Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:41

Tergovchilar: MH17ni Ukrainada Rossiya zenit brigadasiniing BUK raketasi urib tushirgan


BUK-332 raketasi. 2014 yil, 17 iyulda Donetskda olingan surat.
BUK-332 raketasi. 2014 yil, 17 iyulda Donetskda olingan surat.

2014 yili MH17-reysi bilan parvoz qilayotgan uchoqni Ukraina ustida urib tushirgan BUK raketasini Rossiyaning 53-zenit brigadasi uchirgan.

Bu haqda payshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Niderlandiyaliklar boshchiligidagi Qo‘shma tergov guruhi (JIT)​ bayonot berdi.

Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina hukumat idoralari vakitllaridan tarkib topgan Qo‘shma tergov guruhi (JIT) matbuot anjumanini 24 may kuni Niderlandiyaning Ulrext shahrida o‘tkazdi.

MH17-reysi bilan uchgan samolyot 2014 yil 17 iyul kuni Ukrainaning Donetsk viloyatidagi mojaroli hududda urib tushirilgan va 298 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Qarorgohi Britaniyada joylashgan va ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni tergov qiladigan mutaxassislardan iborat Bellingcat tashkiloti 53-zenit brigadasini ehtimoliy raketa manbasi sifatida aniqladi. Tergovchilar uchoqni o‘sha raketa urib tushirganini aytmoqda.

Rossiya Ukrainaning ichki ishlariga aralashayotganini inkor qilib keladi. Vaholanki, Kievga qarshi kurashayotgan ayirmachilarga Moskva harbiy, iqtisodiy va siyosiy yordam berayotgani xususida rad qilib bo‘lmaydigan isbotlar mavjud. Rossiya ham, ayirmachilar ham MH17 uchog‘ini urib tushirganini rad etmoqda. Bu ham yetmaganday, ushbu fojiani asoslash uchun bir qancha farazlarni ilgari surmoqda, ammo tergovchilar ularning hech biri kurakda turmasligini isbotlab berdi.

JIT 2016 yili Malayziyaga qarashli uchoq ayirmachilar nazoratidagi Donetsk viloyatida Rossiya harbiylari bergan BUK zenit tizimi bilan urib tushirilganini aniqlagan edi. Uning hisobotida aytilishicha, BUK tizimi Ukrainaga Krasnodon yaqinidan olib kirilgan, uchoq urib tushirilishi bilanoq tez orada maxfiy tarzda Rossiya hududiga olib o‘tilgan.

25 may kuni Bellingcat Haaga shahrida matbuot konferensiyasi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Unda tergov bo‘yicha yangi hisobot tayyorlashga kirishilishi e’lon qilinadi.

Rossiyaning The Insider vebsayti bilan birga o‘tkazilgan va dekabr oyida e’lon qilingan Bellingcat tergoviga ko‘ra, uchoqni urib tushirishga daxldor yuqori lavozimli rus generali aniqlangan.

Bellingcat tergov guruhi ochiq manbalarda mavjud audio va vizual ma’lumotlarni tahlil qilish uchun murakkab raqamli vositalardan foydalanadi. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarda “Delfin” laqabi bilan qayd etilgan kishi ayni paytda pensiyadagi rus general-polkovnigi Nikolay Tkachyov bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. U bugungi kunda Rossiyaning Markaziy harbiy okrugida bosh nazoratchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tkachyov “Delfin” laqabi bilan ish ko‘rganini ham, 2014 yili Ukrainaga borganini ham rad etmoqda

XS
SM
MD
LG