Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:16

OzodTa’sir: O‘rtachirchiqdagi zavodda ish tashlagan ishchilarga maosh berildi


Zavod ishchilari ish tashlagach oyliklari berildi
Zavod ishchilari ish tashlagach oyliklari berildi

Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tumanida klasterga aylantirilgan sobiq “Qorasuv paxta tozalash” zavodi ishchilari bir oylik maoshlarini olgach, norozilik aksiyasini to‘xtatdi.

Zavodning 200dan ortiq ishchisi 16 - fevral kuni ikki oylik maoshlari berilmaganidan norozi bo‘lib, ish tashlagan va bu aksiya qariyb 3 kun davom etdi.

18 - fevralda dekabr oyi maoshlari berilgach, ishchilar ishga chiqqan.

Zavodning hozirgi egasi Real Tex Tashkent klaster korxonasi mulozimlari ishchilar oyligini berish uchun bankdan kreditga pul olganini aytishdi.

Klasterga aylangan paxta tozalash zavodi ishchilari 18 - fevral kuni Ozodlikka bog‘lanib, bir oylik maoshi berilgach, norozilik aksiyasini to‘xtatganliklarini ma’lum qilishdi.

“Ozodlikda biz haqimizdagi maqola chiqqanining ertasiga, ya’ni 18 - fevral kuni dekabr oyining oyligini berishdi. Oylikni ikkiga bo‘lib berishdi. Avval soat 11 larda oylikning bir qismini plastik kartaga tushirib berishdi. Keyin soat 14:30 larda oylikning qolgan qismini ham kartaga tushirishdi. Yordam uchun rahmat. Boringlarga shukur, omon bo‘linglar!”, deyiladi zavod ishchilari xabarida.

Ishchilar ikki oylik maoshi berilmaganidan norozilik bildirib, 16 - fevral kuni ish tashlagan va bu haqdagi maqola Ozodlikda 17 - fevral kuni e’lon qilingandi.

Ishchilar hisob-kitobicha, zavodda 240 ishchi bo‘lib, ularning barchasi ish tashlagan.

Ozodlik suhbatlashgan ishchilar ular norozilik aksiyasini ish haqi berilmaguncha davom ettirishni rejalaganliklari haqida aytishgandi.

“Noyabr oyligini dekabrda ikki marta bo‘lib berishdi. Shundan beri oylik yo‘q. Ishchilar norozilik bildirgandik, rahbarlar avvaliga 5 - fevral kuni maoshlar berilishiga va’da berishdi. Keyin “15 - fevral tungi soat 00:00gacha oyliklar plastik kartaga tushirib beriladi”, deb va’da berishdi. Rahbarlarning bu va’dasi ham bajarilmagach, 16 - fevral kuni ertalabdan ish tashladik”,- degan edi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan ishchi 17 - fevral kuni.

Ayni paytda ishchilarning aytishicha, agar yanvar oyining maoshlarini ham berish uzoqqa cho‘zilsa, ular yana ish tashlashni rejalagan:

“Yanvar oyligini qachon berishi hozircha noma’lum. Ish tashlasak, oyligimizni berisharkan. Demak, yana ish tashlaymiz”.

Zavodning hozirgi egasi Real Tex Tashkent klaster korxonasi mulozimlari ishchilar oyligini berish uchun bankdan kreditga pul olganini va yaqin orada yanvar oyi maoshlari ham ishchilarga berilishini aytishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 18 - martdagi qarori bilan klasterlarga aylantirilgan 50 dan ziyod paxta tozalash zavodi ro‘yxatida “Qorasuv paxta tozalash” zavodi ham bor.

Ozodlik klasterlashtirishga zo‘r berish harakatlari ortidan yuzaga kelayotgan muammolar haqida shu paytgacha o‘nlab maqola e’lon qilgan.

Aynan paxta zavodlari klasterga aylantirgach, maoshlari vaqtida berilmaganiga norozilik bildirgan holatlari ham ko‘p bo‘lgan.

Jumladan, “Shahrisabz-tekstil” MChJ tasarrufiga o‘tkazilgan Yakkabog‘ paxta tozalash zavodining 39 ishchisiga 8 oylik ish haqini ololmayotganiga norozilik bildirib, video chiqish qilgandi.

Ишчилар мурожаати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:27 0:00

Vazirlar mahkamasi paxta zavodlarining klasterlarga aylantirishga oid qarorini sohadagi “islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini yanada kengaytirish” maqsadi bilan izohlagan.

XS
SM
MD
LG