Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:22

MIBchilar o‘z boshlig‘ining og‘zi shaloqligidan arz qildi. Boshliq Ozodlik savolidan qochdi (VIDEO)


МИБ бошлиғи деб ишонилаётган амалдорнинг ўз ходимларини ҳақоратлаётгани яширин камерага тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:33 0:00

Samarqanddan kelgan videoda amaldor o‘z xodimlarini “hayvon, suka, b...d, j...b, iflos, p...z, k...t, chmo, q...q kabi shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qiladi va aksariyat xodimlarining k...t, nomard va j...b ekanligini aytadi.

Videoni Ozodlikka jo‘natganlarning iddaosicha, xodimlarini haqorat qilayotgan amaldor Payariq tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Zafar Qosimovdir.

Ozodlik suhbatlashgan MIB xodimlarining aytishicha, bu video 15 sentabr kuni suratga olingan.

Xodimlar har bir majlisda boshliqlari ularni shunday uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishidan shikoyat qildi.

MIB boshlig‘i Zafar Qosimov Ozodlik savollarini eshitgach, videoni unga yuborishni va shunga qarab javob berishini aytdi.

Telegram orqali videodan parcha olib ko‘rgan Zafar Qosimov Ozodlik qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, videodagi shaxs o‘zi ekanligini na tasdiqladi, na inkor qildi.

Ishdan haydalishidan cho‘chib ismi sir qolishini so‘ragan Payariq tumani MIB xodimlaridan birining iddao qilishicha, videoda boshliq Zafar Qosimov deb aytilayotgan shaxs xodimlarini aholidan kam pul undirib kelganligi uchun haqorat qiladi:

Hey, hayvon, chiqaringlar anavu hayvonni. Hey hayvon, o‘t mana bu yoqqa, og‘zingga q...m seni.


“Noshukr, ko‘rnamak, suka, b...d! Hey, hayvon, chiqaringlar anavu hayvonni. Hey hayvon, o‘t mana bu yoqqa, og‘zingga q...m seni. K...t, j...b, senga muhlat bersam, borib ishla desam, e yetti yuzi k...t, p...z, iflos, bl...d! Og‘zingga s...y!”

Shundan so‘ng MIB boshlig‘i deb iddao qilinayotgan shaxs o‘rinbosarlaridan biriga yuzlanib, haqoratni davom ettiradi:

He og‘ziga s...y bu p...z chyortni, iflosni, suka. G‘urur yo‘q, erkak emasda p...zlar...


“Ey, nazorat qilmaysizmi, imkon desa imkon berardim, p..z imkon bersam ham biror marta bir yarim million (so‘m) qilib kelmagan suka, b...d. Bir million qilib kel desa, yetti yuz qilib keladi, he og‘ziga s...y bu p...z chyortni, iflosni, suka. G‘urur yo‘q, erkak emasda p...zlar, .... kelaveradi, k...tga o‘xshab...”

Shundan so‘ng xodimlarini haqoratlayotgan boshliq navbatdagi xodimini ham so‘kib chiqarib yuboradi:

“Ey og‘zingga q...m, ey dol...b, chiq bu yoqqa, basharangga q...m, chmo, b...d”

Video oxirida Zafar Qosimov ekanligi iddao qilinayotgan shaxs barcha xodimlarini yoppasiga so‘kadi:

“Senlar yaxshilikni bilmaysan, b...d, yaxshilikni birortang bilmaysan b...d. Nomard, nomardlar. Ayrimlaring emas, ko‘plaring nomardsan! Nomard, k...tsanlar j...b. Sanlarga shuncha sharoit b...d, gazchini bersam, svetchini bersam b...d, ishlatmaysanmi q...q b...d, tushumingni qilmaysanmi?”

Ozodlik suhbatlashgan, ismi sir qolishini so‘ragan Payariq tumani MIB xodimining aytishicha, bu videodagi haqoratlar boshliqning birinchi so‘kinishi emas:

Bir qancha hamkasbimiz bu haqoratlarga chiday olmay ishini tashlab ketdi.


“Zafar Qosimov o‘tgan yilning dekabrida bizga boshliq bo‘lib kelgan edi. O‘shandan buyon bu odamning og‘zidan yaxshi gap chiqmaydi. Hamma majlisda ana shunday, seni falon qilaman, k...t, q...q, iflos degan gaplar. Bizga qanday qilib bo‘lmasin planni bajargin degan talab qo‘yadi. Aholining to‘lov qobiliyati bilan umuman hisoblashmaydi. Gazdan, svetdan qarzi borlarni urib so‘kib bo‘lsa ham qarzini undirib kelgin, deydi. Ba’zan plan bo‘ladi, ba’zan bo‘lmay qoladi. Bir qancha hamkasbimiz bu haqoratlarga chiday olmay ishini tashlab ketdi”

Ozodlik Zafar Qosimov bilan bog‘lanib, uning tasarrufida shunday video borligini aytib, unga videodagi haqoratli so‘zlarni o‘qib berdi.

Haqorat qilishini inkor qilmagan Zafar Qosimov videoni ko‘rib, keyin bunga munosabat bildirishga va’da berdi.

Zafar Qosimov o‘zining Telegram nomerini Ozodlikka taqdim qildi.

Ozodlik videoda Zafar Qosimov xodimlarini haqoratlayotgan joyidan bir parchani unga jo‘natdi.

Telegrammda “video ko‘rildi” degan belgi paydo bo‘lganidan 15 minut o‘tib, Ozodlik yana Zafar Qosimovning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qildi.

Ammo, bu qo‘ng‘iroqqa ham, keyingi qo‘ng‘iroqlarga ham Zafar Qosimov javob bermadi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining telefoni javob bermadi. MIB saytidagi telefon go‘shagini ko‘targan xodim, voqea tafsilotini eshitgach, Ozodlik telefonini yozib oldi va matbuot xizmati o‘zi qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Ammo Ozodlikka kun davomida MIBdan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi.

O‘zbekistonda MIB boshliqlarining o‘z xodimlarini tahqirlab, haqorat qilishi birinchi bor kuzatilayotgan hodisa emas.

Namangan viloyati Uychi tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i Sherali Mamarizayev qo‘l ostidagi xodimlarining onasini yoppasiga haqorat qilgani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng boshliq ishdan bo‘shatilgan edi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarkand viloyati Urgut tuman bo‘limi boshlig‘i Azamat Ashurov o‘z xodimlarini haqorat qilgani sababli tuman hokimligi tarafidan 2019 yilning 4 mart kuni ogohlantirgandi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i, podpolkovnik Sohibjon Hamidovning o‘z xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlayotgani va urayotgani iddao qilingan ikki audiofayl va bir video haqida Ozodlik 2018 yilning avgust oyida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG