytiladi.

Ayblanuvchilarning yaqinlari ularga og‘ir ayblov qo‘yilganidan shikoyat qildi.

“Seul” restorani egasi O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Fen Vitaliyning qizi Yelena Fen ekanligi aytilmoqda.

Farg‘ona viloyati prokuraturasining ismi ochiqlanmaslik sharti bilan gapirgan mulozimining Ozodlikka aytishicha, “Seul” restoranida bo‘lib o‘tgan janjalda ishtirok etgan gumonlanuvchilar qo‘lga olingan:

Keyin gumonlanuvchi shaxslar tosh otib, restoran eshik va oynalarini sindirgan.


“Janjal 19 fevral kuni kechasi soat 11lardan o‘tganda “Seul” restoranida sodir bo‘lgan. Uch kishi, marg‘ilonlik Farhod G‘ofurov, Davlatbek Orifjonov va Qo‘shtepa tumanida yashovchi Otabek Xudoyberdiyevlar restoranga kirmoqchi bo‘lgan. Lekin ularni qorovul kiritmagan. O‘rtada janjal chiqqan. Restoran qorovuli, ofitsiantlari bilan bu uch yigit urishgan. Keyin gumonlanuvchi shaxslar tosh otib, restoran eshik va oynalarini sindirgan. Restoranning ikki xodimini urib, tan jarohati yetkazgan”.

Mulozimning aytishicha, ular mashinalariga o‘tirib ketayotgan paytda yana bir yo‘lovchini turtib yuborgan va voqea joyidan yashiringan:

“Ularning mashina nomeri yozib olingani uchun o‘sha kechaning o‘zida topishdi. Hozir uchovi ham qamoqqa olingan”.

Mulozim "Seul" restoranining egasi O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fenning qizi Yelena Fen ekanligini tasdiqladi:

"Yelena Fen ham jabrlanuvchilar ro‘yxatida bor"

Ozodlik suhbatlashgan ayblanuvchilardan birining otasi, uning farzandiga og‘ir ayblov qo‘yilayotganidan shikoyat qildi:

Advokatning aytishicha, odam o‘lmagan bo‘lsa ham ularga og‘ir ayblov qo‘yilyapti.


“Bular restoranga kiramiz desa, kirgizishmabdi. Janjal shundan kelib chiqqan. To‘g‘ri, bezorilik qilishgan, lekin bularga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining juda og‘ir moddalarini qo‘yib ayblashyapti. 25(jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97(qasddan odam o‘ldirish) moddalarini qo‘llashyapti. Advokatning aytishicha, odam o‘lmagan bo‘lsa ham ularga og‘ir ayblov qo‘yilyapti. Chunki, bu restoranning egasi O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisining qizi ekan”.

Uning aytishicha, 28 fevral kuni ayblanuvchilarning ota-onalari viloyat prokuraturasiga borib, norozilik bildirgan:

“Bizga hech qanday aniq javob berishmadi, tergov bo‘lyapti, deyishdi, xolos”.

Ozodlik “Seul” restorani egasi Yelena Fen bilan bog‘lanishga harakat qildi. Ammo, Farg‘ona shahar ma’lumot xizmati ularning ro‘yxatida bu restoran yo‘qligini aytdi.

XS
SM
MD
LG