Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 05:49

Ahmadboydan jabrlanganlarga mablag‘ o‘tkazish chorasi ko‘rilayotgani bildirildi


Ahmadboy Tursunboyev
Ahmadboy Tursunboyev

Toshkent viloyati prokurori "Ahmadboy ishi" ishi bo‘yicha 12 ming ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga (MIB) kelib tushganini ma’lum qildi.

O‘zA agentligi 1 dekabrda bergan xabarga ko‘ra, viloyat prokurori ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazilgan.

Anjumanda qatnashgan MIB viloyat boshqarmasi vakili, ayni paytda jabrlangan aholi vakillariga plastik kartochka ochilib, mol-mulk xatlovidan majburiy tarzda undirilgan mablag‘larni ularga o‘tkazish chorasi ko‘rilayotganini bildirgan.

Xabarda shu kunda MIBga kelib tushgan ijro hujjatlarida qancha mablag‘ haqida gap borayotgani ochiqlanmagan.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, 2019 yil davomida viloyatda qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlash borasida 7064 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, jismoniy va yuridik shaxslarning 6191 nafarining buzilgan huquqlari tiklangan.

Bu jarayonda 2153 nafar mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, yetkazilgan 3 mlrd. so‘mlik zarar ixtiyoriy undirilgan.

  • 28 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
  • Sud Ahmad Tursunboyevni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qism «a», «v» bandlari bo‘yicha aybdor deb topdi.
  • Ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. A. Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 52,09 mln so‘m jarima jazolari tayinlandi.
  • Shu bilan birga A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida"gi Qarorining 6-bandi «b» kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.
  • Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.
  • Eslatib o‘tamiz, «Ahmadboy» ishi bo‘yicha birinchi sud 2018 yil fevralida yakuniga yetgan, o‘shanda unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi.
  • May oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sudda esa u 10 yil muddatdan ozodlikdan mahkum etilib, jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talashi belgilandi. Ilk suddagi jazo qo‘shilgan holda Ahmad Tursunboyevga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda 52,1 mln so‘m miqdoridagi EKIHning 400 baravari miqdoridagi jarima va 1 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish jazolari tayinlandi.
  • Ahmadboy Tursunboyev ishini Ozodlik batafsil yoritgan. Mavzuga oid materiallar bilan "Aloqador" ruknida tanishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG