Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:30

Otasi Rossiya¸ onasi Arab amirliklarida ishlab yurgan 15 yashar qiz o‘zini osdi


Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 4-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi uyi ayvonida osilgan holda topildi.

Hodisa 17 sentabr kuni Paxtachi tumanining "Istiqlol" mahallasida ro‘y berdi.

Yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ qizning otasi Rossiya¸ onasi esa Birlashgan Arab Amirliklariga ishlashga ketgan, qiz esa buvisinikida yashagan.

15 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilgani sabab va motivlari Ozodlikka ma’lum emas.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimining Ozodlikka aytishicha, tuman prokuraturasi qizning o‘limi yuzasidan dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.

Paxtachi tumanining Istiqlol mahallasidagi 4-son umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sh.Sh. o‘z joniga qasd qilgani haqida marhuma qo‘shnilaridan biri Ozodlikka 18 sentabr kuni xabar qildi:​

Qiz 70 yoshli buvisinikida yashar edi. Onasi uch yil avval qizini tashlab Dubayga ketib qolgan, otasi ham qayoqqadir ketgan.

- Qiz 70 yoshli buvisinikida yashar edi. Onasi uch yil avval qizini tashlab Dubayga ketib qolgan, otasi ham qayoqqadir ketgan. Oilada yagona farzand. 17 sentabr kuni buvisi kechki soat 6 larda uni uyi ayvoni to‘siniga osilgan holda ko‘rib qolayapti. Ertasi kuni ko‘mishdi, ota-onasi o‘z qizining janozasiga kelishga ulgurishmadi, - dedi marhumaning qo‘shnisi.

Ozodlik muxbiri Paxtachi tumanida yuz bergan fojia tafsilotlarini aniqlash uchun qiz o‘qigan 4 -son o‘rta maktabga qo‘ng‘iroq qildi.

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha mutasaddisi o‘quvchi qizning 17 sentabr kuni soat 12 gacha darsda bo‘lganini aytdi.

- 17 sentabr kuni ikki soat o‘qidi, keyin o‘zini yomon his qilayotganini aytib, ruxsat so‘rab uyiga ketgan. Keyin shunaqa bo‘lganini eshitdik. Hayronmiz nega bunday bo‘lganiga, juda aqlli qiz edi, - dedi maktab mas’uli.

Paxtachi tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi Ozodlikka o‘quvchi qiz o‘limi yuzasidan tuman prokuraturasi tergovoldi surishtiruvi olib borayotgani va tergov siri vajidan bu haqda ma’lumot berilmasligini aytdi.

Qizning ota-onasi mehnat muhojiratida ekani¸ uning buvisinikida yashab kelganini ichki ishlar bo‘limi xodimi ham tasdiqladi.

Yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ qizning otasi Rossiyada¸ onasi esa Birlashgan Arab Amirliklarida ishlab yurgan.

Endi nimaga osganini bilmaymizku, lekin ota-onasi yonida bo‘lsa shunaqa bo‘lmasmi edi, deb o‘ylayapmiz-da. Ota-onasi o‘z qizini janozasiga kelishga ham ulgurishmadi, kecha dafn qildik

- Qiz 12 yoshidan buvisi qaramog‘ida bo‘lib kelgan. Qiz bola ota-ona mehrini ko‘rmay o‘sdi. Iqtisodiy ahvoli yaxshi, ota-onasi pul jo‘natib turgan, lekin baribir ota-ona mehri yetishmagan. Endi nimaga osganini bilmaymizku, lekin ota-onasi yonida bo‘lsa shunaqa bo‘lmasmi edi, deb o‘ylayapmiz-da. Ota-onasi o‘z qizini janozasiga kelishga ham ulgurishmadi, kecha dafn qildik, - dedi o‘zini osgan qizning qarindoshi Ozodlikka.

Ozodlikka kelayotgan xabarlardan¸ O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish hollarining ko‘payib borayotgani ko‘riladi.

So‘nggi olti oy ichida Ozodlik yoshlarning o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq o‘ndan ortiq holat haqida xabar qildi.

Зоминлик она Шаҳодат Ҳайдарова қизининг ўз жонига қасд қилишида ўқитувчиларни айбламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:56 0:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 9 noyabr kuni Samarqand viloyat Xalq deputatlari kengashida qilgan chiqishida¸ viloyatdagi dolzarb muammolar qatorida ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish darajasining yuqoriligicha qolayotganini tilga olgan edi.

"Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari soni yil davomida emas, soat sayin oshayapti. Soat sayin! Qani Xotin-qizlar qo‘mitasining bu boradagi bir taklifi? Nega shunday bo‘lgani, bunga kim aybdorligi haqida bong urishi kerak", - degan edi Mirziyoyev.

2019 yil yanvaridan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib, unda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida dunyo bo‘yicha har 40 sekundda bir odamning o‘zini o‘ldirishi¸ 20 odamning esa o‘z joniga qasd qilishga urinishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG