Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:23

Koronavirus: Saudiya "eshiklarini yopdi"; Uzbekistan Airways bu mamlakatga parvozlarni to‘xtatdi


O‘zbekistonliklar Makka shahrida.2020, 27 fevral
O‘zbekistonliklar Makka shahrida.2020, 27 fevral

Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmatining Ozodlikka 27 fevralda bildirishicha, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining mamlakat ziyoratchilar uchun yopilishi to‘g‘risidagi bayonoti ortidan Uzbekistan Airways Saudiya Arabistoniga parvozlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi.

Biroq Saudiyadan O‘zbekistonga avval rejalashtirilgan parvozlar u yerdagi ziyoratchilarni qaytarish uchun amalga oshirilaveradi.

Er-Riyod ziyoratchilarning mamlakatga kelishini taqiqlashini koronavirus tarqalish tahdidi bilan izohladi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining Umra ibodatini ado etish uchun kelayotgan ziyoratchilarning bu mamlakatga kirishi, Makka shahrida Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi masjidni ziyorat qilishi vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risidagi bayonoti ortidan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi ham o‘z bayonotini e’lon qildi. Bayonot Saudiya hukumatining qarori haqidagi xabardan iborat xolos.

Yuzaga kelgan vaziyatdan paydo bo‘lgan savollarga qo‘mitaning Ozodlik bog‘langan rasmiysi javob berishni istamadi.

Umra safari haqini to‘lab, cho‘ntagida samolyot chiptasi borlar endi nima qiladi? Ularning puli qaytariladimi yoki safar boshqa muddatga rejalashtiriladimi?

Shu va boshqa savollarga O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bayonotida ham javob yo‘q. Idora ham Saudiyaning qarori to‘g‘risida bir enlik xabar yozishdan nariga o‘tmagan.

Makka shahri, 27 fevral

Ozodlik muxbiri shu kunda Saudiya Arabistonida Umra ziyoratida yurganlar bilan gaplashdi. Andijonlik ziyoratchilarning aytishicha, ular o‘zlariga nisbatan qandaydir favqulodda cheklovlar joriy etilganini sezgani yo‘q.

Suhbatdoshlardan birining aytishicha, kasallik yuqtirib olishdan qo‘rqib, og‘iz-burnini niqob bilan to‘sib olganlar ko‘p emas, lekin bundaylar ham uchrab turadi.

Safarimiz muddati qisqarishi to‘g‘risida va umuman siz aytayotgan virus bilan bog‘liq hech qanday gap bo‘lgani yo‘q.

"Safarimiz muddati qisqarishi to‘g‘risida va umuman siz aytayotgan virus bilan bog‘liq hech qanday gap bo‘lgani yo‘q, har holda men eshitganim yo‘q. Saudiyaning taqiqiniyam sizdan eshitib turibman" dedi andijonlik ziyoratchi.

O‘zbekistonliklar Umra safarida. Makka shahri, 2020, 27 fevral.
O‘zbekistonliklar Umra safarida. Makka shahri, 2020, 27 fevral.

Saudiya Arabistoni o‘z hududini yopganidan bexabar O‘zbekistondagi xususiy agentliklar Umra safariga odamlarni jalb etish bilan band.

Ozodlik 27 fevralda o‘shanday xususiy agentliklardan biri “Historical Travel” xususiy bandlik agentligi vakili bilan gaplashdi.

Agentlik vakili Saudiya Arabistonining qarori haqida Ozodlik muxbiridan eshitdi. Ungacha esa, mana bu ma’lumotni o‘rtoqlashdi:

“Umraga bormoqchilardan arizalarni qabul qilayapmiz. Navbatdagi guruhimiz 29 fevralda uchadi. O‘sha kuni 43 kishi ketadi. Keyingisi martning o‘rtalarida yig‘ilsa kerak”.

“Historical Travel” xodimasining aytishicha, 10, 15. 20 kunlik Umra safarlari mavjud. 10 kunga boradiganlar 1800 AQSh dollari (safar harajati) va 405000 so‘m (firma harajatlari) to‘laydi. 20 kunga boradiganlar 200 dollar ko‘proq to‘laydi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG