Линклар

Шошилинч хабар
24 август 2025, Тошкент вақти: 20:26

Soliq tizimida ommaviy qisqartish - bir haftada mingdan ziyod xodim ishdan bo‘shatildi


So‘nggi bir hafta ichida O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining mingdan ziyod xodimi o‘z ishidan ajradi. Qo‘mitaning Ozodlik gaplashgan ayrim mulozimlari¸ yaqinlargacha kamida 15 mingni tashkil qilgan soliqchilar sonining yaqin haftalarda teng yarmiga qisqartirilishi mumkinligini bildirdi.

Ozodlik bilan shaxsi sir qolish sharti bilan gaplashgan Soliq qo‘mitasi mulozimlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida qo‘mita markaziy apparatining 34 nafar, hududiy bo‘limlarning esa mingdan ziyod xodimi “o‘z arizasiga binaon” vazifasidan chetlatilgan.

"Markaziy apparatda 34 kishi, joylarda hammasi bo‘lib 1165 inspektor va rahbar xodimlar qisqartirishga tushdi"¸ dedi Davlat soliq qo‘mitasining Ozodlik bilan 15 avgust kuni mikrofonsiz suhbatlashgan mulozimi.

Soliq tizimidagi ushbu qisqartishlar¸ rasmiylarga ko‘ra¸ O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

1 avgust kuni imzolangan mazkur qarorga ko‘ra¸ soliq xizmati jami xodimlari soni 12 131 nafar, markaziy apparat boshqaruvidagilar soni esa¸ 263 nafar etib belgilandi.

O‘zbekiston soliq qo‘mitasi tizimida bu qarorga qadar qancha xodim ishlaganiga oid rasmiy ma’lumot yo‘q. Ozodlik gaplashgan qo‘mita mulozimlari¸ bu raqamning kamida 15 mingni tashkil etganini taxmin qildilar.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqaruviga yaqin mulozimning Ozodlikka aytishicha, prezident qarorini ijro etish jarayonida xodimlar soni teng yarmiga qisqartirilishi mumkin.

"Hozir talablar kuchaytirlyapti. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish boshlangan. Talabga javob bermaydiganlar ketadi. Teng yarmiga qisqartirilishi haqida gap-so‘zlar bor. Markaziy apparatda 293 xodim ishlagan bo‘lsa¸ hozir 258 taga qisqardi, hududiy bo‘limlarda ham qisqartishlar bo‘layapti, yana bo‘ladi, - dedi Davlat soliq qo‘mitasining o‘z shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozimi.

Soliq tizimidan bo‘shatilgan xodimlarning keyingi taqdiri nima bo‘lishi haqda aniq ma’lumot aytilmayapti.

Ozodlikning soliq tizimidagi manbalardan birining aytishicha, bo‘shatilgan xodimlarning ayrimlari qo‘mita tarkibida yangi ochiladigan bo‘limlarga jo‘natilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yilning 12 iyulda o‘tkazilgan videoselektorda soliq tizimi xodimlarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishlari va asossiz tekshiruvlar o‘tkazishini tanqid qilar ekan¸ yaqin fursatda O‘zbekiston soliq tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini aytgan edi.

Ayni mao‘lisda Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev bu holatni tan olib, tekshiruvlar tadbirkorlikning rivojlanishiga haqiqatdan to‘sqinlik qilishini aytgan edi.

Soliq qo‘mitasi rahbari bu kabi tekshiruvlarga chek qo‘yilishi, qonunga amal qilmaganlarga nisbatan chora ko‘rilishi, tadbirkorlar esa qo‘llab-quvvatlanishiga va’da bergan edi.

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasiga 2004 yildan buyon general-leytenant Botir Parpiev rahbarlik qilib keladi.

71 yashar Botir Parpiev O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga 1995 yildan beri uzluksiz raislik qilib kelayotgan mamlakatdagi eng qudratli general - Rustam Inoyatovning qudasidir.

XS
SM
MD
LG