Линклар

Шошилинч хабар
14 октябр 2024, Тошкент вақти: 23:53

Qozog‘istonda Hindiston fuqarosini o‘g‘irlagan besh o‘zbekistonlik qamaldi


Hindistonlik talaba Gosvami Prafful Purin uni o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklar 200 ming dollar garov so‘raganini iddao qilmoqda.
Hindistonlik talaba Gosvami Prafful Purin uni o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklar 200 ming dollar garov so‘raganini iddao qilmoqda.

Qarag‘anda shahar sudi 21-sentabr kuni besh nafar o‘zbekistonlikni Hindiston fuqarosini “o‘g‘irlab ketish”da aybdor deb topdi. Jinoyatning uyushtiruvchisi sifatida ayblangan 41 yshli shaxs sakkiz yilga, 27 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qolgan to‘rt kishi esa 7 yildanga qamaldi.

Tergov materiallariga qaraganda, o‘tgan yilning noyabrida Qarag‘andada 27 yoshli hindistonlik Gosvami Prafful Purin bir o‘zbekistonlik bilan tanishadi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, Gosvami undan 500 ming tenge qarz oladi. Aytishicha, pul o‘qishga kerak bo‘lgan, ota-onasi vaqtida pul yubora olmagan.

“Men qarzimni qaytardim. Biroq ular (yangi tanishi va uning og‘aynilari – tahr.) cho‘ntagimda dollarlar borligini ko‘rib, qarzni ustamasi bilan berasan, deb talab qilishdi. Ko‘nmadim, chunki bunga kelishmaganmiz. Tahdidlar boshlandi”, -dedi jabrlanuvchi.

Tergovda qayd etilishicha, shundan so‘ng o‘zbekistonliklar Gosvamini o‘g‘irlab ketib, ota-onasidan 200 ming dollar tovon talab qiladilar.

Gosvami o‘g‘rilar kechasi qattiq uxlab qolganida qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Hindiston fuqarosiga ko‘ra, uni Ostonada tutqunlikda saqlaganlar.

Gosvamining tibbiy xulosasida uning yuzi, qo‘l-oyoqlari va badanida momataloqlar va tirnalgan joylar borligi aniqlangani qayd etilgan. Odam o‘g‘irlash, uyda majburan ushlab turish, ruhiy va jismoniy tazyiq qilish faktlarini o‘g‘rilarning o‘zlari yozgan videolar tasdiqlaydi.

Gosvamiga ko‘ra, u qochib ketishga muvaffaq bo‘lgach, darhol Qarag‘anda politsiyasiga arz qilgan. Arizasi qabul qilinib, O‘zbekistonliklarga nisbatan odam o‘g‘irlash, qonunga zid tarzda ozodlikdan mahrum qilish va tovlamachilik bo‘yicha ish ochilgan. Lekin sudga yetib borguniga qadar ish “odam o‘g‘irlash” va “o‘zboshimchalik” moddalari bilan qayta malakalangan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi bundan norozi bo‘lib, Qozog‘iston IIVga, parlamentga, prezident administratsiyasi va Amanet partiyasiga shikoyatlar yozgan. U nihoyat ish qayta malakalanishiga erishgan.

Sudlanuvchilarning advokatlari ishda protsessual qonunbuzarliklar mavjudligini iddao qilib, suddan jinoiy ta’qibni tugatishni so‘rashdi. Sudlanuvchilarning o‘zlari esa ayblovni inkor etmoqda.

Sudlanuvchilar Gosvami ulardan biridan pul qarz olganini dastak qilishgan. Gosvami esa qarzi yo‘qligini va undan “foiz” talab qilishganini, lekin istaganlarini ololmay, o‘g‘irlab ketishganini va tovon undirmoqchi bo‘lishganini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG