Емайл: bobomatovu@rferl.org
Rossiya parlamenti xorijliklarga taksichilik bilan shug‘ullanishni taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonunda xorij haydovchilik guvohnomalariga ega Rossiya grajdanlariga ham avtomobil boshqarish taqiqlanishi mumkin.
Россия парламенти хорижликларга таксичилик билан шуғулланишни тақиқловчи қонун лойиҳаси устида ишламоқда. Шунингдек, Ички ишлар вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган янги қонунда хориж ҳайдовчилик гувоҳномаларига эга Россия гражданларига ҳам автомобил бошқариш тақиқланиши мумкин.
Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik 25 yashar Zuhriddin Bo‘riev 23 yilga qattiq rejimli koloniyada jazo o‘tashga mahkum etildi. O‘zbek muhojiri o‘tgan yilning sentabrida 60 yashar mahalliy ayolni zo‘rlab, o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.
Ленинград вилоятида ўзбекистонлик 25 яшар Зуҳриддин Бўриев 23 йилга қаттиқ режимли колонияда жазо ўташга маҳкум этилди. Ўзбек муҳожири ўтган йилнинг сентябрида 60 яшар маҳаллий аёлни зўрлаб, ўлдирганликда айбдор деб топилди.
Rossiyada noqonuniy yashab kelayotgani ma’lum bo‘lgan 28 yoshli bu ayolning eri O‘zbekistonda yana uchta farzandi katta bo‘layotgani va xotinining go‘dakni sotishga uringanidan xabari bo‘lmaganini tergovchilarga aytgan.
Россияда ноқонуний яшаб келаётгани маълум бўлган 28 ёшли бу аёлнинг эри Ўзбекистонда яна учта фарзанди катта бўлаётгани ва хотинининг гўдакни сотишга уринганидан хабари бўлмаганини терговчиларга айтган.
11 sentabr kuni “Memorial” Inson huquqlari himoyachisi, huquq faoli Bahrom Hamroev ustidan sud jarayoni boshlandi.
11 сентябр куни “Мемориал” Инсон ҳуқуқлари ҳимоячиси, ҳуқуқ фаоли Баҳром Ҳамроев устидан суд жараёни бошланди.
Alisher Usmonovning “MegaFon” va USM Holdings kompaniyalari Alibaba Group, RFPI jamg‘armasi bilan hamkorlikda Rossiyada ulkan Internet magazin yaratishga kirishishini RBKga bildirdi. Kuzatuvchilar yangi qo‘shma korxona “Yandeks.Market” va Sberbankning Internet bozoridagi yakka hokimligiga chek qo‘yishi mumkinligini aytmoqda.
Алишер Усмоновнинг “МегаФон” ва USM Holdings компаниялари Alibaba Group, РФПИ жамғармаси билан ҳамкорликда Россияда улкан Интернет магазин яратишга киришишини РБКга билдирди. Кузатувчилар янги қўшма корхона “Яндекс.Маркет” ва Сбербанкнинг Интернет бозоридаги якка ҳокимлигига чек қўйиши мумкинлигини айтмоқда.
Moskvaning Kuzminskiy tuman sudi asli qirg‘izistonlik 20 yashar taksichi Bekjan Sarbishevni 8 noyabrga qadar hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Rossiya grajdanligini olgan Bekjan 9 sentabr kuni tongda 11 kishini o‘z mashinasida qasddan bosib ketganlikda ayblanmoqda.
Москванинг Кузминский туман суди асли қирғизистонлик 20 яшар таксичи Бекжан Сарбишевни 8 ноябрга қадар ҳибсга олиш тўғрисида қарор чиқарди. Россия гражданлигини олган Бекжан 9 сентябр куни тонгда 11 кишини ўз машинасида қасддан босиб кетганликда айбланмоқда.
2019 yildan boshlab Rossiya qurilishda ishlovchi xorij migrantlariga kvotalashtizimini joriy etadi. Bu haqda e’lon qilgan bosh vazir muovini Tatyana Golikova quruvchi muhojirlar soni umumiy hisobdan 80 foizdan oshmasligi belgilanadi.
Давомини ўқинг