Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 10:40

Qashqadaryoda prezident Mirziyoyev va oilasini tanqid qilgan bloger hibsga olindi


Farg‘onalik bloger Guli (Gulnoz) Mirzayeva Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB tomonidan hibsga olingan.
Farg‘onalik bloger Guli (Gulnoz) Mirzayeva Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB tomonidan hibsga olingan.

Shu yilning 24-fevral kuni farg‘onalik bloger Guli (Gulnoz) Mirzayeva Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB tomonidan hibsga olingan. Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u tovlamachilikda gumon qilinmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan Muborak tumani hokimligining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi iddaosiga ko‘ra, Mirzayeva "Muborak gazni qayta ishlash zavodi rahbarlarini tanqid qilmaslik evaziga pul talab qilgan".

Hozirda bloger hibsga olingan va unga nisbatan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Ammo “Ozodlik”da mazkur insidentni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjudmas. Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan rasmiy izoh berilmadi, jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum emas.

Guli Mirzayeva o‘zining tarmoqlardagi chiqishlarida prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oilasi a’zolari, xususan, to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyevani tanqid qilib kelgan.

U o‘z chiqishlaridan birida blogerlar Abduqodir Mo‘minov hamda Dildora Boymurodovalarning qamalishini ularning prezident va uning oilasiga qaratilgan tanqidiy chiqishlari bilan bog‘laydi.

Bloger "Prezident oilasini hashamatli uylar qurib, korrupsiya va nepotizmga berilganlik"da ayblagan.

"Taraqqiyot strategiyasini o‘qib chiqdim. Undan hozircha yurtimizdagi yagona inson - to‘ng‘ich qizingiz Saida Mirziyoyevaning prezident yordamchisi lavozimiga ishga ko‘tarilgani va taraqqiyot sari qadam bosgani guvohi bo‘ldim. Boshqa hech qanday taraqqiyotni men ko‘rmadim, sezmadim janob prezident", deydi u o‘tgan yil 9- oktabrida YouTube'dagi "Haqiqat istab" kanaliga joylangan videosida.

O‘zining so‘nggi videolaridan birida Mirzayeva prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat qilib, Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi, o‘z ta’biricha, "korrupsion holatlar" haqida gapirgan.

Blogerga ko‘ra, Muborak gazni qayta ishlash zavodida "juda ko‘p shaxslar ishga kelmasdan oylik maoshlari olishadi". Mirzayeva zavod rahbariyati uyushgan jinoiy guruh tuzganini iddao qilib Saida Mirziyoyevadan chora ko‘rishni talab qiladi.

U shuningdek, o‘zining transportga puli yo‘qligini aytib, Qashqadaryo viloyati hokimligiga piyoda borayotganini ta’kidlaydi.

Muxolifat tarafdori

Mirzayeva bundan oldingi chiqishlarida muxolifatdagi "Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik" demokratik partiyasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilib, partiya tarafdorlarini imzo to‘plashda faol bo‘lishga chaqirgan.

Norasmiy "Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik" demokratik partiyasi rahbari, professor Xidirnazar Allaqulov Ozodlik bilan suhbatda Guli Mirzayevaning partiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani, ammo uning na partiya boshqaruvi va na uning faoliyatiga aloqador emasligini ta’kidladi.

Blogerni yaqindan tanigan faollarning aytishicha, uning qamalishiga Muborak gazni qayta ishlash zavodi faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni fosh etishga uringani sabab bo‘lgan.

OzodNazar: Жанозам Ўзбекистонда ўқилади - Хидирназар Аллақулов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:57:30 0:00

Qashqadaryolik faollardan birining so‘zlariga ko‘ra, "anchadan beri blogerning chiqishlaridan bezor bo‘lib, uni poylab yurgan huquqni muhofaza qilish organlari uni qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq buning qanday amalga oshirilgani hozircha ma’lum emas".

Mirzayevani yaqindan tanigan blogerlardan birining aytishicha, u o‘tgan yil yozida O‘zbekistonda sudlangan va yirik miqdorda jarimaga tortilgan.

O‘sha paytda Rossiya Federatsiyasida yashagan Mirzayeva O‘zbekistonga migratsiya xizmati tomonidan majburiy ravishda deportatsiya qilingani aytiladi.

Oxirgi bir yilda O‘zbekistonda o‘ndan ortiq bloger va tarmoq faollari ta’magirlik va prezidentni haqorat qilish ayblari bilan uzoq yillik qamoq jazolariga mahkum etilgan.

Rasmiylar blogerlar kasbiy faoliyati uchun emas, balki aksar hollarda iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilganini urg‘ulashadi.

Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti o‘tgan oy e’lon qilgan yillik hisobotda O‘zbekistonda 2023-yilda inson huquqlari vaziyati sezilarli darajada yomonlashganini qayd etgan.

Амалдор даромади қачон декларация қилинади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:40 0:00


Tashkilotga ko‘ra, yil davomida blogerlar va jurnalistlarning jinoiy ta’qib etilgani mamlakatdagi so‘z va fikr erkinligiga jiddiy zarba bergan.

O‘zbekiston o‘tgan yili “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha reytingida 2022-yilgidan 4 pog‘onaga pastlab, 137-o‘ringa tushgan. Mamlakatda matbuot erkinligi ahvoli “qiyin” deb baholangan.

XS
SM
MD
LG