Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:56

Saida Mirziyoeva: O‘qituvchilarni majburiy ishlatish - besh muammoning biri


Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 20 aprel kuni Bo‘kaga borib¸ otasining 5 tashabbusi bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishganini bildirgan edi.
Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 20 aprel kuni Bo‘kaga borib¸ otasining 5 tashabbusi bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishganini bildirgan edi.

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Shavkatovna Mirziyoeva 16 may kuni Facebook sahifasida qilgan bayonotida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini "barkamol avlodni tarbiyalashda eng ko‘p tashvishga solayotgan besh muammoning biri" sifatida tilga oldi.

Ayni paytda Farg‘onadagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internati o‘qituvchi va tarbiyachilari ishdan keyin navbatchilik qilishga majburlanayotganliklari haqida Ozodlikka arz qildi.

Internat direktori o‘qituvchilarning ishdan tashqari navbatchilikka qo‘yilganini tasdiqlar ekan, "bu tadbir mutlaqo ixtiyoriy tarzda" amalga oshirilayotganini aytdi.

Farg‘ona shahrida yagona bo‘lgan Ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatining ismi ochiqlanmasligini istagan o‘qituvchisi 16 may kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘zi va hamkasblari har kuni 8 soatdan ishlab, ishdan keyin navbatchilik qilishga majburlanayotganliklarini aytdi:

"Bizda ish vaqti mehnat shartnomasi bo‘yicha soat 8 dan 14 gacha. Lekin, direktorimiz hammani ishdan keyin kechki 6 gacha navbatchilik qilishga majburlayapti. Bu esa ish samaradorligiga ta’sir qilyapti, o‘qituvchi 10 soatlab ishlatilganidan keyin charchab, yaxshi dars berolmaydi, darsga tayyorlanishga vaqti qolmayapti. Qo‘shimcha navbatchilik uchun hech qanday qo‘shimcha ish haqi ham to‘lanmaydi va kunduzgi ish vaqtidan ham ozod qilinmaydi. Unday bo‘ladigan bo‘lsa, maktabda qorovullik shtati nega kerak?

Ishdan keyin navbatchilikka majburlash bo‘layotganini internatning boshqa o‘qituvchi, tarbiyachi va hamshiralari ham tasdiqladi. Ulardan biri bunday dedi:

"Ro‘yxat tuzildi, rahbarimiz "hamma navbatchilik qiladi", dedi. Kimdir haftasiga bir marta, bolasi yo‘qlar - ikki marta. Kuniga ikkitadan o‘qituvchi navbatchilikka qolpyati. Hech kim e’tiroz bildirolmadi, chunki ishdan bo‘shatadi".

Navbatchilikka qolgan o‘qituvchi internat qorovulxonasida kelganlarni ro‘yxatga olib o‘tiradi, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beradi.

Farg‘ona shahrida joylashgan ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida tuzilgan navbatchilar ro‘yxati.
Farg‘ona shahrida joylashgan ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida tuzilgan navbatchilar ro‘yxati.

Maktab-internati direktori Fahriddin Abdukarimov 16 may kuni Ozodlik bilan suhbatda bilim maskanida navbatchilik tashkillashtirilganini tan oldi, lekin bu majburiy emasligini aytdi:

“O‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan kelishilgan xolda bu navbatchilik tashkillashtirildi. Biz buni ko‘zi ojiz bolalar xavfsizligini o‘ylab, ko‘ngilli ravishda uyushtirdik. Men 15 kun bo‘ldi bu internatga rahbar bo‘lganimga. So‘nggi ikki yil ichida to‘rtta rahbar almashgan. Oldinlari tartib bo‘lmagan, hamma kirib ketavergan. Buni biz ko‘zi ojiz bolalarni o‘ylab qilyapmiz. Agar bu o‘qituvchilarga yoqmayotgan bo‘lsa qo‘ymaymiz. Lekin, bu bo‘yicha majlis o‘tkazganimda hech kim e’tiroz bildirmagan edi”.

Ishdan keyin navbatchilikka qo‘yilgan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq beriladimi, degan savolga Abdukarimov shunday javob berdi:

"O‘qituvchilar 8 soat, tarbiyachilar 5 soat ishlashi kerak. Lekin, ortiqcha soat ishlagan bo‘lsa qo‘shimcha haq beriladi. Hozir kasaba-uyushmalari bilan kelishib boshqa imtiyozlar berishni o‘ylayapmiz".

Lekin, maktab-internatining Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan xodimlari shu paytgacha qo‘shimcha vaqt ishlaganliklari uchun qo‘shimcha maosh olmaganliklarini aytishdi.

Bundan oldin Farg‘ona shahridagi Ko‘zi ojizlar maktab-internati xodimlari ishdan tashqari obodonlashtirish ishlariga jalb etilganliklari haqida ham Ozodlikka shikoyat qilishgandi.

29 aprel kuni Farg‘ona viloyati Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqida maqola e’lon qilingach, hamshiralardan biri Ozodlikka xabar berganlikda ayblanib, ishdan haydalish tahdid va bosimlari qarshisida qolgan.

Ammo Fahriddin Abdukarimov bu iddaolarni rad qildi:

"Bunaqa xolat umuman bo‘lmagan. Bizda hech kim majburlanmaydi. Bir-ikki o‘qituvchini o‘ylab topgan nayrangi bu".

"Navbatchilik daftari"da yozilishicha, har bir o‘qituvchi haftasiga ikki kun navbatchilik qiladi
"Navbatchilik daftari"da yozilishicha, har bir o‘qituvchi haftasiga ikki kun navbatchilik qiladi

O‘qituvchilarni ishdan tashqari navbatchilikka qoldirish O‘zbekiston maktab va bog‘chalarida uchrab turadi.

O‘tgan oy Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 35-umumiy ta’lim o‘rta maktabining o‘qituvchisidan kelgan maktubda, ularning maktabda tungi navbatchilikka majburlanayotgani haqida yoziladi:

"Prezident va Bosh vazirning gaplaridan keyin ham o‘qituvchi maktabda tungi navbatchilikda turishi mumkinmi? Buning uchun hech qanday qo‘shimcha ish haqi to‘lanmaydi va kunduzgi ish vaqtidan ham ozod qilinmaydi. Kechqurun soat 6 dan ertalab soat 7 gacha uxlamasdan tungi postda turgan o‘qituvchi soat 8 dan boshlanadigan ish vaqtiga ulguradimi? Tunda uxlolmagan ustoz qanday qilib o‘quvchilarga yaxshi bilim bera olishi mumkin?", deb yozadi o‘qituvchilardan biri.

Majburiy mehnat

O‘zbekiston prezidentining O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan qizi Saida Mirziyoeva 16 may kuni Facebook sahifasida qilgan bayonotida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini barkamol avlodni tarbiyalashda eng ko‘p tashvishga solayotgan besh muammoning biri sifatida tilga oldi.

O‘zbekiston Mehnat kodeksining 124-moddasiga ko‘ra, xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash - ish vaqtidan tashqari ish, deb hisoblanadi.

Ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishga faqat xodimning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat kodeksining 157-moddasiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi lozim.

"Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin.

Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanishi lozim", - deyiladi O‘zbekiston Mehnat kodeksida.

XS
SM
MD
LG