Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:41

Qirg‘iziston -Tojikiston chegarasida yana otishma. Yaralanganlar borligi aytildi


Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 970 kilometrlik chegara bo‘lib, shundan atigi 519 kilometri belgilangan, qolgan qismi bahsli hisoblanadi.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 970 kilometrlik chegara bo‘lib, shundan atigi 519 kilometri belgilangan, qolgan qismi bahsli hisoblanadi.

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi yana bir otishma 3 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 14:15 (Toshkent vaqti bilan 13:15) da to‘xtatilgani to‘g‘risida qirg‘iz chegara xizmati ma’lum qildi.

Qirg‘iz tomonining bildirishicha, har ikki tomondan yaralanganlar borligi to‘g‘risida xabarlar kelgan. Biroq hozircha ularning aniq soni aytilmadi.

Tojikiston hukumati bu voqea yuzasidan hanuzgacha sukut saqlamoqda.

Qirg‘iziston Chegara xizmatining bildirishicha, 3-iyun kuni Tojikiston bilan chegaradosh hududda yana otishma boshlandi. Rasman bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan soat 13:00) dagi holat bo‘yicha, otishma davom etmoqda.

Qirg‘iz tomoni bayonotida ta’kidlanishcha, Tojikiston chegarachilari Botken tumanidagi Buloqboshi qishlog‘idan o‘tuvchi shartli chegara chizig‘ini buzib, Qirg‘iziston hududiga o‘tgan.

Ular qirg‘iz chegarachilarining ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan. Qirg‘iziston chegara xizmati tojik chegarachilari birinchi bo‘lib o‘q otganini, shundan so‘ng ikki tomonlama otishma boshlanib ketganini aytmoqda.

Rasman bildirilishicha, Tojikiston chegarachilari Qirg‘izistonni minomyotlardan o‘qqa tutmoqda.

Hozircha jarohat olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.

Qirg‘iz tomoni bayonotida ikki davlat chegara xizmati rasmiylari telefon orqali muzokara o‘tkazgani va otishmani to‘xtatishga kelishgani, shunga qaramay, tojik tomoni o‘q otishni to‘xtatmayotgani aytiladi.

Tojikiston hukumati bu borada hozircha rasmiy bayonot bermadi.
Qirg‘izistonning Botken tuman hokimi Uchqunbek Jo‘ro‘bayev otishma bo‘layotgan hududda aholi yashamasligini va tinch aholi uchun xavf-xatar yo‘qligini ma’lum qildi.

Uchqunbek Jo‘ro‘bayevga ko‘ra, voqea hududida har ikki tomondan mahalliy chegara rasmiylari yuzma-yuz muzokara o‘tkazmoqda.

So‘nggi bir yildan beri Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasi Markaziy Osiyodagi eng nizoli hududlardan biriga aylandi.

Bundan avval qirg‘iz-tojik chegarasida 13-aprelga o‘tar kechasi otishma sodir etilgan va kamida 17 mingdan ortiq tinch aholi mustaqil ravishda xavfsiz hududlarga chiqib ketishga majbur bo‘lgani bildirilgan edi.
Tojikistondagi manbalar Ozodlik radiosi tojik xizmatiga otishmada 27 yoshli tojik askari jarohatlanganini bildirgan.

Shu yil 27-yanvar kuni ikki davlat chegarasida bir necha soat davom etgan otishma chog‘ida Tojikiston tomonidan ikki kishi o‘lgan va 10 kishi yaralangan. Qirg‘iziston esa kamida 12 kishi yaralanganini bildirgan.

Chegaradagi eng yirik to‘qnashuv 2021-yilning aprel oyi oxirlarida sodir bo‘ldi. U “Golovnoy” suv taqsimlash obyekti joylashgan hudud uchun janjaldan kelib chiqqan. Bir necha kun davom etgan qurolli to‘qnashuv oqibatida qirg‘iz tomonidan 154 kishi yaralandi, 36 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Tojikiston hukumati esa rasman 19 nafar qurbon va 87 nafar yarador haqida xabar bergan.

Қирғиз-тожик чегарасида яна қуролли тўқнашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:46 0:00

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi chegarada bahsli uchastkalar ko‘p. Ana shu mavhumlik sababli qo‘shni mamlakatlarning aholisi va chegarachilari yer, suv va kommunikatsiyalarni talashib tez-tez to‘qnashadi. Va shu mojarolar chog‘ida o‘qotar qurol qo‘llanishi va insonlar qurbon bo‘lishi hollari ham ko‘p uchraydi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 970 kilometrlik chegara bo‘lib, shundan atigi 519 kilometri belgilangan, qolgan qismi bahsli hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG