Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:57

SSV: Jizzaxda koronavirus yuqtirganlar borligiga oid xabarlar mutlaqo asossizdir


Honkongliklar tekin S vitamini va dezinfeksiyalash vositasi uchun navbatda turibdi.
Honkongliklar tekin S vitamini va dezinfeksiyalash vositasi uchun navbatda turibdi.

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida bemor koronavirus infeksiyasidan vafot etganligi hamda bir guruh bemorlarning ushbu virus alomatlari bilan davolanayotganligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossizdir.

Bu haqda ekanini Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.

Vazirlik bu bayonoti bilan Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan mish-mishlarni rad etdi.

Telegram messenjerida e’lon qilingan postlardan birida "Jizzaxda Xitoyda chiqqan yangi koronavirusdan o‘lgan odamlar bor"ligi, "Oblastnoy bolnitsada 20 tadan ortiq odam shu simptomlar bilan yotgani" aytilgan.

Vazirlikka ko‘ra, Xitoydagi vaziyatni inobatga olgan holda joriy yil yanvar oyidan boshlab, respublika chegara bojxonalaridan o‘tgan fuqarolar sanitariya nazorat punktlari orqali tibbiy nazorat kuchaytirilgan holda o‘tkazilmoqda. Viloyat davolash profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarning koronavirus, gripp va o‘tkir respirator kasalliklar bo‘yicha xushyorligi oshirilgan. Gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklarga chalingan bemorlarning Xitoy hududida bo‘lganligi to‘g‘risida surishtiruvlar amalga oshirilib, ularda kasalliklar aniqlanganda tezkor ravishda yotqizish uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus o‘rinlar tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

O‘zbekiston hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, aeroport, vokzal va avtomobil chegara bojxona postlarida mavjud sanitariya nazorat postlari kuchaytirilgan rejimda faoliyat ko‘rsatayotgani, tibbiyot muassasalarida ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularni alohidalab davolash uchun barcha sharoitlar mavjudligi aytildi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov fuqarolarga «Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni» tavsiya qilgani to‘g‘risida vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 80 nafardan, kasallanganlar soni esa 2400 nafardan oshgan. Xubey provinsiyasi va uning ma’muriy markazi Uxan shahrida zararlanishning eng ko‘p holati qayd etilgan.

Vazirlik koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkinligini eslatgan..

Алоқадор

XS
SM
MD
LG