Линклар

Шошилинч хабар
24 май 2019, Тошкент вақти: 05:49

Angrenda 16 yashar qiz 62 yoshli "tillochi" ayolni pichoqlab o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda


Tillochi ayolga urilgan pichoq uning xovlisidan topildi. (Suratni Ijtimoiy tarmoqlarda angrenlik foydalanuvchilar e’lon qildi)

Toshkent viloyatining Angren shahrida xalq orasida “Bibisora Tillochi” deb nom chiqargan 62 yoshli tadbirkor ayol 13 may kuni o‘z uyida chavaqlab o‘ldirildi. Qotillikda gumonlanib Angrendagi maktablardan birining 10-sinfida o‘qiydigan qiz qo‘lga olindi.

Angren shahar Ichki ishlar bo‘limi qotillikda gumonlanib 16 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingani, shahar prokuraturasi tergov olib borayotganini bildirdi. Huquq-tartibot organlari jinoyat motivlari to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bermadi.

Marhumaning voqeadan xabardor qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, qotillik o‘ldirilgan ayolning uyida bo‘lgan.

"13 may kuni tushdan keyin bo‘ldi bu. Haligi qiz pichoq urib badanini ilma-teshik qilib tashlagan. Saksonta joyiga pichoq urgan deyishdi. Lekin, tillolariga tegmagan. Pichoqlash ayolning 7 yoshli nevarasini ko‘z oldida bo‘lgan. Bola shokda, ruhshunoslar bolaga yordam ko‘rsatishdi".

Marhumning qo‘shnilari qotil tillochi ayolning zargarlik buyumlariga tegmaganini aytishmoqda.
Marhumning qo‘shnilari qotil tillochi ayolning zargarlik buyumlariga tegmaganini aytishmoqda.

Qotillikda gumonlanib hibsga olingan qiz o‘qiydigan Angrendagi maktab (qaysi maktabligi Ozodlikka ma’lum) o‘qituvchisi Ozodlik bilan suhbatda o‘z o‘quvchisining qotillikda ayblanayotganidan shokda ekanini aytdi:

"A’lochi qizlardan edi. Fan olipiadalarida qatnashgan. To‘g‘risi, bu xabar biz uchun shok bo‘ldi. Ishongimiz kelmayapti."

Qotillikda gumonlanayotgan qiz qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, ota-onasi Rossiyaga ishlagani ketgani sabab u buvisinikida yashagan:

"Buvisi bilan yashagan. Ota-onasi Rossiyada. Lekin, odobli qiz ekanini bilamiz".

Pichoqlangan “Bibisora Tillochi”ni yaxshi biladiganlarning iddao qilishicha, u zargarlik bilan birga "sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan".

Angrenliklardan birining Ozodlikka iddao qilishicha, “Bibisora Tillochi” foizga pul olib, odamlar pulini yillar davomida qaytarmagan xollari bo‘lgan.

"Qizni tillochi ayol bilan oldi-berdisi bo‘lganmi, bilmayman, lekin u ayol odamlarga foizga pul berish berish bilan shug‘​ullangan, foizi bilan qaytaraman deb, pul olib kelgan, qaytarmagan holatlari ham bo‘lgan".

Angren shahar Ichki ishlar bo‘limi qotillikda gumonlanib 16 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingani, shahar prokuraturasi tergov olib borayotganini bildirdi.

"Bu bo‘yicha tergov olib borilyapti, prokuraturadan olishingiz mumkin".

O‘zbekistonda odamlardan foizga pul olib pul berish bilan shug‘ullanadiganlar uchrab turadi.​

Pul oldi-berdisi yuridik hujjatlarsiz amalga oshirilishi oqibatida tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi va ba’zi xollarda bunday kelishmovchilik fojeali yakun topadi.

O‘tgan yil oktabr oyida Surxondaryoning Qiziriq tumanida xalq orasida “Zilola Tillochi” deb nom chiqargan 36 yoshli tadbirkor Zilola Xudoymurodova chavaqlab, o‘ldirib ketilgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Qotillikda gumonlanib tillochi ayolning doimiy mijozi bo‘lgan homilador ayol qo‘lga olindi.

Qornida to‘rt oylik xomilasi bor MB ismli ayol “Zilola Tillochi”ni tilla taqinchoqlari va pullarini o‘g‘irlash maqsadida jinoyatga qo‘l urgani targov davomida aniqlangan edi.

XS
SM
MD
LG