Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:06

Tojikistonda fohishalik va qo‘shmachilikda ayblanganlarning farzandlari tortib olinishi mumkin


O‘z tanasini sotib kun kechiradigan tojikistonlik Zarina - Dushanbe, yanvar, 2021
O‘z tanasini sotib kun kechiradigan tojikistonlik Zarina - Dushanbe, yanvar, 2021

30 yoshlardagi tojikistonlik yolg‘iz ona Mavjuda mamlakatda fohishalik va qo‘shmachilik taqiqlangan bo‘lsa-da, poytaxt Dushanbeda bir guruh fohishaga xaridor topish orqali tirikchilik qiladi.

To‘liq ismini oshkor qilishni istamagan Mavjuda tez orada bolalaridan ayrilishi mumkin.

Tojikiston parlamenti Oila to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda. Taklif qilinayotgan o‘zgarishlar sudlangan qo‘shmachilar va fohishaxona egalarini ota-onalik huquqidan mahrum qilishi mumkin.

Qonun loyihasi ma’qullanishi kutilmoqda. Deputatlar va yangi qonun tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, u fohishabozlik bilan kurashish va bolalarni himoya qilishga qaratilgan. Ammo tanqidchilar fohishabozlikni kamaytirish va oilalarni himoya qilishning eng yaxshi yo‘li ayollar uchun muqobil ish o‘rinlari yaratish ekanini aytishmoqda.

Fohishalik bilan shug‘ullanadigan ko‘plab ayollarning aytishicha, ular qashshoqlik tufayli shu ish bilan bilan shug‘ullanishni boshlaganlar.

«Nega rasmiylar bizning bolalarimizni olib qo‘yish hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylashadi?", deya savol beradi dushanbelik Mavjuda
«Nega rasmiylar bizning bolalarimizni olib qo‘yish hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylashadi?", deya savol beradi dushanbelik Mavjuda

Mavjudaning so‘zlariga ko‘ra, u va u tanigan fohishalar taklif qilinayotgan qonun loyihasidan xabardor. Ozodlik bilan suhbatda u ayollar farzandlarini davlat olib qo‘yishidan keskin xavotirda ekanliklarini aytdi.

Mavjuda o‘z oilasida yagona nontopar. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-ona huquqlarini bekor qilish qashshoq oilalarning «allaqachon ayanchli hayotlarida» yanada ko‘proq iztirob keltirib chiqaradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi hech kimga foyda keltirmaydi va Tojikistonda dunyodagi eng qadimgi kasbga barham bermaydi.

«Nega [rasmiylar] bizning bolalarimizni olib qo‘yish hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylashadi? [Agar ular bizga g‘amxo‘rlik qilmoqchi bo‘lsalar], ish topishimizga yordam berishlari kerak, shunda biz ishlashimiz va bolalarimiz yaxshi hayot kechirishini ta’minlashimiz mumkin bo‘ladi», - deydi u.

Qonun loyihasi ishlab chiqilishidan oldin Dushanbe va boshqa shaharlarda politsiya tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fohishaxonalar fosh etilgani xabar qilingan edi.

Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, fohishaxona ochish yoki qo‘shmachilik bilan shug‘ullanish og‘ir jinoyat bo‘lib, aybdor deb topilgan shaxslar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu jinoyatga qayta qo‘l urgan shaxslar esa sakkiz yilgacha qamoq jazosiga yuz tutadi.

Fohishalik esa huquqbuzarlik hisoblanadi va unga qo‘l urganlar 200 dollargacha jarimaga tortiladi. Qayta-qayta fohishalikda aybdor deb topilganlar esa ko‘proq jarimaga tortilishi yoki 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin.

Fohishalar, odatda daromad manbalarini qarindoshlaridan sir tutishadi.

Qonun loyihasini tayyorlashda Tojikiston Ayollar va oila ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ishtirok etdi. Qo‘mita a’zolarining ta’kidlashicha, farzandlardan ayrilib qolish tahdidi odamlarni fohishalik qilishdan oldin yaxshilab o‘ylashga majbur qiladi.

Qo‘mita a’zosi Obidjon Sharipov Ozodlikka bergan intervyusida "Oila to‘g‘risida"gi qonunga kiritiladigan o‘zgarishlar bolalarning ruhiy va jismoniy farovonligini ham himoya qila olishini aytdi.

Tojikistonda davlat xodimlari va ayollar guruhlari fohishalar orasida «ahloq darslari» deb nomlanadigan tushuntirish ishlarini olib boradi.

Ayrim fohishalar politsiya xodimlarini ulardan pul undirishda, kaltaklash va haqorat qilishda aybladi. Rasmiylar bu ayblovlarni rad etmoqda.

21 yoshdagi Zarina bolalarini boqish va ijara haqini to‘lash uchun boshqa yo‘l bo‘lsa, fohishalikdan jon deb voz kechishini aytadi.

XS
SM
MD
LG