Tojikistonda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining aksari O‘zbekistonni Tojikiston uchun “xavfli va tahdid” deb hisoblamaydi.
Тожикистонда ўтказилган ижтимоий сўров натижаларига кўра, мамлакат аҳолисининг аксари Ўзбекистонни Тожикистон учун “хавфли ва таҳдид” деб ҳисобламайди.
Ichki ishlar vaziriligining (IIV) fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya bosh boshqarmasi hozircha O‘zbekistonda propiska tizimi to‘liq bekor qilinmasligini ma’lum qildi. Gazeta.uz saytining xabar qilishicha, IIV rasmiylari viloyatlar orasida "rivojlanish balansi" tenglashmaguncha propiskadan voz kechish imkonsiz, deya izoh bergan.
Ички ишлар вазирилигининг (ИИВ) фуқароликни расмийлаштириш ва миграция бош бошқармаси ҳозирча Ўзбекистонда прописка тизими тўлиқ бекор қилинмаслигини маълум қилди. Gazeta.uz сайтининг хабар қилишича, ИИВ расмийлари вилоятлар орасида "ривожланиш баланси" тенглашмагунча пропискадан воз кечиш имконсиз, дея изоҳ берган.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga 2015 yili Qo‘shma Shtatlar va boshqa etakchi mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning yadro dasturiga oid erishilgan bitim evaziga yengillashtirilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini kengaytiradi. Ammo prezident ushbu qarori bilan tanish manbaning bildirishicha, hozircha bitim o‘zgarishsiz qoladi.
Xabar qilinishicha, prezident Donald Tramp payshanba kuni qonun chiqaruvchilar bilan immigratsiya islohotiga bag‘ishlangan uchrashuvda qizishib ketdi. U AQSh nima uchun «gadoytopmas» mamlakatlar vatandoshlarini qabul qilayotgani sababini tushuntirib berishlarini talab qildi.
АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга 2015 йили Қўшма Штатлар ва бошқа етакчи мамлакатлар билан ушбу мамлакатнинг ядро дастурига оид эришилган битим эвазига енгиллаштирилган санкцияларнинг амал қилиш муддатини кенгайтиради. Аммо президент ушбу қарори билан таниш манбанинг билдиришича, ҳозирча битим ўзгаришсиз қолади.
Хабар қилинишича, президент Доналд Трамп пайшанба куни қонун чиқарувчилар билан иммиграция ислоҳотига бағишланган учрашувда қизишиб кетди. У АҚШ нима учун «гадойтопмас» мамлакатлар ватандошларини қабул қилаётгани сабабини тушунтириб беришларини талаб қилди.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiladigan 27 yashar er 31 dekabrga o‘tar kechasi o‘z uyida xotini, ikki bolasi va qayinsinglisini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Ozodlikka 11 yanvar kuni ma’lum bo‘lgan bu voqea haqida xo‘jaobodliklardan biri xabar berdi. Ayni paytda, qotillikda ayblanayotgan er ichki ishlar tergovchilari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Milliy xavfsizlik xizmatining (MXX)Toshkentdagi tergov izolyatorida saqlanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev 10 yanvar kuni onasi, rafiqasi va farzandlari bilan uchrashtirildi. Huquq faoli Sur’at Ikromovga ko‘ra, 25 daqiqalik uchrashuv MXX xodimi ishtirokida o‘tgan. Oilasi jurnalistning sog‘ligi yaxshi ekani, ahvolidan shikoyat qilmaganini aytmoqda.
Bosh vazir Abdula Aripovning 10 yanvar kuni Dushanbeda prezident Emomali Rahmon bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar muammosi ham muhokama etildi.
Андижон вилояти Хўжаобод туманида истиқомат қиладиган 27 яшар эр 31 декабрга ўтар кечаси ўз уйида хотини, икки боласи ва қайинсинглисини пичоқлаб ўлдирганликда айбланиб, ҳибсга олинди. Озодликка 11 январь куни маълум бўлган бу воқеа ҳақида хўжаободликлардан бири хабар берди. Айни пайтда, қотилликда айбланаётган эр ички ишлар терговчилари томонидан сўроқ қилинмоқда.
Миллий хавфсизлик хизматининг (МХХ)Тошкентдаги тергов изоляторида сақланаётган журналист Бобомурод Абдуллаев 10 январь куни онаси, рафиқаси ва фарзандлари билан учраштирилди. Ҳуқуқ фаоли Суръат Икромовга кўра, 25 дақиқалик учрашув МХХ ходими иштирокида ўтган. Оиласи журналистнинг соғлиги яхши экани, аҳволидан шикоят қилмаганини айтмоқда.
Бош вазир Абдула Ариповнинг 10 январь куни Душанбеда президент Эмомали Раҳмон билан бўлиб ўтган учрашуви чоғида икки давлат ўртасидаги чегаралар муаммоси ҳам муҳокама этилди.
Yangi yilning ikkinchi kuni Surxondaryo viloyat, Denov tumanida fohishaxona saqlashda ikki marta ayblanib, jazoga tortilgan 27 yashar ayol uyiga kelgan 16 yashar maktab o‘quvchisining yuragiga pichoq sanchib o‘ldirdi. Ozodlikka 10 yanvar kuni yetib kelgan bu xabarni mahalliy huquq-tartibot organi hamda kasalxona vakillari tasdiqladi. Voqea guvohlariga ko‘ra, o‘quvchini bu uyga kollej o‘quvchisi bo‘lgan 2 o‘rtog‘i olib borgan.
Ozodlik radiosi turkman xizmatining xabar qilishicha, Ashxobod militsiyasi avtomobil egalaridan, go‘yoki, ular o‘z roziligi mashinasi rangini o‘zgartirayotgani haqidagi arizani talab qilmoqda.
O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla AripovTojikistonga 10 yanvarda boshlagan safari doirasida bu mamlakat rasmiylari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chegara masalalarini muhokama qildi. Abdulla Oripov prezident Imomali Rahmon bilan ham muloqot o‘tkazdi.
Telegram asoschisi Pavel Durov tez kunlarda tarmoqning o‘z kriptovalyutasini joriy qilish niyatida. Bu haqda xabar qilgan TechCrunch saytiga ko‘ra, Telegram Open Network (TON) deb nomlanadigan platforma yordamida Telegram ichida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Давомини ўқинг