Линклар

Шошилинч хабар
03 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:28

Qo‘l bilan boshqaruv. O‘zbek fermeri paxtani mashinada terishni esdan ham chiqargan


Paxta terish mashinasi.
Paxta terish mashinasi.

23 yildan buyon paxta yetishtirib kelayotgan andijonlik fermer ayol paxta terimiga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda mashina terimi masalasi ko‘tarilganini eslay olmadi.

Toshkent viloyatilik boshqa bir fermerning aytishicha, u yashaydigan tumanda terimga mashinalar solindi va... bunkerlari to‘lib-to‘lmay, to‘xtab qoldi.

Paxtasini qadimgiday etakka terdirayotgan ikkala fermer ham paxta terish mashinasi sotib olmoqchi emas. Mashinani klasterdan ijaraga olish esa, o‘ta qimmatga tushmoqda.

Ozodlik bu ikki fermerni prezident Mirziyoyevning kelgusi besh yilda mashina terimini hozirgi 15 foizdan 60 foizga yetkazish rejalashtirilayotgani to‘g‘risidagi bayonoti ortidan suhbatga tortdi.

Prezidentlikka nomzod prezident 11 - oktabr kuni Qarshi shahrida saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi besh yilda mashinada paxta terimini 60 foizga yetkazish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Shavkat Mirziyoyevning bu bayonoti uning bundan 8 yil avvalgi boshqa va’dasini yodga soldi. 2013 - yili bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016 - yildan paxta hosilining 80−90% ini mashinada terishga o‘tilishi rejalashtirilayotganini aytgan edi.

Falonchi paxtani mashinada teribdi degan gapni o‘tgan yili eshitdim

Andijon viloyat, Bo‘ston tumanilik (sobiq Bo‘z) fermer Mahbubaxonning so‘zlariga qaraganda, u bosh vazir Mirziyoyevning 2013 - yilgi rejasini eslolmaydi, prezident Mirziyoyevning kuni kecha Qarshida qilgan bayonotini esa, Ozodlikdan eshitdi. Andijonlik fermer ayol Ozodlikka quyidagilarni gapirib berdi:

- 23 yildan beri fermerman. Ilgari 70 gektar yerim bor edi. Hozir 30 gektar qolgan. Ko‘proq g‘alla, ozroq paxta yetishtiraman. Lekin paxtani biror marta ham mashinada tergan emasman.

Mashina haydayman, lekin paxta terish mashinasi mingan emasman.

Mashina haydayman, lekin paxta terish mashinasi mingan emasman. 23 yildan beri paxta terimiga bag‘ishlangan majlislardayam mashina terimi haqida gap bo‘lganini eslolmayman. Tumanimizda falonchi paxtani mashinada teribdi, degan gapni o‘tgan yili eshitdim, xolos. Yeri ko‘proq bir fermer yigit bor, otasi rais o‘tgan. O‘sha mashina olib kelibdi, yaxshi teryaptiykan, degan gapni eshitganman. Hamma qo‘lda terdiradi.

Texnika klasterning qo‘lida, ijarasi qimmat

- 2005 - yilgacha, kolxozlar tarqatilguncha massivlarda (tumandagi hududlar) mini MTPlar (Mashina traktor parki – tahr.) bo‘lardi. Keyin tumanda bitta markazlashgan katta MTP qolgan. Klasterlar paydo bo‘lganidan keyin MTP tarqab ketdi. Undagi texnikalar yo‘qolib ketdimi yo klasterlarga o‘tib ketdimi – bunisi menga qorong‘u.

Klasterning texnikasida 1 gektar yerni haydash 700 ming so‘mga tushadi.

Qisqasi, klasterning traktorlari, kombaynlari bor. Traktori, kombayni yo‘q fermerlar klasterdan olib turadi. Lekin ijara narxi o‘ta baland. Klasterning texnikasida 1 gektar yerni haydash 700 ming so‘mga tushadi. Shuning uchun fermerlar klasterdan texnika olmaslikka harakat qiladi. Kredit to‘lashga qurbi yetgan fermerlar texnikani o‘zlari sotib oladi.

“Bitta traktorim bor

- Hozirda MTZ-80 traktorim bor. Unda kultivatsiya qilaman, terim paytda pritsep ulab, paxta tashiyman.

2008 yili bitta kombayn olganman. Kreditini vaqtida to‘lolmaganim uchun sotib qutulganman.

2008 - yili bitta kombayn olganman. Kreditini vaqtida to‘lolmaganim uchun sotib qutulganman. Paxta terish mashinasi necha pul turishini, paxtani mashinada terish necha pulga tushishiniyam bilmayman. Qolaversa, dalam ham mashina soladigan darajada katta emas.

Prezidentning rejasi to‘g‘risida

- Agar prezident paxta terish mashinalarini ko‘paytirishni aytgan bo‘lsa, to‘g‘ri aytibdi. Shunday qilish kerak. Paxta terish mashinalarini chiqarib, tayyor qilib qo‘ygandirki, shunday degandir. Mashina ko‘paygani yaxshi, albatta. Ishchi kuchiga ehtiyoj kamroq bo‘lardi. Paxtamni terib beringlar, deb aholiga yalinmasdik.

Texnologik nomutanosiblik

Bo‘z yerlar o‘zlashtirilishi hisobiga tashkil topgan va bundan 40 yillar oldin hosilning katta qismi mashinalarda terilgan Bo‘z tumanida (hozir Bo‘ston) paxta terish mashinasi nimaligini so‘nggi yillardagina yana eslay boshlagan bo‘lsalar, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida bu yil kamida 10 mashina paxta terdi.

Bu haqda shu tumanda 10 yildan beri paxta yetishtirib kelayotgan fermer gapirib berdi. “Hokimdan gap eshitib qolishi”ni o‘ylab ismi aytilishini istaman fermerning aytganlari:

- Fermer bo‘lganimga 10 yil bo‘ldi. 10 yildan beri paxta etishtiraman. Yerim hajmi har yili o‘zgarib turadi. 60 gektargacha paxta ekkanman. Paxtani hech qachon mashinada tergan emasman. Men 60 ga ekaman (Egatlar orasi 60 sm – tahr.), chunki yerim qir zonasida, tekislikda emas.

Sovet davridagi 60 ga mo‘ljallangan mashinalardan voz kechilgan. Tumanimizdagi paxta maydonlarining 35 foizi 60 ga ekiladi.

Tumanimizga olib kelingan mashinalar 76 santimetrga mo‘ljallangan. 60 likka mashina ishlab chiqarilmaydi bizda. Sovet davridagi 60 ga mo‘ljallangan mashinalardan voz kechilgan. Tumanimizdagi paxta maydonlarining 35 foizi 60 ga ekiladi.

“Mashinalar, tishlariga barg to‘lib qolib, terolmadi”

- Tumanimizning 76 ga ekilgan qolgan qismida paxta terish mashinalaridan foydalanishyapti. Tumanimiz bo‘yicha 10 dan ortiq, 15 ga yetmagan paxta terish mashinasi bor. Adashmasam, ularning 5 tasi fermerlarniki, qolgani klasterniki. Bu mashinalar paydo bo‘lganiga endi ikki-uch yil bo‘ldi. Undan oldin ham bir necha Keys (Case Cotton) mashinalari bo‘lgan. Biroq ular buzilganidan keyin zapchastlari topilmay, MTPda turib, yo‘q bo‘lib ketgan. 10 dan ortiq mashina tuman dalalarida yetishtirilgan paxtaning 10 foiziniyam termagan bo‘lsa kerak. Mashina terimga dalalarimiz tayyor emas. Mashinasi borlar ham paxtasini mashinada terolmayapti.

Mashinada terish uchun defolyatsiya qilish kerak, g‘o‘zada barg qolmasligi kerak.

Mashinada terish uchun defolyatsiya qilish kerak, g‘o‘zada barg qolmasligi kerak. Defolyatsiya qilingani yo‘q. Natijada mashinaning tishlariga barg to‘lib qolib, terolmadi.

Paxta terish mashinasi olishga pulim yo‘q. Bo‘lsayam, olmayman

- Yer haydaydigan, kultivatsiya qiladigan, paxta tashiydigan - hammasi bo‘lib 3 ta traktorim bor. Bundan tashqari seyalkam, telejkam bor.

Paxta terish mashinasi 1 mlrd so‘m turadi, deb eshitganman. Balki arzonroqdir. Balki qimmatroqdir. Qiziqqanim yo‘q. Lekin pulim bo‘lsayam mashina sotib olmagan bo‘lardim. Shuncha pulni bitta mashinaga sarflaymanmi?! To‘g‘ri, 50-100 kishi ishini bitta mashina qiladi. Lekin uning pulini qachon chiqaraman?

Prezidentning rejasi to‘g‘risida

- Paxta terish mashinalarini ko‘paytirish haqida gap ko‘p bo‘lyaptiyu lekin ijrosiga ham o‘tishsa yaxshi bo‘lardi.

Yeri katta fermerlar bor. Ularning yeri 100, 150 gektardan. Ular uchun mashina judayam zarur.

Chunki yeri katta fermerlar bor. Ularning yeri 100, 150 gektardan. Ular uchun mashina judayam zarur. Shu kungachayam (suhbat 19 - oktabrda yozib olingan – tahr.) birinchi terimga tushilmagan dalalar bor. Paxta dalada oqib yotibdi. Men birinchi terimdan 20 - sentabrgachayoq qutulganman. Agar yeri katta fermerlarning mashinasi bo‘lganida, paxtasi shu kungacha yomg‘irga oqib yotmagan bo‘lardi.

Shu kunlarda mahalliy jurnalist va blogerlar prezident Mirziyoyevning paxta terimini mexanizatsiyalashga doir rejasini muhokama qilmoqda.

Hukumat qarorini tan olmagan voqelik

Gazeta.uz sayti 18 - oktabrda e’lon qilgan maqolada paxta terimini mexanizatsiyalashtirishga oid davlat rahbari hamda hukumatning keyingi yillardagi va’dalari va rejalari ijrosini o‘rganilgan.

Sayt 2017 - yilning oktabrida bosh vazir o‘rinbosari va «O‘zagrotexsanoatxolding» sobiq rahbari Nodir Otajonov butun mamlakat bo‘yicha paxta terimini mexanizatsiyalash uchun kamida 14−15 mingta paxta terish mashinasi ishlab chiqarish talab qilinishini aytganini, traktorlarni ishlab chiqarish hajmi 2017 - yilda 1500 dan 3000 gacha, 2018 - yilda 5000gacha, 2019 - yilda esa 10 minggacha oshishini prognoz qilganini esladi.

Nashr Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarini tahlil qilib, rejalashtirilgan maqsadlarga erishilmaganligini, mamlakatda traktor ishlab chiqarish deyarli to‘xtab qolganini aniqlaganini xabar qildi. Jumladan, 2017 - yilda O‘zbekistonda 1000 tadan kam traktor ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 - yilda 3393, 2019 - yilda 2022, 2020 - yilda 673 ta traktor ishlab chiqarilgan. Joriy yilning birinchi 6 oyida 173 tagina traktor ishlab chiqarilgan.

XS
SM
MD
LG