Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:18

O‘quvchilarda “yod g‘oyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlash” tadbiri e’tirozga sabab bo‘ldi (VIDEO)


“Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovi sovrindorlari.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovi sovrindorlari.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uyushtirilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari¸ tadbirning "adolatsizlik" va "g‘irromlik" bilan yakun topgani va unda qatnashgan aksar bolalar ruhini sindirganini iddao qildi.

Maktab¸ tuman¸ viloyat bosqichida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovining respublika miqyosidagi g‘oliblari 5 noyabr kuni Toshkentda e’lon qilindi.

Ozodlikka gapirgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga ko‘ra¸ hakamlar o‘quvchilarning ijodiga mahalliychilik va tanish-bilishchilik asosida baho bergan.

Ozodlik o‘tgan oy e’lon qilgan prezidentning maxfiy qarorida Xalq ta’limi vazirligi va boshqa jamoat tizimlariga “umumta’lim maktab o‘quvchilarida ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida” turli tadbirlar o‘tkazish buyurilgan.

Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida 6 noyabr kuni e’lon qilingan xabarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” respublika ko‘rik-tanlovining aynan “maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish orqali ularda yod g‘oyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlash maqsadida” tashkil etilgani yozilgan.

6 noyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi rasmiylaridan bu ko‘rik-tanlov yakunlariga bildirilgan e’tirozlarga munosabat olishning imkoni bo‘lmadi – vazirlik mulozimlariga yuborilgan savollarga javob berilmadi.

“Ma’rifat haqida ma’rifatsiz tadbir”

Ozodlikka “Jaholatga qarshi ma’rifat” respublika ko‘rik-tanlovi yakuni haqida ma’lumot yuborgan ayrim o‘qituvchilar¸ tadbirga shunday baho berdi.

Tanlov Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 103-sonli maktab-internatda o‘tkazildi. 5-11 sinf o‘quvchilari insho¸ she’riyat va rasm chizish bo‘yicha bellashdi. Men boshqa yo‘nalishlarni aniq bilmayman¸ lekin she’riyat yo‘nalishida talantli bolalar qolib¸ hakamlarning ko‘chirmachilik qilgan yurtdoshlari g‘olib deb topildi. Bundan hamma o‘qituvchi va o‘quvchilar juda norozi bo‘ldi. To‘polon chiqti¸ hakam qochib ketdi”¸ deydi ko‘rik-tanlovda qatnashgan o‘qituvchilardan biri.

U she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib e’lon qilinganidan so‘ng o‘quvchi va o‘qituvchilarning hakamga bildirgan noroziligi aks etgan videotasvirlarni Ozodlikka yubordi.

Ўқувчиларда “ёт ғояларга нисбатан иммунитетни мустаҳкамлаш” учун ўтказилган тадбир
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00

O‘quvchilarning ruhini adolatsizlikdan ko‘p sindiradigan narsa yo‘q! Bu tanlovda hakamlar bolalarimizning ko‘z o‘ngida adolatsizlik qildi. Ma’naviyat-ma’rifat nomi bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar qimmati bir pul bo‘ldi”¸ deydi Ozodlik gaplashgan o‘qituvchilardan biri.

“Faxriy yorliqlarda g‘ij-g‘ij xato”

“Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi qatnashchilariga Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari D.Kenjayev imzosi bilan faxriy yorliq taqdim etilgan.

Bu yorliqlarning Ozodlikka yuborilgan ayrim nusxalarida imloviy xatolarning ko‘pligi ko‘zga tashlanadi.

(Bu xatolar o‘quvchi nomi va maktab manzilining yorliqning qo‘lda yozilgan qismida bo‘lgani bois¸ Ozodlik uni taqdim etganlar shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida suratlarni e’lon qilmayotir – tahr.)

Bitta faxriy yorliqda beshta xato! Mana vazirlikda qanday savodli odamlar o‘tiripti¸ mana bolalarimizning ijodiga qaysi saviyadagi odamlar hakamlik qilayapti! O‘ziga vazirlik tomonidan berilgan yorliqda shuncha xatoni ko‘rgan o‘quvchining ahvolini tasavvur qilavering! Bu hukumatda ishlash uchun o‘qish¸ savodli bo‘lish kerakmas¸ degan mujda bermaydimi?” deydi Ozodlikka o‘z hayratini yashira olmagan tanlov qatnashchilaridan birining ustozi.

“Yod g‘oyalar?”

Ozodlik 6 noyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi rasmiylaridan ko‘rik-tanlov yakunlariga nisbatan bildirilgan e’tirozlarga munosabat ola olmadi.

Vazirlikning Telegram kanaliga yuborilgan savollarga javob berilmadi.

Ayni kuni Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi” sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish orqali ularda yod g‘oyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etib kelinmoqda. Mazkur tanlov insho, tasviriy san’at hamda she’riyat yo‘nalishida tashkil etilib, tanlovning Respublika bosqichi joriy yilning 5 noyabrida o‘tkazildi”¸ deyiladi mazkur xabarda.

Unda yozilishicha¸ tanlov ishtirokchilari uchala yo‘nalishda ham asosiy e’tiborni “turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari, milliy istiqlol mafkurasi, o‘quvchi yoshlarning barkamol inson sifatida tarbiyalash bo‘yicha yaratilgan sharoitlar va bu borada olib borilayotgan islohotlarni yoritish”¸”ogohlik va hushyorlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish¸ diniy aqidaparastlik, mazkur illat oqibatlari aks ettirish”ga qaratgan.

O‘quvchilarning uchala yo‘nalishdagi “ijodi”ga ham¸ xabardan anglashilishicha¸ ularning badiiy ahamiyati emas¸ tashviqotni qanday uddalaganiga qarab baho berilgan.

Ozodlik o‘tgan oy jamoatchilikni prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 sentabr kuni 4437-sonli maxfiy qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirgan edi.

Maxfiy qarorda Xalq ta’limi vazirligiga berilgan aniq topshiriqlar ichida aynan “umumta’lim maktab o‘quvchilarida ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida” konkret tadbirlar o‘tkazish buyurilgan.

XS
SM
MD
LG