Tailanddagi avtohalokatda 20 nafar bola va uch nafar o‘qituvchi nobud bo‘ldi.
Bi-bi-si xabariga ko‘ra, maktab avtobusi mamlakat shimolidan poytaxt Bangkokka qaytayotgan paytda uning old g‘ildiragi yorilib ketgan. Buning natijasida haydovchi avtobusni boshqarolmay qolgan, mashina to‘siqqa urilib, yonib ketgan.
Bangkokdan 100 kilometr narida sodir bo‘lgan mazkur hodisa chog‘ida 12 nafar bola, uch nafar maktab xodimi va haydovchi omon qolgani aytilmoqda. Avtohalokatdan sog‘ chiqqan 15 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Tailand transport vaziri avtobusga siqilgan tabiiy gaz to‘ldirilgan ballonlar o‘rnatilganini bildirgan. Xabarnomada aytilishicha, bunday jihozdan foydalanish o‘ta xatarli bo‘lishi mumkin.
Avtobusning old qismida chiqqan yong‘in tufayli avtohalokat qurbonlaridan besh bolaning jasadi tanish qiyin holatga kelgan. Avtohalokat chog‘ida bolalar instinktiv ravishda salonning orqa tomoniga otilishgan, biroq undan chiqishga ulgurolmay qolishgan.