Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:07

Yevroparlament “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasini to‘xtatishni talab qiladi


“Shimoliy oqim-2” loyihasi kuzatuv kengashi rahbari, Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shroder va prezident Vladimir Putin - Moskva, 14 - iyun, 2018
“Shimoliy oqim-2” loyihasi kuzatuv kengashi rahbari, Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shroder va prezident Vladimir Putin - Moskva, 14 - iyun, 2018

Yevroparlament Yevropa Ittifoqidan “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlari loyihasini to‘xtatishni va Aleksey Navalniyning hibsga olinishiga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqchi. Spiegel jurnaliga ko‘ra, Yevroparlamentning tegishli rezolyutsiyasi 21 - yanvardagi yig‘ilishda ovozga qo‘yiladi.

Hujjat mualliflariga ko‘ra, cheklovchi choralar shuningdek, muxolifatchilarga hujum qilganlarga, “rossiyalik oligarxlar” va “prezident Putinning eng yaqin ayonlariga” hamda “OAV tashviqotchilariga” nisbatan qo‘llanilishi kerak. Sanksiyalar ularning YeIdagi aktivlarini muzlatish hamda Yevropa Ittifoqi hududiga kirishga taqiqni o‘z ichiga olishi mumkin.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar ziddiyatli gaz quvuri loyihasini to‘xtatish maqsadida Rossiya kemasiga qarshi sanktsiya kiritdi. Boltiq dengizi tubidan o‘tadigan quvur Rossiya gazini Yevropaga yetkazishi kutiladi.

Boltiq dengizi tubi bo‘ylab Rossiyadan Germaniyaga “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurini yotqizayotgan “Fortuna” kemasi va uning egasi “KVT Plyus” firmasiga qarshi sanksiyalar loyihaga boshidan qarshilik ko‘rsatib kelgan Prezident Donald Trampning Oq Uyni tark etish arafasidagi eng so‘nggi qarorlaridan bo‘ldi.

AQSh va qator YeI davlatlari mazkur loyihaning yakuniga yetkazilishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Ularga ko‘ra, “Shimoliy oqim – 2” Rossiyaning mavqeini kuchaytirdi va Ukrainaning tranzit davlat sifatida ahamiyatini kamaytiradi.

“Shimoliy oqim – 2” gaz quvuri, qurib bitkazilgani taqdirda, Rossiyaga Ukrainani butunlay chetlab o‘tish imkonini beradi. Bu esa Kiyevni muhim daromad manbaidan mahrum qilishi, Moskvaga esa tajovuz uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Bu Rossiyaga o‘z tabiiy boyliklaridan siyosiy bosim o‘tkazish va G‘arbiy Yevropa davlatlari ta’sirini kamaytirish yo‘lida foydalanish imkonini beradi”, deya bayonot berdi AQShning 20 - yanvar kuni lavozimini topshirgan Davlat kotibi Mayk Pompeo.

“Bugungi bayonot AQSh Rossiyaning ushbu ta’sir vositasiga yordam berayotgan va dastaklayotganlardan hisob so‘rashdan chekinmasligini namoyish qiladi”, deb aytdi Pompeo 20 - yanvar kungi bayonotida.

Yangi prezident Jo Bayden ham “Shimoliy oqim – 2” gaz quvuriga qarshi. Ayni paytda u loyihada ishtirok etayotgan yevropalik hamkorlar bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori.

Baydenning AQSh davlat kotibligiga nomzodi Entoni Blinken Senatda 19 - yanvarda bo‘lib o‘tgan tasdiqlash jarayonida yangi ma’muriyat ham “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurining qurilishiga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini bildirdi.

Boltiq dengizida yotqizilayotgan quvur Rossiyaning Yevropaga sotadigan gazi ko‘lamini ikki barobarga oshirishi mumkin. Yangi liniya Ukrainani chetlab o‘tgani uchun loyiha yakunlanganidan keyin, Kiyev milliardlab dollar daromaddan ayriladi. Germaniya va Rossiya rasmiylari esa AQSh sanksiyalarini qoralab keladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning Interfaks xabar agentligiga aytishicha, “Rossiya sanksiyalarga qaramay loyihani tugallash ustida ishlashda davom etadi”.

Yadro va ko‘mir elektrostansiyalaridan asta-sekinlik bilan voz kechayotgan Germaniya yashil energetika infratuzilmasini tiklab olguncha kafolatlangan tabiiy gaz zahiralariga ega bo‘lmoqchi. Shuning uchun Germaniya rasmiylari yangi sanksiyalardan hafsalalari pir bo‘lganini aytishgan.

Sanksiyalar “Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar yordamida kurashish” (CAATSA) qonuni doirasida kiritilgan bo‘lib, ular o‘tgan oy qabul qilingan AQSh mudofaasiga doir qonun doirasida keyinchalik yanada kengaytirilishi mumkin.

Yangi qonunga ko‘ra, AQSh “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurlarini yotqizayotgan shirkatlarga, ularga xizmat qilayotgan port operatorlariga yoki ularni sug‘urtalayotgan kompaniyalarga qarshi sanksiya joriy qilishi mumkin. Buning ortidan, o‘tgan hafta Norvegiyaning DNV GL sertifikatlovchi shirkati loyihani tark etdi. Dekabr oyida quvurlarni yotqizayotgan Shvetsiyaning AllSeas shirkati ham loyihadan chiqqan edi.

Endilikda rus kemalari loyihani tamomlashga urinmoqda. Ammo ular sug‘urta hamda port xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro shirkatlar yordamida muhtoj.

Liniya Yevropaga yiliga 55 milliard kub gaz eltib berishga qodir. Gazpromga ko‘ra, loyiha 94 foizga tamomlangan bo‘lib, Daniya yaqinidagi taqriban 120 kmga cho‘zilgan qismi hamda Germaniya hududidagi 30 kilometrlik bo‘lagi bitmay qolgan.

Sanksiyalarga uchramasdan oldin “Fortuna” kemasi mana shu ikki bo‘lakning 2,6 km qismini tugallashga muvaffaq bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG