AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Ozodlik radiosining “Grin kard” lotereyasi bilan bog‘liq prezident Trampning bayonoti ortidan so‘roviga javoban, bu masalada hech qanday o‘zgarish yo‘qligini ma’lum qildi.
Sayfullo Soipov Nyu-York shahri ko‘chasida odamlarning ustiga yuk mashinasini haydab, 8 kishining umriga zomin bo‘ldi hamda terror amaliyoti sodir etib, O‘zbekistonni jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida yomonotliq qildi.
Qozog‘istonning Bishkekdagi elchixonasi oldida 3 noyabr kuni o‘tkazilgan piketga qatnashgan 40 qa yaqin kishi 5 noyabrga qadar qozoq tomoni chegarani ochmaydigan bo‘lsa va YeOII talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, u holda QR rahbariyatiga murojaat qilib YeOIIdan chiqish talabini qo‘yishga majbur bo‘lishlarini aytishdi. Ayni paytda Ostona Bishkek talablarni bajarmasa, chegaradagi vaziyat yumshamasligini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Soipovga o‘lim jazosi berish taklifini olg‘a surishda davom etmoqda. Lekin Prezidentning bu taklifi aks ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda amerikalik huquqshunoslar. Ayni paytda Tramp Nyu-Yorkda 31 oktabr kuni terror harakatini sodir etgan O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Soipovni Kubadagi Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natish fikridan voz kechdi.
"Yevrosement" kompaniyasi Toshkent viloyatidagi "Ohangaronsement" shirkati bazasida loyiha qiymati 160 million dollarlik zavod qurilishiga sarmoya yotqizadi, deb xabar qildi RIA Novosti "Yevrosement grup" matbuot xizmatiga tayanib. Yiliga "quruq usulda" 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavod 2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
АҚШнинг Ўзбекистондаги элчихонаси Озодлик радиосининг “Грин кард” лотереяси билан боғлиқ президент Трампнинг баёноти ортидан сўровига жавобан, бу масалада ҳеч қандай ўзгариш йўқлигини маълум қилди.
Сайфулло Соипов Нью-Йорк шаҳри кўчасида одамларнинг устига юк машинасини ҳайдаб, 8 кишининг умрига зомин бўлди ҳамда террор амалиёти содир этиб, Ўзбекистонни жаҳон жамоатчилиги кўз ўнгида ёмонотлиқ қилди.
Қозоғистоннинг Бишкекдаги элчихонаси олдида 3 ноябрь куни ўтказилган пикетга қатнашган 40 қа яқин киши 5 ноябрга қадар қозоқ томони чегарани очмайдиган бўлса ва ЕОИИ талабларини бажармайдиган бўлса, у ҳолда ҚР раҳбариятига мурожаат қилиб ЕОИИдан чиқиш талабини қўйишга мажбур бўлишларини айтишди. Айни пайтда Остона Бишкек талабларни бажармаса, чегарадаги вазият юмшамаслигини билдирди.
"Ислом давлати" экстремистик гуруҳи Нью-Йоркда террор хуружини амалга оширган ўзбекистонлик Сайфулло Соиповга "халифалик аскари" дея таъриф берди. Қуйи Манҳэттенда пиёда ва велосипедчиларни босиб кетган Соипов аввалроқ ИД ғояларидан илҳомланганини айтган.
"Евроцемент" компанияси Тошкент вилоятидаги "Оҳангаронцемент" ширкати базасида лойиҳа қиймати 160 миллион долларлик завод қурилишига сармоя ётқизади, деб хабар қилди РИА Новости "Евроцемент груп" матбуот хизматига таяниб. Йилига "қуруқ усулда" 3 миллион тонна цемент ишлаб чиқариш қувватига эга бўлган завод 2020 йилда ишга туширилиши режалаштирилмоқда.
АҚШ президенти Дональд Трамп Соиповга ўлим жазоси бериш таклифини олға суришда давом этмоқда. Лекин Президентнинг бу таклифи акс таъсир қилиши мумкинлигини айтмоқда америкалик ҳуқуқшунослар. Айни пайтда Трамп Нью-Йоркда 31 октябрь куни террор ҳаракатини содир этган Ўзбекистон ватандоши Сайфулло Соиповни Кубадаги Гуантанамо қамоқхонасига жўнатиш фикридан воз кечди.
AQSh prokurorlari Nyu-Yorkda 8 odam o‘limida gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Soipovga 1 noyabr kuni terrorchilik bilan bog‘liq ayblov bildirdi. Sayfullo Soipov qo‘lga olish jarayonida qornidan yaralangani uchun Manheten federal sudiga nogironlar aravachasida kishanband qilingan holda olib kelindi.
Нью-Йоркда саккиз киши ҳаётига зомин бўлган Сайфулло Соиповга чоршанба куни федерал айблов эълон қилинди. Расмийлар Соипов ҳужумга икки ойга яқин тайёргарлик кўрганини айтмоқдалар.
АҚШ прокурорлари Нью-Йоркда 8 одам ўлимида гумонланиб қўлга олинган Ўзбекистон ватандоши Сайфулло Соиповга 1 ноябрь куни террорчилик билан боғлиқ айблов билдирди. Сайфулло Соипов қўлга олиш жараёнида қорнидан яралангани учун Манҳетен федерал судига ногиронлар аравачасида кишанбанд қилинган ҳолда олиб келинди.
Tashqi ishlar vazirligining Jahon Axborot agentligi 1 noyabrda tarqatgan xabarga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi teraktni sodir etgan Sayfullo Soipov “radikal guruhlar ta’siriga AQShda tushib qolgan”. 31 oktabrda Nyu-Yorkning Manhetten mintaqasida 29 yashar Sayfullo Soipov yuk avtomobilini piyodalar va velosipedchilar ustiga qasddan haydab, sakkiz odamni o‘ldirgan va 11 odamni jarohatlagandi.
Ташқи ишлар вазирлигининг Жаҳон Ахборот агентлиги 1 ноябрда тарқатган хабарга кўра, Нью-Йоркдаги терактни содир этган Сайфулло Соипов “радикал гуруҳлар таъсирига АҚШда тушиб қолган”. 31 октябрда Нью-Йоркнинн Манҳэттен минтақасида 29 яшар Сайфулло Соипов юк автомобилини пиёдалар ва велосипедчилар устига қасддан ҳайдаб, саккиз одамни ўлдирган ва 11 одамни жароҳатлаганди.
AQSh matbuoti Nyu-York shahrida yuk avtomobilini piyodalar va velosipedchilarning ustiga qasddan haydab, sakkiz odamni o‘ldirgan va 11 odamni jarohatlagani aytilayotgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov shaxsiga oid ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi. Jumladan, The New York Times gazetasi Soipov muqaddam AQSh huquq tartibot idoralari nazariga tushgani haqda yozdi. Nashrga ko‘ra, allaqanday tergov doirasida politsiya u haqda ma’lumot to‘plagan. Lekin huquq-tartibot idoralarini nima qiziqtirgani ma’lum emas.
AQSh senatorlari Feysbuk va boshqa yetakchi ijtimoiy tarmoq kompaniyalarini keskin tanqid qilib chiqdi. Bunga o‘tgan yili prezident saylovi kampaniyasi vaqtida rossiyalik operatorlarning ayni tarmoqlardan noqonuniy tarzda foydalanishi oldini ola bilmagani sabab bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanining Shomirza qishlog‘ida yashaydigan folbin Oyshaxon Shermatovaning 24 yashar o‘g‘li va 22 yashar kelini o‘tgan juma kuni o‘z uyida pichoqlab ketildi. Olingan jarohatdan o‘g‘il o‘sha zahoti jon bergan, kelinning hayoti esa kasalxonada saqlab qolingan. Voqeani tuman prokuraturasi tergov qilmoqda.
Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terroristik hujum haqida o‘zbek tilidagi mahalliy saytlar ham yozmoqda. Kun.uz sayti bu haqdagi ikki xabaridan birini “Sayfullo Soipov AQShga grin-karta bo‘yicha ko‘chib ketgan”, degan sarlavha ostida berdi.
Давомини ўқинг