Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:15

QQS mashmashasi: Supermarket haridorlari ham bozordan savdo qilishni afzal bilayapti


O‘zbekiston bozorlari
O‘zbekiston bozorlari

O‘zbekistonda 1 yanvardan yangi soliq tizimi (QQS) ishga tushishi ortidan supermarket yoki mini-market haridorlari ham oziq-ovqatni dehqon bozorlaridan harid qilishga o‘tgan. QQS joriy qilinishi sabab do‘kon peshtaxtalarining bo‘shab qolgani va mahsulotlar narxi oshgani kuzatilayapti.

Internetdagi Potrebitel.uz tarmog‘i o‘zbekistonlik iste’molchilar orasida o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra, respondentlarning 52 foizi supermarketlardan oziq-ovqat harid qilishni to‘xtatib, bozorga o‘tib ketganliklarini bildirishgan.​

So‘rovda qatnashganlarning 37 foizi ham bozor, ham supermarketdan harid qilayotganini aytgan.

To‘rt yuz nafar respondentning 11 foizi esa oziq-ovqatni hamon supermarketlardan harid qilayotganliklarini ta’kidlagan.​

Respondentlarning 52 foizi supermarketlardan oziq-ovqat harid qilishni to‘xtatib, bozorga o‘tib ketganliklarini bildirishgan.​
Respondentlarning 52 foizi supermarketlardan oziq-ovqat harid qilishni to‘xtatib, bozorga o‘tib ketganliklarini bildirishgan.​

Ozodlik suhbatlashgan Potrebitel. uz guruhi mutaxassisiga ko‘ra, haridorlarning supermarketlardan yuz o‘girib, dehqon bozorlariga o‘tib ketishining asosiy sababi yanvar oyidan qo‘shimcha qiymat solig‘i - QQSning yangi tartibi joriy etilgani va do‘konlarda maxsulot kamayib ketgani bilan bog‘liq.

- Birinchidan yangi soliq tizimi joriy etilganidan so‘ng haridorlar o‘zlari xohlagan maxsulotni supermarketlardan topa olmayapti. Ularni bozordan izlashga majbur bo‘lyapti. Oldin masalan do‘kon peshtaxtalarida sutning 10ta turi bo‘lgan bo‘lsa, hozir ikki-uch turi qolgan. Maxsulot yetkazib beruvchilar narx masalasida kelisha olmay, ularni do‘konlarga berishni to‘xtatib qo‘ygan. Oqibatda supermarket peshtaxtalari bo‘shab qolyapti, bozorlarda esa maxsulot avvalgiday serob. Ikkinchi sabab harid qilinadigan mahsulotlarning narxlari tarkibida soliqlar borligi, QQS miqdori hamda ustamalarning cheklarda paydo bo‘lishi haridorlarni cho‘chitib yuboryapti. "Nega ustama to‘lashim kerak", deya ko‘pchilik o‘zini bozorga urmoqda,- deydi Potrebitel.uz mutaxassisi.

So‘nggi yillar O‘zbekistonning nafaqat yirik shaharlarida, balki tuman markazlarida ham supermarketlardan oziq-ovqat harid qilish oddiy xolga aylangandi.

- So‘nggi paytda supermarketlardan savdo qiluvchilar ko‘paygandi. Chunki, bozorda tarozidan urib qoluvchilar bor. Supermarketlar mahsulot sifatiga kafolat beradi. Lekin, yanvar oyi boshidan joriy etilgan soliq tizimidagi o‘zgarishlar sabab hamma narsa alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Hozir eng xos haridorlar ham dehqon bozoridan harid qilishni boshlagan, - deydi Potrebitel.uz mutaxassisi.

O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoev 2018 yil iyunida imzolagan "O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida"gi farmoniga binoan 2019 yil 1 yanvardan boshlab, yillik oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lay boshladi.

Ozodlik 18 yanvar kuni O‘zbekistondagi supermarketlardan narx-navo oshib, do‘kon peshtaxtalaridan ba’zi mahsulotlar g‘oyib bo‘lgani haqda xabar bergan edi.

Andijondagi "Korzinka" do‘koni.
Andijondagi "Korzinka" do‘koni.

Ijtimoiy tarmoqda qo‘yilgan suratlarda¸ xususan¸ "Korzinka" tarmog‘i do‘konlari peshtaxtalarining bo‘shab qolgani ko‘riladi.

Toshkentdagi Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupov Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston hukumatining shoshma-shosharlik bilan QQS yangi tartibini joriy etishi ortidan bozorda shok holati yuzaga kelganini aytadi:

- Afsuski, hukumatning aybi deb QQSning yangi tartibiga o‘tishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmadi. Bu bozordagi alg‘ov-dalg‘ovga sabab bo‘lmoqda. Ishlab chiqaruvchilar soliq yuki ortganidan so‘ng nima qilishni bilmayapti. Biznes shok holatida hozir. Do‘konlarda ayrim tovarlar yo‘qolgan. Meni o‘zim ham do‘konga boraman, peshtaxtalar bo‘shab qolgan deya olmaymanu, ayrim mahsulotlar yo‘qolgan. Sababi do‘kon yoki do‘konlar tarmog‘i mahsulot etkazib beruvchilar bilan yangi joriy etilgan soliq shartlarini kelishilmagan. Ishlab chiqaruvchilar soliq oshganidan so‘ng narxlarni oshirgan, bunday narxga do‘kon egalari rozi bo‘lmayapti, so‘zlashuvlar ketayapti, - deydi Yuliy Yusupov.

Soliq mutaxasislariga ko‘ra, QQS- bilvosita soliq hisoblanib, QQS summasi mahsulot qiymatiga kiritiladi va shu bois uning haqiqiy to‘lovchisi mahsulot ishlab chiqaruvchi emas, balki shu mahsulotning oxirgi iste’molchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston hukumati QQSga byudjetni to‘ldirishning asosiy manbasi sifatida qaramoqda. O‘zbekistonning 2019 yil uchun belgilangan davlat byudjeti parametrlarida QQSning ulushi 35 foiz qilib belgilangan.

XS
SM
MD
LG