Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:20

"Toshkent-non" raisi buxanka taqchillashganini svet o‘chishi va remont bilan izohladi


Ozodlikka murojaat qilgan toshkentliklarga ko‘ra¸ poytaxtning ayrim tumanlari do‘konlarida buxanka non taqchillashgan. “Toshkent-non” uyushmasi rahbari ayrim non zavodlarida svet o‘chganligi yoki remont ishlari olib borilayotgani sababli, buxanka chiqarish kamaygan bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi¸ ammo muammo ko‘lami katta emasligini ta’kidladi.

"Тошкент-нон" раиси буханка тақчиллашганини свет ўчиши ва ремонт билан изоҳлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka Toshkent shahrining Qo‘yliq mavzesidan murojaat qilgan shaharliklardan biri do‘konlarda buxanka non tushga bormay tugab qolayotgani haqida yozdi:

“Kecha 29 noyabr kuni, soat 12 dan keyin Qo‘yliq bozorida buxanka non qolmadi. Bozorning atrofidagi do‘konlarda ham yo‘q. Bugunam shu ahvol. Hamma nonning narxi oshadi, shunga yo‘q ekan, deb aytayapti”, deb yozdi shaharliklardan biri.

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yashaydigan shaharliklardan biri ham do‘kondan buxanka non topa olmayotganini aytdi:

- Uch-to‘rt kundan buyon bo‘lka non kamayib ketdi, juda kam. Mana hozir ham magazinga chiqsam 30-40 ta non kepti. Odatda, bizning do‘kon 200-250 ta non olardi. Sotuvchi har bir odamga “ikkitadan olinglar, hammaga yetmaydi”, deyapti. Bizlardan sal naridagi Qo‘yliq bozorida kamida besh-oltita non do‘koni bor. Borsam, hammasiga non yo‘q, deb yozib qo‘yibdi. Ertadan oylik-pensiyalar oshadiku, do‘konchilar ham, shuning uchun kam kelayotgan bo‘lsa kerak, deyishyapti. To‘g‘ri har safar oyliklar oshishidan oldin non taqchil bo‘lib qoladi, deydi shaharliklardan biri.

Bu suhbatdoshning aytishicha, kam ta’minlangan oilalarning bozordagi yopgan nonni sotib olishga qurbi etmaydi:

- Shayxontohur tumanidagi qarindoshlarimga telefon qilib so‘rasam, ular ham soat 8-9 dan keyin buxanka non tugab qolayapti, deyishayapti. Bizga o‘xshagan kambag‘al oilalarning bozordan non sotib olishga qurbimiz yetmaydi. Yopgan nonning eng arzoni 1000 so‘mda, bo‘lmasa 1500. Bizning oilaga bir kunda to‘rt buxanka olamiz. Yopgan nondan o‘nta olsak ham yetmaydi, bizga. Buxankaning narxi esa arzon, 650 so‘m, deydi toshkentliklardan biri.

Toshkentning Al-Xorazmiy mavzesidagi do‘konlardan birining ismi sir qolishini so‘ragan sotuvchisi buxanka nonning normadagidan ikki baravar kam kelayotganini tasdiqladi.

“Har kuni ikki mahal buxanka olardik. Mana besh kun bo‘ldi¸ goh bir marta olib kelishadi, goh shu ham yo‘q. Sababini so‘rasak, bilmaymiz deyishadi”, dedi sotuvchi.

Bektemir tumanida yashaydigan Abror 30 noyabr kuni Ozodlikka bunday deb yozdi:

"Bir haftadan beri non kam kevotti. Ishonmasangiz kelib so‘rang. Bektemir tumanidagi Binokor mahallasidagi magazin. Odamlarga non yetmay qolayapti, bozordan qimmatga yopgan non sotib olishga majbur bo‘lishayapti".

Ozodlik suhbatlashgan shahar markazi va Yashnobod tumanida yashaydigan toshkentliklar o‘z atroflaridagi do‘konlarda buxanka non yetarli ekanini bildirdi.

Toshkentning ayrim tumanlarida buxanka nonning taqchil bo‘lib qolganligi sababini bilish maqsadida Ozodlik bog‘langan “Toshkent-non” uyushmasi raisi Maqsud Qosimov non narxi oshishi mumkinligini inkor qilar ekan, buxanka taqchilligi sababini oydinlashtirmadi:

- Hech qanaqa, non qimmat bo‘lmaydi. Hammasi joyida, hamma korxonalarga un yetarli. Problema yo‘q. Tortilib qolgani sababi, zavodlar buzilgan, avariya bo‘lgan, temir-tersak bo‘lganidan keyin uni remont qiladi. Bizlar bugun komissiya bo‘lib TTZni, Severniy vostokni, Mirzo Ulug‘bek tomonni aylandik, hamma joyda non yetarli, vahimaga asos yo‘q, dedi "Toshkent-non" uyushmasi raisi.

Ayni paytda¸ Maqsud Qosimov Toshkentdagi qaysi non zavodlarida texnik muammolar bilan ishlab chiqarish to‘xtab qolganiga aniqlik kiritmadi.

"Toshkent-non" uyushmasi poytaxtdagi eng asosiy non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonadir. Unga biriktirilgan 40 dan ortiq zavodda har kuni 500-550 tonna un qayta ishlanib, turli xildagi non mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Narxi davlat tomonidan belgilangan buxanka nonni "Toshkent-non" uyushmasiga qarashli korxonalargina ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda so‘nggi bor buxanka nonning narxi 2014 yilning 15 sentabrida oshirilgan edi. O‘shanda bu nonning narxi 600 so‘mdan 650 so‘mga ko‘tarilgandi.

O‘zbekistonda 1 dekabrdan boshlab oylik, ish haqi va pensiyalarning oshishi ortidan buxanka nonning narxi ko‘tarilishi ehtimoli borligi aholida xavotir uyg‘otmoqda.

XS
SM
MD
LG